O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliyа instituti R. Umarova sotsiologiya o‗quv qo‗llanma Toshkent «iqtisod – moliya»




Download 312,51 Kb.
bet15/53
Sana06.02.2024
Hajmi312,51 Kb.
#152219
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   53
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi t-fayllar.org

«birlamchi guruh» – kichik ijtimoiy guruhlar (oila, qo‗shnilar, bir
o‗yindagi bolalar);
«ikkilamchi guruh» – kishilarning yirik guruhlari.



29
3-bob. JAMIYAT DINAMIK TIZIM SIFATIDA.


IJTIMOIY STRATIFIKATSIYA 

3.1. Jamiyat va tizim tushunchasi. Jamiyat va taraqqiyot 
tog„risidagi rivojlanish nazariyalari 

Zamonaviy sotsiologiyaning diqqat markazida jamiyat tushun-


chasi turadi. U mamlakatning ijtimoiy tashkil etilishini xarakterlaydi.
Sotsiolog N. Smelzer jamiyat haqida shunday deydi: «Muayyan ge-
ografik chegara, umumiy qonunchilik tizimi va muayyan milliy (ijti-
moiy-madaniy) tenglikka ega bo‗lgan kishilar birlashmasi jamiyat
hisoblanadi».
Sotsiologiyada jamiyat an‘anaviy va zamonaviy jamiyatga ajra-
tib o‗rganiladi.
An‘anaviy jamiyat quyidagi xususiyatlarga ega:
1) mehnat tabiiy taqsimlanadi va ixtisoslashadi (asosan, yosh va
jins belgilariga ko‗ra);
2) shaxslararo munosabat bevosita individlar orqali namoyon
bo‗ladi;
3) o‗zaro aloqalar norasmiy ravishda tartibga solinadi (din va axloq
qonunlari yordamida);
4) jamiyat a‘zolari qarindoshchilik aloqalari bilan bog‗liq bo‗ladi;
5) hamjamiyat oddiy boshqaruv tizimiga ega (hokimiyatning meros
bo‗lib qolishi, oqsoqollar boshqaruvi).
Ko‗rinib turibdiki, an‘anaviy jamiyatda insonning yaratuvchilik qobi-
liyati ancha cheklangan edi. Chunki an‘anaviy jamiyatda mehnatning ta-
biiy taqsimlanishi va ixtisoslashuvi, shaxslararo munosabatlarning tabaqa-
lashuvi, ijtimoiy aloqalar va munosabatlarni norasmiy muvofiqlashtirish,
jamiyat a‘zolarining bir-biriga tobelik, urug‗chilik va qon-qarindoshlik
munosabatlari bilan bog‗liqligi, boshqaruvdagi primitiv tizimlar imti-yoz-
siz jamiyat a‘zolarining faolligini cheklab qo‗ygan bo‗lib, bu holat shax-
sning ijodiy faoliyat ko‗rsatish va fikr yuritishini rivojlantirishga yo‗l
bermas, o‗zaro munosabatlarning esa biqiq bo‗lishini taqozo etardi.
An‘anaviy jamiyat kabi zamonaviy jamiyat ham bir qator xususi-
yatlarga egadir:
1) o‗zaro ta‘sir rasmiy xarakterga ega (kishilarning xulq-atvori va inti-
lishlari ijtimoiy maqom va individlarning ijtimoiy funksiyalari bilan bel-
gilanadi);
2) mehnat taqsimoti chuqur amalga oshadi (ta‘lim va ish tajribasi bilan



30
bog‗liq kasb-malaka asosida);


