5.4. Ijtimoiy tashkilotlar sotsiologiyasi. Tashkilotlarning turlari va
vazifalari
Tashkilot o‗zaro bog‗langan va o‗ziga xos madsadlarga erishishga yo‗-
naltirilgan ijtimoiy guruhdir. Har qanday tashkilot a‘zolarining xatti-hara-
katini ma‘lum ma‘noda umumiy natijaga erishish uchun uyg‗unlashtira ol-
sa, bunday tashkilot maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Rus sotsiologi A.I.Prigojin tashkilot atamasiga 3 xil ma‘no beradi:
63
1. Tashkilot – muayyan guruh doirasida yangi me‘yorlarni ishlab chi-
qish, barqaror aloqalar o‗rnatish, ijtimoiy guruh a‘zolarining sa‘y-hara-
katlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan uyushma.
2. Tashkilot deganda biror-bir obyektning belgisi, uning tartibga so-
lingan strukturaga ega bo‗lish xususiyati nazarda tutiladi.
3. Tashkilot deganda ma‘lum ijtimoiy vazifani bajaradigan ijtimoiy
guruh tushuniladi.
Tashkilotlarning qator xususiyatlari mavjud:
1. Har qanday tashkilot o‗z maqsadiga ega.
2. Tashkilot a‘zolari o‗ziga xos rol va maqomlar bo‗yicha taqsim-
lanadi.
3.Tashkilot mehnat taqsimoti va uni ixtisoslashtirish asosida vujudga
keladi.
4. Boshqaruv tizimi tashkilot faoliyatini tartibga solish va nazorat
qilish uchun o‗ziga xos vositalarga ega.
Tashkilot tushunchasi turli fan va faoliyat sohalarida qo‗llaniladi. Ijti-
moiy guruhlar mavjudligining realligi ijtimoiy tashkilotlar (ishlab chiqa-
rish, diniy, milliy, ilmiy birlashmalar, siyosiy partiyalar va h.k shaklida)
doirasida namoyon bo‗ladi. Ijtimoiy tashkilot ijtimoiy guruhlarni jamoa
(kollektiv) sifatida shakllantiradi. Guruhning har bir a‘zosi ijtimoiy mehnat
taqsimotidagi ahvolni ifodalovchi o‗z mavqeyiga ega bo‗ladi. Masalan,
korxona tashkiloti turli kasb va yoshdagi ishchi va injener-texnik xodim-
larni o‗zida birlashtiradi. U ijtimoiy tizum tomonidan integrativ funksiya
bajaradi.
Tashkilot ijtimoiy tizim rivojlanishining oliy darajasidir. Ijtimoiy ob-
yektlarga nisbatan ―tashkilot‖ yoki birlashma atamasi quyidagi ma‘noda
qo‗llanadi: jamiyatda muayyan o‗rin egallagan, ma‘lum bir funksiya ba-
jarishga qaratilgan, institutsional xarakterdagi sun‘iy birlashma tashkilot
deyiladi. Bunga korxona, hokimiyat organi, ixtiyoriy uyushma kabilar mi-
sol bo‗ladi. O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 56-moddasida
shunday deyiladi: ―O‗zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tar-
tibda ro‗yxatdan o‗tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olim-
larning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy
uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari ja-
moat birlashmalari sifatida e‘tirof etiladi‖.
1
Ijtimoiy tashkilotlar xususiyatlarini tushunish uchun A.I Prigojin quyi-
dagi omillarni keltiradi:
• tashkilot muayyan maqsadni amalga oshirish uchun tashkil etiladi,
1
O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: «O‘zbekiston», 1992.
64
ular kishilar birlashmasi funksiyasini amalga oshirish vositasidir;
• ijtimoiy tashkilotda rol va maqomlar iyerarxik pog‗onaga ko‗ra taq-
simlanadi, ya‘ni tashkilot a‘zolarining ijtimoiy vazifalari va egallagan o‗rni
o‗zaro bog‗liq bo‗lib, u murakkab tizimni ifodalaydi. Bunda individ kon-
kret ijtimoiy tashkilotda qabul qilingan me‘yorlar va odamning ijtimoiy
maqomi belgilaydigan talab, manfaatlarni amalga oshiradi;
• tashkilot vertikal va gorizontal tuzilishga ega. Vertikal strukturada
boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar mavjud. Boshqaruvchi tizim gori-
zontal strukturaning faoliyatini muvofiqlashtiradi. Tashkilotning vertikal
tizimining maqsadga erishishiga imkon beradi, faoliyat ko‗rsatishda bar-
qarorlik va samaradorlikni ta‘minlaydi;
• tashkilotning boshqaruv tizimlari tashkilot elementlarining faoliyatini
tartibga solish va nazorat qilish mexanizmi hamda vositalarini shakl-
lantiradi.
Tashkilotlar yuqorida keltirilgan xarakterli xususiyatlarga ega bo‗lish
bilan quyidagi tipologiyaga ham ega, ya‘ni rasmiy va norasmiy tashkilotlar
mavjud.
Rasmiy tashkilot asosida zarur ixtisoslashish natijasi sifatida vujudga
kelgan mehnat taqsimoti yotadi. Rasmiy tashkilot ishchan, kerakli ma‘lu-
motning borishini ta‘minlaydi. U xizmat xulq-atvoridagi me‘yorlarni, fao-
liyat dasturini, taqdirlanish prinsiplarini o‗z ichiga oladi. Rasmiy tashkilot
ratsionaldir, ya‘ni uning asosida maqsadga muvofiqlik yotadi
Ijtimoiy tashkilotlar o‗ziga xos shaklga ham ega. Quyida ulardan na-
munalar keltiramiz:
1. Ishchan tashkilotlar – tijorat maqsadida yoki nisbatan kengroq tash-
kiliy tizimlar tomonidan ayrim vazifalarni hal qilish uchun vujudga kelti-
rilgan firma va idoralar.
