3.2. Jamiyatning turlari
Barcha jamiyatlar turli nuqtayi nazarlardan kelib chiqib, bir necha tur-
larga bo‗linadi. Masalan, marksistik an‘ana bo‗yicha jamiyat ishlab chiqa-
rish usuliga qarab turlarga bo‗linadi, ya‘ni ibtidoiy jamoa tuzumi, quldor-
lik, feodal, kapitalistik va kommunistik tuzumlar.
Jamiyatni tasniflash undagi hukmron dinlar (masalan, islom jamiyati),
yoki tiliga ko‗ra (ingliz tilida yoki fransuz tilida so‗zlashuvchi jamiyat)
amalga oshirilishi mumkin.
1970-yil G.Lenski va J.Lenskilar jamiyatni yashash uchun zarur vosi-
ta olish usuliga ko‗ra tasnif qiladi:
a) ovchilik va yig„ish bilan shug„ullanuvchi jamiyat. Bunday jami-
yatlar (asosan, Afrika qabilalari, Avstraliya aborogenlari)da ijtimoiy hayot
33
qarindoshchilik aloqalariga asoslanadi. Ularda siyosiy struktura deyarli
yo‗q, jamoaga oqsoqol, yo‗lboshchi bosh bo‗ladi. Mehnat qurollari tosh
bolta, pichoqlar.
b) bog„bonchilik bilan shug„ullanuvchi jamiyatlar dastlab, yaqin
sharqda vujudga keldi, keyin Xitoydan Yevropagacha yoyildi. Mehnat qu-
rollari – omoch, oddiy buyumlar. Siyosiy struktura ikki, ba‘zan to‗rt ijti-
moiy qatlamdan iborat. Urug‗chilik aloqalari ijtimoiy strukturaning asosini
tashkil etadi. Urug‗ jamoasi o‗ziga xos qoida asosida nikoh munosabat-
larini tartibga soladi;
v) agrar jamiyatlar dastavval Misrda tashkil topdi, ular omoch va
hayvonlardan ishchi kuchi sifatida foydalanishni yo‗lga qo‗ydilar. Ular-
ning ishlab chiqarishdagi mahsuldorligi ham yuqori bo‗lgan. Agrar jami-
yatda qo‗shimcha mahsulotning to‗planishi natijasida davlat vujudga keldi,
ma‘muriy apparat va armiya tashkil topdi.Yozuv kashf qilindi, pul tizimi
shakllandi, savdo kengaydi. Nisbatan murakkab siyosiy tashkilotlar tarkib
topdi, urug‗ aloqalari jamiyat ijtimoiy strukturasining asosi bo‗lmay qoldi.
Shunday bo‗lsa-da, urug‗chilik munosabatlari siyosiy hayotda muhim rol
o‗ynadi: fuqarolik va harbiy amallar otadan meros bo‗lib qolardi;
g) sanoat (industrial) jamiyatlari. XVIII asr oxirlaridagina Buyuk
Britaniyada industrializatsiyaning vujudga kelishi natijasida barpo bo‗ldi.
Eng zamonaviy sanoat jamiyatlari Shimoliy Amerika, Yevropa, Sharqiy
Osiyoda tashkil topdi. Texnologiyaning takomillashuvchi, energiyaning
yangi manbalaridan foydalanish sanoat jamiyatlari rivojlanishida asosiy rol
o‗ynadi. Sanoat ishlab chiqarishi ushbu jarayonni boshqarish uchun zarur
bo‗lgan ilmiy bilimlarning qo‗llanilishi bilan bog‗liq; inson va hayvonning
ish kuchi o‗rniga issiqlik energiyasidan (avval tosh ko‗mirni yoqish orqa-
li), keyinchalik elektr va atom energiyasidan foydalaniladi;
d) postindustrial jamiyat. Amerikalik sotsiolog D.Bell tomonidan
ishlab chiqilgan konsepsiya bo‗lib, unga ko‗ra nazariy bilimlar sanoat va
ishlab chiqarishning bir joyga to‗planib qolishida asosiy rol o‗ynaydi. Bun-
day jamiyatda kapitalistlar hukmronligi yo‗qolib, uning o‗rnini yuqori bi-
limga ega bo‗lgan malakali huquqiy elita egallaydi. Xususiylik jamiyat-
ning asosiy mezoni sifatida o‗zining ma‘nosini yo‗qotqdi, uning o‗rnini
ta‘lim va bilimning yuksak darajasi egallaydi. Industrial jamiyatda asosiy
nizo mehnat va kapital orasida bo‗lsa, postindustrial jamiyatda asosiy nizo
bilim va chuqur bilimga ega emaslik o‗rtasida boradi. Chet mamlakatlarga
tayyor mahsulotga qaraganda yangi ishlab chiqarish texnoloshyalari ko‗p-
roq eksport qilinadi.
34
XX asrga kelib eng takomillashgan va zamonaviy kishilik birliklari
fuqarolik jamiyati deb atala boshlandi.
