46
rish bilan bog‗liq ijtimoiy guruhlarning manfaatlari o‗rtasidagi angla-shil-
movchiliklar shu ma‘noda siyosiy tusga ega bo‗lishi ham mumkin. Bu kabi
yirik guruhlar birlamchi (bevosita ishtirokchilari), ikkilamchi (keyinchalik
aralashuvi) va uchlamchi (bartaraf etish tarafdorlari) bo‗lishlari mumkin.
Ijtimoiy nizolar yuzaga chiqishidan oldin ko‗pincha yashirin tarzda kecha-
digan nizo vaziyati bo‗lib, u biror-bir tashqi voqea, ta‘sir orqali ochiq tusga
kirishi mumkin. Ba‘zan qonunning buzilishi shu narsaga sabab bo‗ladi.
Umuman olganda, ijtimoiy nizolar turli shakllarda kechadi. Masalan,
manfaatlar nizolari jamiyatdagi mavjud milliy daromadni taqsimlash, so-
liqning hajmi, ijtimoiy ta‘minot kabi muammolar yuzasidan kelib chiqadi.
Qadriyatlar nizolari esa, jamiyatning turli tabaqalari o‗rtasida, ba‘zan av-
lodlar o‗rtasida kelib chiqadigan ko‗ngilsizliklardir. O‗z-o‗zini belgilash ni-
zolari shaxs o‗zini yashab turgan jamiyati va davlati bilan emas, balki biror-
bir alohida, ajrim holdagi (etnik, diniy va h.k.) bilan ko‗proq tarzda mujas-
samlashtirishidan kelib chiqishi mumkin. Masalan,
mamlakatimizda faoli-
yati oshkor bo‗lib qolgan ba‘zi bir diniy ekstremistik to‗da a‘zolari o‗zlarini
O‗zbekiston davlati, o‗zbek jamiyati bilan emas, qandaydir ―xalifalik‖,
―amirlik‖ bilan mujassamlashtirib yurishgan ekan. El-yurt qadrini bilmagan
bunday kimsalar endi sharmisor bo‗lib, tavba-tazarru qilishmoqda.
Siyosiy nizolar shunisi bilan farq qiladiki, ular ayrim olingan guruhlar,
toifalar o‗rtasidagi emas, balki siyosiy hokimiyat subyektlari o‗rtasida
vujudga keluvchi anglashilmovchiliklardir. Ular aslida siyosiy munosabat-
larning shunday holatiki, bunda turli tomonlar va kuchlar hokimiyat uchun
nokonstitutsiyaviy asosda kurash olib boradilar. Shu o‗rinda demokratiya
me‘yorlari siyosiy nizolarning oldini olishda katta ahamiyatga ega.
Nizolar quyidagi turlarga bo‗linadi:
kognitiv (kishilarning nuqtayi na-
zari kurashi)
shaxslararo,
shaxslar va guruhlararo ijtimoiy nizo (turli ij-
timoiy hamjamiyatlar – sinflar,
millatlar, davlatlar, ijtimoiy institutlar
to‗qnashuvi) ga o‗sib o‗tishi mumkin.
Nizolar realistik va norealistik bo‗lishi mumkin.
Realistik nizolar aniq
natijalarga erishishga qaratilgan bo‗lib, ular ishtirokchilarning ba‘zi bir
noto‗g‗ri talablari yoki muayyan imtiyozlarning
nohaq taqsimlanishi va
resurslarning cheklanishi (hokimiyat, boylik, hudud) bilan vujudga keladi.