3) munosabatlar rasmiy tizimda tartibga solinadi (qonun, tartib, bitim-
lar asosida);
4) ijtimoiy boshqaruv murakkab tizimga ega (boshqaruv instituti,
boshqarishning maxsus organlari);
5) din boshqaruv tizimidan ajralgan;
6) ko‗plab ijtimoiy institutlar mavjud.
Demak, hozirgi paytda jamiyat kishilararo munosabatlarning rasmiy-
lashuviga olib keluvchi ijtimoiy aloqalar tizimining murakkablashuvi bilan
xarakterlanuvchi ijtimoiy tashkilotning zamonaviy shaklidir. Umuman ol-
ganda, shaxslararo munosabat va his-tuyg‗ularning bog‗lanishi jamiyatni
ifodalaydi.
O‗zbek jamiyati zamonaviy jamiyat bo‗lsa ham, unda ko‗plab an‘ana-
lar saqlangan. Ma‘lumki, o‗zbek xalqi azaldan jamoa bo‗lib, uyushib ya-
shashga odatlangan, to‗yda ham, azada ham yonma-yon turib hamisha bir-
biriga ko‗maklashgan. Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar to‗g‗-
risida g‗amxo‗rlik ko‗rsatish, millatidan qat‘iy nazar, odamlarga xayri-
xohlik, o‗zgalarga yordam tuyg‗usi o‗zbek xalqiga xosdir. Shuning uchun
ham, I.A. Karimov 1992-yil 2-iyulda O‗zbekiston Oliy Kengashining X
sessiyasida «Istiqlol yo‗llari va muammolari» mavzusida nutq so‗zlar
ekan, « ...biz ijtimoiy taraqqiyot va yangilanish borasida o‗z yo‗limiz bor,
deb e‘lon qildik... Bozor iqtisodiyotiga o‗tar ekanmiz, milliy-tarixiy
turmush tarzimizni, xalqimiz urf-odatlarini, an‘analarimizni, kishilarning
fikrlash tarzini hisobga olamiz!»
1
– deydi va tub islohotlarni amalga
oshirish borasida dastlabki tamoyilni belgilab berdi.
Jamiyat tushunchasiga atroflicha yondashuv «jamoa» va «hamja-
miyat» (ijtimoiy guruh) tushunchalariga to‗xtalishni taqozo etadi.
O‗zbekiston, albatta, zamonaviy jamiyat. Shu bilan birga, bizda
an‘anaviy jamiyatning ko‗plab elementlari mavjud.
Jamoa – bu an‘anaviy jamiyatdir. Jamoa va jamiyat o‗rtasidagi
aloqalar asosida 3 gipoteza yotadi:
■ evolutsion o‗sib o‗tish (jamoa rivojlanib, murakkablashib, ja-
miyatga aylanadi);
■ integratsiyaviy qo‗shiluv (turli darajada bo‗lgan tizimlarning
o‗zaro ta‘sirida arxaik ijtimoiy tashkilot zamonaviylashib boradi);
■ parallel birga mavjud bo‗lish (turli-tuman jamoalar integratsiya-
lash-maydi, balki o‗z xususiyatlarini saqlagan holda zamonaviy jami-
1
Karimov I.A. O‗zbekiston: o‗z istiqlol va taraqqiyot yo‗li. T.1. –T.: O‗zbekiston. - 40-bet.



31
yat tarkibida alohida-alohida bo‗ladi).


Demak, jamoa urug‗chilik aloqalari asosida vujudga kelgan va ij-
timoiy munosabatlarning bevosita turi bilan xarakterlanuvchi ijtimoiy
tashkilotning dastlabki shaklidir.
«Jamiyat» tushunchasi (E.Shilzga ko‗ra)ni agar u quyidagi talab-
larga javob bersa, kishilar birlashmasiga nisbatan qo‗llash mumkin:
1) birlashma katta bir tizim (jamiyat)ning bir qismi bo‗lmasa;
2) nikoh ushbu birlashma namoyandalari orasida tuzilsa;
3) birlashma bolalar tug‗ilishi bilan to‗ldirib borilsa;
4) shaxsiy hisoblangan hududga egalik qilinganda;
5) o‗z nomi va tarixiga ega bo‗lish;
6) o‗z boshqaruv tizimiga ega bo‗lish;
7) birlashma qadriyatlarning umumiy tizimi (urf-odat, an‘ana me‘-
yorlar, qonun-qoidalar) – madaniyat asosida tashkil topadi.
Sotsiologiya jamiyatni tizim sifatida uning strukturasi, funksiya-
lari va tizimi elementlarini o‗rganadi. Jamiyatga nisbatan tizimli mu-
nosabatning mohiyatini aniqlash uchun, avvalo, tizim nima ekanligiga
to‗xtalishimiz kerak.

Download 312,51 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   53




Download 312,51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliyа instituti R. Umarova sotsiologiya o‗quv qo‗llanma Toshkent «iqtisod – moliya»

Download 312,51 Kb.