55
liklarga qaramay amalga oshirish imkoniyatini anglatadi‖. (―Xo‗jalik va
jamiyat‖).
Bunda faqat ijtimoiy hokimiyat, ya‘ni kishilar
ustidan hukmronlik
nazarda tutiladi. Bu yerda tabiat yoki narsalar ustidan hokimiyat haqida
gap bormaydi, chunki narsalar ustidan hukmronlik ayni paytda kishilar us-
tidan hokimiyatning ham o‗rnatilishini bildiradi.
Maks Veber hokimiyat tushunchasining ―amorf‖ xarakterga ega ekan-
ligini ta‘kidlaydi. Gap iqtisodiy hukmronlik haqida ham bo‗lishi mumkin
(masalan, bozordagi hokimlik va h.k.).
Hokimlik,
shuningdek, jismoniy kuch ishlatishdagi ustunlikdan ham
kelib chiqishi mumkin (masalan, qurolga ega bo‗lish). Zo‗ravonlik bilan
qo‗rqitish zo‗ravonlikka qaraganda katta ahamiyatga ega bo‗lishi mumkin.
Hokimlik, shuningdek, boshqalarga ham kerak bo‗lgan axborotga ega
bo‗lishda ham ko‗rinadi. Muayyan bilim yoki informatsiyaga ega bo‗lish
har doim ham hokimiyat manbayi bo‗la olmaydi. Informatsiya egalariga
uning sheriklari bo‗ysunganda yoki moddiy rag‗batlantirilganda, ularning
hokimiyati mustahkamlanadi, u iqtisodiy hukmronlikni amalga oshirishga
yordam beradi.
Shu munosabat bilan ommaviy axborot vositalari ustidan hukmronlik
o‗rnatish haqida gapirish mumkin. Ushbu guruhning hukmronligi omma-
lashtirishi kerak bo‗lgan axborot sir tutilgandagina, amalga oshiriladi.
Demak, hokimlik turli shakllarda ifodalanishi mumkin. U nisbatan
mustahkam yoki obro‗siz, qisman yoki total, rasmiy yoki norasmiy bo‗-
ladi. Ayrim hollarda u kuchayib, mustahkamlanadi, hukmronlikda namo-
yon bo‗ladi. Hukmronlik hokimiyatning o‗ziga xos ko‗rinishidir.
Ko‗cha harakatini tartibga soluvchi hukmronlik qilmaydi.
Korxona
rahbari hukmronlik qiladimi, yo‗qmi degan savolga ayrim hollarda javob
berish qiyin. Korxona rahbari o‗zi hukmronlik qilishi shart emas, u hu-
kmronlikni amalga oshirishga yordam beradi.
Hukmronlik muayyan barqarorlikka ega. U bo‗ysunish orqali amalga
oshiriladi, bunda shaxs o‗z irodasiga qarama-qarshi o‗laroq bo‗ysunadi.
Odatda, hukmronlik qiluvchilar bo‗ysunuvchilar tomonidan o‗z
ustun-
liklari ijobiy baholanishini xohlaydilar. Ular shu tariqa avtoritet (obro‗,
nufuz)ga ega bo‗lishga ham intiladilar. O‗zidan kuchli bo‗lganga vaqti-
vaqti bilan bo‗ysunish hukmronlikning emas, balki hokimiyatning ko‗ri-
nishidir.
Hukmronlik qiluvchilar o‗z hukmronliklarining qonuniy tan olinishiga
intiladilar. Legitimlik (tan olish) va avtoritet bir narsa emas (aytib o‗tish
56
kerakki, legitimlik avtoritet tufayli amalga oshadi). Majburlash vosita-
laridan foydalanishni qonunlashtirmaydigan avtoritet ham mavjud bo‗lib, u
hukmronlikning har qanday munosabatlariga xosdir. Sotsiologiyada legi-
tim hukmronlik haqida gap boradi, bunda tobe kishilar hukmronlik, bo‗y-
sunishni va hukmron shaxslarning majburlashni jamiyatda mavjud bo‗lgan
me‘yorlarning ifodalanishi deb hisoblaydi.
M.Veber hukmronlik nolegitim ham bo‗lishi mumkin, deb hisoblaydi.
