• Ijtimoiy aloqa
  • Ijtimoiy munosabatlar
  • Konformlik
  • O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliyа instituti R. Umarova sotsiologiya o‗quv qo‗llanma Toshkent «iqtisod – moliya»




    Download 312,51 Kb.
    bet20/53
    Sana06.02.2024
    Hajmi312,51 Kb.
    #152219
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   53
    Bog'liq
    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi t-fayllar.org

    mikrodarajada o‗rganiladi.
    Ijtimoiy aloqalarning makrodarajasi o‗z ichiga yirik ijtimoiy struk-
    turalarni, jamiyatning asosiy institutlari din, oila, iqtisodiyotni oladi.
    Odamlarning bir-biri bilan bog‗liq bo‗lishi natijasida ijtimoiy hayot
    vujudga keladi.
    Ijtimoiy aloqa – odamlarning ijtimoiy ta‘siri orqali amalga oshirila-
    digan bog‗liqligi bo‗lib, u odamning boshqalardan xuddi shunday munosa-
    batni kutishiga asoslanadi. Ijtimoiy aloqa quyidagilarni o‗z ichiga oladi:
    – aloqa subyektlari (ikkita yoki minglab bo‗lishi mumkin);
    – aloqa predmeti (nima sababdan aloqa amalga oshirilyapti);
    – o‗zaro munosabatlarni tartibga solish mexanizmi. Ijtimoiy aloqa
    quyidagi ko‗rinishda bo‗ladi:
    a) ijtimoiy kontakt (odamlar orasidagi aloqa yuzaki, tez o‗tib
    ketadigan, obyektni boshqasi bilan almashtirish mumkin);
    b) ijtimoiy o‗zaro ta‘sir (kishilarning bir-biriga qaratilgan doimiy,
    muntazam ijtimoiy ta‘siri bo‗lib, bunda bir tomon ikkinchisidan javob
    reaksiyasini kutadi). Ijtimoiy o‗zaro ta‘sir ijtimoiy munosabatlar, ijti-
    moiy institutlar, ijtimoiy umumiylik ko‗rinishida namoyon bo‗ladi.
    Ijtimoiy munosabatlar – hamkorlarning barqaror o‗zaro ta‘siridir.
    Shaxslararo o‗zaro ta‘sirni mikrodarajada, avval, ikki kishi orasida,
    keyin guruh ichida ko‗rib chiqamiz.
    P.Sorokin ta‘kidlaganidek, ruhiy va ijtimoiy o‗zaro ta‘sir quyidagi
    hollarda amalga oshadi:
    – ruhiyat va sezgi organlari mavjudligida (odamning kechinmasi
    va fikrini bilish uchun uning yuz va ko‗z ifodasini ko‗rish, ovozi va
    gapini eshitish kerak);
    – o‗zaro ta‘sir qiluvchi odamlar bir xil ruhiy kechinmaga ega bo‗l-
    ganda ruhiy ijtimoiy o‗zaro ta‘sir amalga oshadi.
    Ikki va undan ortiq odamning kontakti turli shakllarda bo‗lishi



    43
    mumkin:


    1) oddiy birgalikda ishtirok etish;
    2) axborot almashuv;
    3) hamkorlikdagi faoliyat;
    4) teng faollik (ijtimoiy ta‘sir, hamkorlik, raqobat, nizo va
    hokazo).
    Bern ta‘kidlaganidek, ―Bir guruhda bo‗lgan odamlar beixtiyor bir-
    birlari bilan so‗zlashadilar, yoki bir-birlarining borligidan xabardor-
    liklarini bildiradilar. Bu esa o‗zaro munosabatni vujudga keltiradi‖.
    O‗zaro ta‘sir natijasida bir odamning biron bir muammoga nisba-
    tan bergan qayta javobi boshqa odamning javobiga yaqin bo‗lsa, kishi-
    larning xulq-atvori ham o‗xshash bo‗la boradi va u ijtimoiy ta‘sirni
    anglatadi.
    Ijtimoiy ta‘sir muammosi bilan bog‗liq konformlik va ishontirish
    yoki suggestiyani ajratib ko‗rsatamiz.
    Konformlik – bu guruhning ta‘siriga berilish, boshqa shaxslar ta‘-
    sirida o‗z xatti-harakatini o‗zgartirish, atrofdagilar bilan nizoga kirish-
    maslik uchun ongli ravishda ularga yon bosish.

    Download 312,51 Kb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   53




    Download 312,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliyа instituti R. Umarova sotsiologiya o‗quv qo‗llanma Toshkent «iqtisod – moliya»

    Download 312,51 Kb.