O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliyа instituti R. Umarova sotsiologiya o‗quv qo‗llanma Toshkent «iqtisod – moliya»




Download 312,51 Kb.
bet34/53
Sana06.02.2024
Hajmi312,51 Kb.
#152219
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   53
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi t-fayllar.org

SOTSIOLOGIYASI 

6.1. Ta‟lim-tarbiya sotsiologiyasi 

Ta‘lim-tarbiya sotsiologiyasining mustaqil tarmoq sifatida rivojlanishi


E.Dyurkgeym asarlari bilan bog‗liq. U G‗arb sotsiologlari (Amerikada
K.Jenis, J.Koulmen, Fransiyada P.Burde, Angliyada J.Flaud va bosh-
qalar)ning ilmiy ishlarini boyitdi.
Ta‘lim – shaxsning yashash faoliyati va ijtimoiylashtirishning turli
tabaqalar rivojlanishi va shakllanishida boshlang‗ich omil bo‗lgani uchun
zarur ahamiyat kasb etadi.
Ijtimoiy institut sifatida olingan ta‘lim tizimi, butun bir jamiyatda va
shu jamiyat hayotidagi sohalar va ularning boshqa ijtimoiy institutlar bilan
o‗zaro harakati va o‗zaro aloqasi ta‘lim sotsiologiyasining obyekti hisob-
lanadi. Ta‘lim sotsiologiyasi sotsiologiyaning shunday sohasiki, u ta‘limni
ijtimoiy institut (uning jamiyatdagi funksiyalari, boshqa institutlar bilan
o‗zaro aloqasi) sifatida, uning idoralari (maktab, oliy o‗quv yurti va hoka-
zo)ni ijtimoiy tashkilotlar sifatida, shuningdek, ta‘lim sohasidagi ijtimoiy
siyosatni o‗rganadi.
Ta‘lim institutining alohida ajralishi industriallashtirilgan jamiyatga-
cha mehnat ijtimoiy taqsimotining chuqurlashuvi va kengayishi asosida,
tabaqaviy tengsizlik rivojlanishi va davlat tizimi jamiyatning imtiyozli qat-
lamlari vakillarini maxsus tayyorgarlik bilan ta‘minlash maqsadida bosh-
lanadi.
Hozirgi zamon ilg‗or industrial davlatlarning ta‘lim tizimi – shaxsning
ijtimoiylashuvi, uning u yoki bu ijtimoiy maqomni olishga tayyorgarlikda
va ijtimoiy tizimlarni takomillashtirishda, integratsiyasi va barqaror-
lashuvida muhim rolni bajaruvchi jamiyat a‘zolari bilimlari va mahorat-
larini uzluksiz rivojlantiruvchi keng va yuqori darajada differensiya-
lashgan ijtimoiy tizimdir.
Ta‘lim sotsiologiyasi – ta‘lim tizimini, yanada kengroq ijtimoiy tizim-
larni kichik tizim sifatida va uning boshqa kichik tizimlar va butun bir
jamiyat bilan o‗zaro nisbati va harakatini o‗rganuvchi sotsiologiya soha-
sidir. U ijtimoiy tamoyillarini, ta‘lim tizimlarining o‗zaro harakati qonu-
niyatlarini ijtimoiy institut va jamiyat, ijtimoiy guruhlar va shaxslar bo‗l-
gan ijtimoiy tashkilotlar sifatida o‗rganuvchi fandir.



69
Ta‘lim sotsiologiyasi, dastavval, ta‘lim tizimi va jamiyatning o‗zaro


harakati va o‗zaro munosabatlari umumiy masalalari, uning o‗rni hamda
ijtimoiy tizimidagi rolini o‗rganadi. Ta‘lim sotsiologiyasi ta‘lim va sotsi-
umning chuqur va mustaqil o‗zaro bog‗liqligini tan olishdan kelib chiqadi.
Bir tomondan, aynan ijtimoiy sharoitlar va omillar bevosita ta‘lim tizimi-
ning xususiyati, turini aniqlaydilar va shu sababli ta‘limning optimal tizi-
miga erishish uchun mos ijtimoiy dastlabki shart-sharoitlar va fikrlar zarur-
dir; boshqa tomondan, bularning kerakli o‗zgarishisiz, ta‘lim tizimini tako-
millashtirmasdan erishib bo‗lmaydi.
Ta‘limning ijtimoiy roli va ijtimoiy funksiyalarini o‗rganish ushbu
sohaning quyidagi muhim funksiyalarini ajratib ko‗rsatishga imkon beradi:
a) madaniyatni tarqatish va avloddan avlodga o‗tkazish funksiyasi;
b) jamiyat madaniyatini saqlash va generatorlik funksiyasi;
v) shaxsning ijtimoiylashuvi funksiyasi;
g) ijtimoiy tanlov hamda jamiyat a‘zolarini differensiyalash funk-
siyasi;
d) ijtimoiy madaniyat o‗zgarishlari funksiyasi, ayni paytda, ta‘lim
tizimida yangi texnologiyalarni tatbiq qilishga qaratilgan nazariyalar;
e) ijtimoiy nazorat funksiyasi va hokazo.
Ta‘lim o‗ziga xos strukturaga ega. Uning asosiy elementlariga quyi-
dagilarni kiritish mumkin:
1. Ta‘lim-tarbiya muassasalari, ijtimoiy tashkilotlar, ijtimoiy umumiy-
liklar (pedagoglar, o‗quvchilar );
2. O‗quv jarayoni ijtimoiy madaniy faoliyat sifatida.
Ta‘lim tizimi, shuningdek, o‗z ichiga qator tizimlarni oladi.
• maktabgacha tarbiya tizimi;
• umumta‘lim maktabi;
• kasb-texnik ta‘limi;
• o‗rta maxsus ta‘lim;
• oliy ta‘lim,
• oliy o‗quv yurtidan keyingi ta‘lim;
• malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash tizimi;
• qiziqishlarga ko‗ra ta‘lim.
Mustaqil O‗zbekistonda ta‘lim sohasida bo‗layotgan o‗zgarishlar ta‘-
limning ijtimoiy strukturasiga katta ta‘sir ko‗rsatdi. Mamlakatimizda ta‘-
lim-tarbiya tizimini isloh qilish, kadrlar tayyorlashni zamon talablari dara-
jasiga ko‗tarish sohasida muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‗z-
bekiston hukumati ta‘limga islohotlarning barcha bosqichlari uchun ham



