O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliyа instituti R. Umarova sotsiologiya o‗quv qo‗llanma Toshkent «iqtisod – moliya»




Download 312,51 Kb.
bet26/53
Sana06.02.2024
Hajmi312,51 Kb.
#152219
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi t-fayllar.org

4.4. Ijtimoiy harakatlar 

Tashkil etilmagan guruhlarda, olomon ichida odamlarning faoliyati ja-


miyatning shakllangan tartibiga zid turadi. Kishilarning jamoadagi xulq-
atvorining elementar shakllari nisbatan stixiyali bo‗lib, noaniq vaziyatda va
xavf-xatarda bu xatti-harakatni oldindan aytib bo‗lmaydi. Jamoa xatti-
harakati tabiatini aylanma reaksiya yordamida tushunish mumkin. Ijtimo-
iy o‗zaro ta‘sirning bu shaklida kishilar bir-birlarining kayfiyati, his-haya-
jonini ifodalaydi.
Ijtimoiy notinchlik – ko‗plab kishilarning ichki keskinligi, tarangligi
bo‗lib, u faoliyatning tartibsizligi va muvofiqlashtirilmaganligida ifodala-
nadi. U aylanma reaksiyaga jalb etilib, boshqalarga ham ta‘sir ko‗rsatadi.
Odamlarning bir-biriga nisbatan ta‘sirchanligi oshganda, shuningdek,
shakllangan turmush tarzi buzilgan paytlarda va kishilar birgalikda uni
boshidan o‗tkazganda ijtimoiy notinchlik paydo bo‗ladi. U inqilobiy besa-
ranjomlik, noroziliklar, diniy hayajonlar, mehnat nizolari paytida ko‗p
uchraydi.
Ijtimoiy notinchlik quyidagi xususiyatlarga ega:
■ xulq-atvorning tartibsiz xarakteri. U kishilar tanglik va og‗ir ahvolda
qolib, faoliyat ko‗rsatishlariga kuchli ehtiyoj vujudga kelganda, lekin aniq
bir maqsadlari bo‗lmaganda, namoyon bo‗ladi;
■ kuchli tashvish, xavotir, vahima, qo‗rquv, ishonchsizlik, agressivlik
tuyg‗ulari;
■ ta‘sirchanlik, biron narsaga ishonish, ruhiy beqarorlik va yo‗lbosh-
chilar fikriga berilish.
Jamoada hayajonlanish, qo‗zg‗alish keng tarqalganda ijtimoiy infeksi-
ya (yuqumlilik) oshadi, ya‘ni biron-bir kayfiyat, xatti-harakat (chayqov-
chilik, moliyaviy vasvasa, vatanparvarlik jazavasi) vujudga keladi.
Sotsiologiyada elementar jamoa guruhlarining to‗rt turini ajratib ko‗r-
satish mumkin (G.Blumerga ko‗ra):
■ harakatdagi olomon (agressiv olomon);
■ ekspessiv olomon (masalan, diniy sektalarda raqsga tushayotgan, ja-
zavadagi olomon);
■ omma (ommaviy xatti-harakatda ishtirok etadigan, lekin hech qan-
day ijtimoiy tashkilotga ega bo‗lmagan, bir-birini tanimaydigan kishilar);
■ jamoatchilik (biron-bir muammo bo‗yicha turli fikrga ega bo‗lgan



51
kishilar guruhi).


Bu ijtimoiy guruhlar tashqi ta‘sir natijasida emas, balki ichki bir sabab
vositasida vujudga keladi. Ularning faoliyati mavjud madaniy me‘yorlar
orqali belgilanmaydi.
Umuman olganda, jamiyat quyidagi buyruq, farmoyishlar yordamida
faoliyat ko‗rsatadi:
■ olomon aloqa o‗rnatish orqali harakat qiladi (odamlarning bir-biriga
nisbatan ta‘sirchanligi yuqori bo‗ladi, kayfiyatga ongli bo‗lmagan holda
javob beradi, birgalikda faoliyatga ichki bir turtki yordamida kirishadi);
■ ommadagi individual tanlash, qarashlarning mos kelishi orqali jamo-
atchilik o‗ziga xos birlikni tashkil qiladi va muayyan umumiy qarorning
bajarilishi yoki jamoatchilik fikrining tashkil topishi uchun harakat qiladi.
Jamoatchilik fikri jamoa mahsuli bo‗lib, uni o‗zida ifodalaydi.
Jamoatchilik fikrining shakllanishi bir necha yo‗llar bilan amalga
oshadi, masalan:
■ manfaatdor guruhlar manfaatdor bo‗lmagan guruhlarga nisbatan
boshqalar fikrini bahs-munozaralar orqali shakllantiradi;
■ odamlarni muayyan nuqtayi nazarni qabul qildirishga qaratilgan
tashviqotlar orqali ham jamoatchilik fikri shakllanadi.
Yuqorida ko‗rsatilgan jamoa guruhlari ijtimoiy o‗zgarishlardan dalolat
beradi. Ular yangi jamoa xulq-atvori, yangi ijtimoiy hayot shakllarining
rivojlanishi, yangi ijtimoiy tartiblarning rivojlanishda muhim rol o‗ynaydi.
Ijtimoiy harakat dastlab boshlangan paytda yaxshi tashkil etilmagan bo‗-
ladi. U rivojlanishi bilan tashkilotga, an‘analar, mustahkamlangan rahbar-
lik, ijtimoiy tartib va qadriyatlarga ega bo‗la boradi. Ijtimoiy harakat quyi-
dagi mexanizmlar yordamida rivojlanib, tashkil etilishi mumkin:
• odamlarning bir-biri bilan birdamligi va hamkorligi tuyg‗usining
tashkil etilish jarayoni, muayyan ijtimoiy harakat tarafdorlari orasida o‗za-
ro xayrixohlikning shakllanishi kelishilgan xatti-harakatni paydo qiladi;
• guruhlar ichida va guruhlararo munosabatlarning rivojlanishi, hara-
kat a‘zolarining o‗z faoliyati haqqoniyligiga ishonishi ularni o‗z maq-
sadlari atrofida birlashtiradi, dushmanning borligini tan olish harakat bir-
damligini ta‘minlaydi;
• tantanali marosim va urf-odatlardan foydalanish: ommaviy miting,
parad, yubiley tantanalari, shiorlar, qo‗shiqlar, she‘rlar, bayroqlar va hoka-
zolar ijtimoiy harakatni rivojlantirib mustahkamlaydi, shu marosimlarning
har bir ishtirokchisi o‗z-o‗ziga baho beradi, natijada u o‗zini muhim bir
shaxs deb hisoblaydi;



52
• harakatga barqarorlik va muayyanlik beradigan guruh axloqining


shakllanishi: harakat maqsadining haqqoniyligi va odilligiga hamda maq-
sadga erishishga ishonish;
• harakat maqsadi va vazifalari shakllanadigan ta‘limotlar to‗plami –
guruh mafkurasining rivojlanishi.
Ijtimoiy harakatning muvaffaqiyatli rivojlanishi yuqorida ko‗rsatilgan
mexanizmga, ijtimoiy oqibat esa ijtimoiy harakat xarakteriga (inqilobiy
yoki islohot harakati) bog‗liq.

Download 312,51 Kb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53




Download 312,51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliyа instituti R. Umarova sotsiologiya o‗quv qo‗llanma Toshkent «iqtisod – moliya»

Download 312,51 Kb.