2. Ijtimoiy uyushmalar, ommaviy tashkilotlarning maqsadi ―ichkarida‖
ishlab chiqiladi va ishtirokchilar individual maqsadining munosabatini ifo-
dalaydi. Boshqarish, tartibga solish birgalikda qabul qilingan nizom orqali
amalga oshiriladi.
3. Tashkilotlarning oraliq shakllari, masalan kooperativlar (qishloq
xo‗jaligi, baliqchilik jamoalari, artellar) tadbirkorlik vazifasini bajaradi.
4. Assotsiativ tashkilotlar oila, ilmiy maktab, norasmiy guruhlardan
iborat. Ularning tarkibiy qismi, iyerarxiyasi, rollar taqsimoti, umumiy
qaror qabul qilish nisbatan barqaror.
Ijtimoiy tashkilot faoliyatining o‗zagini boshqarish tashkil etadi. Bosh-
qarishni sotsiologiya nuqtayi nazaridan tahlil qilish uning uch elementini
ajratib ko‗rsatishni taqozo etadi:
65
a) maqsadga yo‗naltirilgan boshqaruv;
b) ijtimoiy o‗z-o‗zini tashkil qilish;
v) tashkil qilish tartibi.
Ushbu elementlarning munosabati mavjud imkoniyatlardan foydala-
nish, ularning amal qilish doirasini va ziddiyatlarni bartaraf etish asosida
integratsiyalashadi.
Boshqarish jarayoni o‗ziga muvofiq usullardan foydalanishni taqozo
etadi.
Tashkilotning ayrim olingan xodimiga nisbatan ijtimoiy boshqarish-
ning turli usullarini qo‗llash mumkin:
– to‗g‗ridan-to‗g‗ri ta‘sir (buyruq berish);
– talablar orqali (rag‗batlantirish);
– qadriyatlar tizimi orqali (tarbiya, ta‘lim);
– ijtimoiy muhit ordali.
Ijtimoiy guruhga nisbatan quyidagi usullar qo‗llaniladi:
– guruh tarkibini maqsadga muvofiq holda shaklantirish (malakasi,
demografik xususiyatlari, psixologik belgisi, ishchi o‗rinlarni joylashtirish
kabilar);
– jipslashtiruvchi guruhlar (musobaqalar, rahbarlik usulini takomil-
lashtirish, ijtimoiy-psixologik omillardan foydalanish kabilar).
Ijtimoiy o‗z-o‗zini tashkil qilishda quyidagi usullardan foydalaniladi:
– rasmiy va norasmiy strukturaning muvofiqligi (rejalashtirilgan aloqa
va me‘yorlar orasidagi ziddiyatni bartaraf etish);
– boshqarishni demokratlashtirish (ijtimoiy tashkilotlar rolini oshirish,
qarorlar qabul qilishga xodimlarni jalb etish, mehnat faoliyatini oshirish
kabilar);
– ijtimoiy rejalashtirishni (xodimlar malakasini oshirish, jamoa ijti-
moiy strukturasini takomillashtirish, farovonlikni oshirish).
Boshqarish jarayoni faqat boshqaruvchi va boshqariluvchi munosa-
batni bildirmaydi. Tashkilotlarda o‗z-o‗zini tashkil qilish ham mavjud bo‗-
ladi. Bunda tashkilotning barcha a‘zolari umumiy qarorlar qabul qilishda
ishtirok etadi. O‗z-o‗zini tashkil qilish bu – ommaviy, jamoa va guruh
miqyosida ijtimoiy o‗zaro ta‘sirning mahsuli hisoblanadi.
1991-yil 15-fevralda Oliy Kengash ―O‗zbekiston Respublikasida ja-
moat birlashmalari to‗g‗risida‖gi qonunni qabul qildi. Mazkur qonun
respublika hayotidagi jamoat birlashmalari faoliyatini tubdan isloh qilish-
ga, jamoat birlashmalari tuzilmalarini davlat va hukumat tizimidan ajra-
tishga huquqiy shart-sharoit yaratib berdi. Respublika ijtimoiy-siyosiy ha-
66
yotida birinchi marta mazkur qonunda jamoat birlashmalarining maq-
sadlari xalqaro va demokratik mezonlar asosida ta‘riflab berildi:
―Jamoat birlashmalari fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy
huquqlar hamda erkinliklarni ro‗yobga chiqarish va himoya qilish, fuqa-
rolarning faolligi va tashabbuskorligini, davlat va jamoat ishlarini bosh-
qarishda ularning ishtirok etishini rivojlantirish...‖
1
maqsadida tuziladi.
1992-yil 3-iyunda «O‗zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari
to‗g‗risida»gi qonunga o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritilishi munosabati
bilan 1993-yilning mart oyida qonunga amal qilish va uning bajarilishini
ta‘minlashga kirishildi.
Jamoat birlashmalari endilikda xalqimizning milliy manfaatlari va
ehtiyojlari, ma‘naviyatga doir qarashlarini ifoda etuvchi tashkilotga ayla-
nib bormoqda. Ularning deyarli beshdan bir qismi tarixiy, madaniy, ma‘-
naviy, ma‘rifiy, ijodiy va vatanparvarlik sohalariga doir manfaatlar guruh-
lari sifatida faoliyat ko‗rsatayotganligi fikrimizning dalilidir.
|