Shu o‗rinda fuqarolik jamiyati to‗g‗risidagi g‗oyalar tarixiga to‗xtash
maqsadga muvofiq. Fuqarolar jamiyati to‗g‗risidagi g‗oyalar diyorimizda
ilk bor eramizdan oldingi VII asrlarda siyosiy voqelik maqsadini himmat
va johillik kabi qarama-qarshi kuchlarning kurashi orqali hal etgan zar-
dushtiylikdir. Himmat johillikka qarshi faol kurashishini inson hayotining
mazmuni tarzida siyosiy omilga aylantirildi. O‗sha zamonlardayoq jami-
yatga bir oila tarzida qarash, ijtimoiy munosabatlarni boshqaruvchi siyosiy
omil — axloq qoidalari negizida hal etish ma‘naviy qadriyat hisoblanar
edi.
―Fuqarolar jamiyati‖ degan iborani Tomas Gobbs (1588-1679) ishlat-
gan. Jon Lokk (1632-1704) esa fuqarolar jamiyatining davlatdan imtiyozli
ekanligini ta‘kidlagan. Lui de Monteskye (1689-1755) fuqarolik jamiyati
zo‗rlik va hukmronlikdan qutulish garovi ekanligini ochib berdi. Immanuil
Kant (1724-1804) fuqarolar jamiyatida har bir kishining erkinligi bosh-
qalar erkinligiga monand kelishi bilan ifodalanganini uqtirib, quyidagi
prinsiplarni ilgari suradi: 1) inson sifatida jamiyat a‘zolari erkinligi; 2) fu-
qaro sifatida ularning tengligi; 3) fuqaro sifatida har bir jamiyat a‘zo-
larining mustaqilligi. Gegel (1770-1831) fuqarolar jamiyatini davlat ichida
emas, davlat qatorida talqin etadi.
Fuqarolik jamiyati shaxs uchun keng imkoniyatlar yaratib, unda har bir
shaxs boshqalar bilan birlashishi yoki ular bilan hamkorlikda faoliyat ko‗r-
sata olishi mumkin. Fuqarolik jamiyati shu tarzda inson ulug‗vorligini yuk-
saklikka ko‗taradi Fuqarolik jamiyatining barqarorligini ta‘minlovchi
shart-sharoitlar ham borki, ularsiz bu jamiyatning institutlari rivojlanmay-
di. Bular jumlasiga jamiyatdagi ijtimoiy qatlamlarning turlicha manfaat-
larini ifoda etuvchi rivojlangan ijtimoiy strukturalar mavjud bo‗lishi lozim-
ligi kiradi Qolaversa, jamiyat a‘zolarining to‗la mustaqilligi bilan faoliyat
ko‗rsata olish qobiliyati, ularning eng rivojlangan darajadagi, intellektual,
ruhiy jihatlardan yuksalishi sodir bo‗lishi ham taqozo qilinadi. Ko‗rinib
turibdiki, demokratik jamiyatning asosini o‗z-o‗zini boshqarish va jamiyat
tashkilotlari o‗zaro munosabatlarining majmuasi tashkil qilinadi.
Fuqarolik jamiyatida davlat va hukumatning, nodavlat va jamoat tash-
kilotlarining o‗z vazifalari ham bo‗ladiki, ular bir-birini to‗ldirib, yuksak
rivojlangan demokratik jamiyatning yashovchanligini ta‘minlaydi. Davlat-
ning ham, nodavlat tashkilotlarining ham o‗z harakat doirasini o‗zlari
uchun belgilangan faoliyati u yoki bu tomonga ozgina o‗zgarganda ham
35
bunday ijtimoiy-siyosiy muvozanatlar buzilib, demokratik me‘yordan che-
kinish yohud chetga chiqib ketishi ro‗y berishi mumkinligini asrimizning
so‗nggi davrdagi rivojlanish amaliyoti ko‗rsatdi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq O‗zbekiston o‗z taraqqiyot yo‗-
lini faol izladi, bu izlanish yillari Ona-Vatanni erkin, kuchli va ravnaq to-
payotgan diyorga aylantirishga intilish davri bo‗ldi. Jahon hamjamiyatida
munosib o‗rin egallash uchun, davlatlararo ko‗pqirrali aloqalarning eng
maqbul yo‗llari izlandi. Bularning barchasi jamiyatni yangilashning O‗zbe-
kistonga xos yo‗lini ko‗rsatib berdi. Bu yo‗l ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor
iqtisodiyotini shakllantirishga jahon tajribasini, shuningdek, xalqimiz tur-
mush tarzini, urf-odatlarini, an‘analarini, tarixiy qadriyatlarini har tomon-
lama hisobga olishga qaratilgan, konstitutsion asosga ega bo‗lgan respub-
lika aholisining manfaatlariga to‗la mos tushadigan taraqqiyot yo‗lidir.
Aynan shunday rivojlanish o‗zbekistonliklarning munosib turmush
kechirishlari uchun kafolat bo‗ladi, milliy an‘analar va madaniyatning yuk-
salishini, ma‘naviy-a‘hloqiy qadriyatlarning tiklanishini ta‘minlaydi.
―Pirovard maqsadimiz, – deydi I.A. Karimov. – ijtimoiy yo‗naltirilgan
barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo‗lgan kuchli
demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan ibo-
ratdir‖
1
. Shunday qilib, tanlagan yo‗limiz ajdodlarimiz tarixiy tajribasini,
mamlakatimizning o‗ziga xos xususiyatini va xalqimizning aql-zakovatini
hisobga olib, o‗z yo‗limizdan aniq maqsad sari qat‘iyat bilan ilgari surgan
besh tamoyil asos qilib olingan.
|