Har qanday hukmronlik o‗zining legitimligini tan olishlariga harakat qila-
di. Har qanday hukmronlik siyosiy hukmronlik bo‗lavermaydi. Siyosiy hu-
kmronlik yuqori darajada tartibga solinadigan jamiyatning geterogen insti-
tutsionallashgan sistemachalari majmuyida bo‗ysunishning amalga oshiri-
lishidir. U ijtimoiy sohada ko‗plab sistemachalar va institutlarning tashkil
etilgan tizimi zarurligini taqozo etadi. Ular quyidagi institutlar bo‗lishi
mumkin:
1) kommunikativ institutlar aloqa uchun xizmat qiladi. Hukmron gu-
ruhlar har doim bo‗ysundirish yo‗llari, vositalari, imkoniyatlariga ega.
Ular mavjud vaziyat haqida axborot olishga intiladilar va undan bo‗ysun-
dirishda foydalanadilar;
2) bo‗ysunishga majburlash institutlari (masalan, jismoniy kuch ishlata
oladigan, shuningdek, siyosiy hokimiyat xavfsizligiga tahdid soladigan ta‘-
sirdan muhofaza qiluvchi tashkilotlar).
Avtoritet
muayyan shaxs, guruh, institutlarning ustunligini ko‗pchilik
tomonidan tan olinishi tufayli vujudga keladigan ijtimoiy ta‘sirdir. Bun-
day ustunlikni tan olish o‗z-o‗zini belgilash huquqidan voz kechishni ham
bildiradi. Bunda individning mustaqil qarorlar qabul qila olishdagi saviyasi
yoki muayyan masalalar yuzasidan o‗z fikriga ega bo‗lish yoki muayyan
xatti-harakatni amalga oshira olish xususiyati gumon ostiga olinadi. Avto-
ritet egasining ustunligini tan olish atrofdagilarning faoliyatini belgilash
imkonini beradi. Bunday ta‘sir avtoritet egasining qat‘iy harakatisiz amal-
ga oshadi.
Avtoritetni shu avtoritet egasi bo‗lgan shaxsning xususiyati deb bilish
to‗g‗ri emas, bu uning boshqa shaxslarga bo‗lgan munosabatini anglatadi.
Shaxs avtoritetni shakllantiruvchi ko‗plab xususiyatlarga ega bo‗lishi mum-
kin (aql, jismonmiy kuch, va h.k). Bunday xususiyatlar avtoritetning namo-
yon bo‗lishiga birgalikda yoki ayrimlikda sabab bo‗ladi. Boshqa shaxslar
xuzurida ustunlik tan olinganda muayyan xulq-atvorning o‗rnatilishi avto-
ritetning namoyon bo‗lishiga sabab bo‗ladi.
Ongli xatti-harakat yordamida avtoritetga erishish qiyin. Avtoritetni
57
―avtoritar xatti-harakat‖ bilan adashtirmaslik kerak. Avtoritet yetishmagan
joyda avtoritar xatti-harakat o‗rin oladi. Avtoritet egasining irodasi, xohish-
istagidan qat‘iy nazar, avtoritet yuzaga keladi.
―Avtoritet‖ tushunchasi ―hokimiyat‖ tushunchasidan farq qiladi, ijti-
moiy voqelikda ular uzviy bog‗liq. Agar hokimiyat uchun kishilar qarshi-
ligini yengish xos bo‗lsa, avtoritetga hurmat bilan qarashni kutish shart
emas. Agar avtoritet yana qarshilikni yengishni talab qilsa, bunda avtoritet
bilan hokimiyat bir qatorda turganini ko‗ramiz.
Zamonaviy buyruqbozlik (byurokratiya) asosida tashkil etilgan davlat
qisqa muddat ichida hukmronlikni amalga oshirishga imkon beradi. Bar-
cha jarayonlarning hujjatlashtirilganligi hukmron doiralarga ularning iro-
dasi quyida qanday bajarilayotganligini nazorat qilish imkonini beradi.
Agar zamonaviy davlat mavjud hukmronlik
mexanizmi samarasiz ekan-
ligini ko‗rsa, bu hokimiyat vositalari yetarli emasligidan emas, balki ular
kengayib, foydalanish uchun noqulay holga kelganidan dalolat beradi.