44
kuchli markazlashgan nazorati bilan xarakterlanadi. Sanoat turidagi jami-
yat esa osoyishta ijtimoiy hamkorlikning erkin shakllarini ifoda etadi.
Muammoni ikkita jihatga ajratib tahlil qilishni E.Dyurkgeymning ilmiy
faoliyatida ham ko‗rish mumkin. Yuqorida e‘tirof etilganidek, u o‗z ta‘li-
motida hamjihatlikning mexanik va organik turlarini ajratadi.
Sotsiologiyada begonalashuv muammosi
muhim masalalardan hisob-
lanadi. Zamonaviy jamiyat hayotida begonalashuvning quyidagi turlarini
ajratib ko‗rsatish mumkin:
1) iqtisodiy; 2) siyosiy; 3) madaniy; 4) ijtimoiy; 5) psixologik. Ushbu
begonalashuv turlari o‗zlarining ma‘lum bir shakllariga egadirlar. Masalan,
iqtisodiy begonalashuv uchta shaklga ega:
a) faoliyatdan begonalashuv;
b) faoliyat boshqaruvidan begonalashuv;
v) faoliyat natijalaridan begonalashuv.
Siyosiy begonalashuv siyosiy hokimiyatdan begonalashishdir; madaniy
begonalashuv madaniyatdan va ma‘naviyatdan begonalashish bo‗lsa,
ijti-
moiy begonalashuv muloqotdan, insonlarning
bir-biridan uzoqlashishi;
psixologik begonalashuv odamning o‗z-o‗zidan begonalashishidan iborat
bo‗ladi.
Begonalashuv jarayoni va tanazzul bir-biriga bog‗liq hodisalardir Agar
jamiyatda ishlab chiqarish sur‘atlari keskin pasaysa, xo‗jalik aloqalari uzil-
sa,
pulning qadri tushib ketib, narxlar tez sur‘atda oshib ketsa,
boshqaruv
tuzilmalari izdan chiqsa va siyosiy tangliklar vujudga kelsa, bir jamiyatning
hamma sohalari tanazzulga uchragan, degan fikrga kelishimiz mumkin.