70
ustuvor soha deb qarab kelmoqda. 1992-yil 2-iyulda O‗zbekiston Respub-


likasining «Ta‘lim to‗g‗risida»gi qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonun
ijrosini ta‘minlash maqsadida Respublika Prezidenti va Vazirlar Mahka-
masining 30 dan ziyod farmon va qarorlari e‘lon qilindi. Prezidentimiz
I.A.Karimov aytganidek, ―O‗z-o‗zidan ayonki, yangi davlat barpo etishda
milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, mamlakatimizni
modernizatsiya qilish va zamonaviy demokratik jamiyat qurish yo‗lidagi
murakkab va keng ko‗lamli vazifalarni hal etishga qodir bo‗lgan yangi
avlod kadrlarini tayyorlash masalasi muhim prinsipial va hal qiluvchi
ahamiyatga ega‖
1
.
1997-yil 27-avgust kuni Oliy Majlisning IX sessiyasida ―O‗zbekiston
Respublikasining ta‘lim to‗grisida‖gi qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy
dasturi qabul qilindi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida mamlakatimizda
ta‘lim islohoti o‗tkazishdan ko‗zda tutilgan maqsad, ta‘limning vazifalari,
dasturni ro‗yobga chiqarish bosqichlari, kadrlar tayyorlashning milliy mo-
deli asoslab berildi. Milliy dasturda ta‘lim islohotlarini uch bosqichda
amalga oshirish nazarda tutildi.
Birinchi bosqich (1997-2001-yillar). Bu davrda mavjud kadrlar
tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni
isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy,
moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish ko‗zda tutilgan.
Ikkinchi bosqich (2001-2005-yillar). Bu davrda Milliy dasturni to‗liq
ro‗yobga chiqarish, shuningdek, majburiy umumiy o‗rta va o‗rta maxsus,
kasb-hunar ta‘limiga, o‗quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qa-
rab, tabaqalashtirilgan ta‘limga o‗tishni to‗liq amalga oshirish maqsad
qilingan
Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) da quyidagi masalalar
rejalashtirilgan. To‗plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida
kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish; ta‘lim muassasalarining re-
surs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o‗quv-tarbiya
jarayonini yangi o‗quv-uslubiy majmualar, ilg‗or pedagogik texnologiyalar
bilan ta‘minlash; ta‘lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta‘lim tizi-
mini jahon axborot tarmog‗iga ulanadigan komp‘yuter tarmog‗i bilan to‗la
qamrab olish kabilar.
Oliy mutaxassislik ta‘limi ikki bosichdan iborat: bakalavrlik – bazaviy
oliy ta‘lim berish bo‗lib, o‗qish kamida 4 yil, u oliy ma‘lumot va tayanch
1
Karimov I.A. Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish yo‗lida. T. 16. –T.:
―O‗zbekiston‖, 2008.



71
mutaxassislik diplomini beradi; magistratura – aniq mutaxassislik bo‗yicha


oliy kasbiy ta‘lim bo‗lib, bakalavrlik negizida kamida 2 yil davom etadi.
Undagi tahsil yakuniy kvalifikatsiyaviy davlat attestatsiyasi va magistrlik
dissertatsiyasini himoya qilish bilan nihoyasiga etkaziladi.
Uzluksiz ta‘lim tizimining yakunlovchi bosqichi aspirantura va dokto-
rantura (oliy kvalifikatsiyali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlarni shakllan-
tirish) ni o‗z ichiga oladi.


Download 312,51 Kb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   53




Download 312,51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliyа instituti R. Umarova sotsiologiya o‗quv qo‗llanma Toshkent «iqtisod – moliya»

Download 312,51 Kb.