|
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliyа instituti R. Umarova sotsiologiya o‗quv qo‗llanma Toshkent «iqtisod – moliya»
|
bet | 12/53 | Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 312,51 Kb. | | #152219 |
Bog'liq O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi t-fayllar.org«Ikkilamchi guruhlar» – kishilarning yirik guruhlari bo‗lib, shaxsiy
bo‗lmagan munosabatlarga asoslanadi. Har bir individ bunday institutlarda
butun jamoa bilan emas, balki uning bir qismi bilan ishtirok etadi. Agar
«birlamchi guruh» interaksiyasi kishilarning emotsional shaxsiy aloqalari
asosida to‗satdan paydo bo‗lsa, «ikkilamchi guruhlar» avvaldan belgi-
langan ishchan munosabatlar orqali shakllanadi. Kulining ta‘kidlashicha,
«ikkilamchi guruhlar» birlamchi guruhlarga xavf soladi.
Mikrosotsiologiyaning yana bir namoyandasi Jorj Gerbert Mid (1863-
1931) bo‗lib, uning fikricha voqelik, tabiat, fizik predmetlarni ong, shaxs
kabi ijtimoiy tashkil etilgan yoki inter subyektivdir. Mid tabiat bir-biridan
mustaqil predmetlardan tashkil topmagani kabi jamiyat ham ko‗plab mus-
taqil individlardan tashkil topmaydi, deydi. Uningcha, kishilik jamiyati
evolutsiyasi asosan, birgalashib ishlash hamda shaxslarning o‗zaro va
predmetlar bilan bo‗ladigan aloqasi orqali belgilanadi. Ushbu evolutsiya
jarayonida kishilarning intellekti hozirgi darajagacha rivojlandi. Bu jara-
yon hozir ham davom etib bormoqda. Har bir individ unda ishtirok etadi,
faqat interaksiya va boshqalar bilan aloqada «Men»ini taraqqiy toptiradi.
Ong tafakkur va tasavvur amaliyotidagina vujudga keladi, o‗zgaradi. Bu
amaliyot esa individlar bir-biri, guruhlar jamiyat bilan interaksiyada shakl-
lanadi. Shu bilan birga, u ichki tajribaga ham e‘tibor beradi va uni ijtimoiy
asoslangan xatti-harakat, deb hisoblaydi. Shuning uchun ham, Mid o‗zini
ijtimoiy bixeviorist deb hisoblaydi. Uning fikricha, har qanday psixolo-
giya ijtimoiy psixologiya bo‗ladi, chunki odamlarning ongi va ruhiyati
ijtimoiy axloq va xatti-harakatdan ajralmasdir.
Ruh, nutq, tafakkur, intellekt – ijtimoiy hodisalar bo‗lib, «mulohazalar
dunyosi», kommunikatsiyalar jarayoni ularning umumiy manbayi hisob-
lanadi. Uning vositasi imo-ishoradir. Tafakkur Mid uchun individning o‗z-
o‗zi bilan signifikatif ramzlar yordamidagi ichki kommunikatsiyasidir. Mid
25
interaksiyani barcha ishtirokchilarning boshqa odamlarning xatti-harakat-
larga tayyorgarligini, ularning imo-ishoralariga o‗zlarining munosabati,
deb hisoblaydi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliyа instituti R. Umarova sotsiologiya o‗quv qo‗llanma Toshkent «iqtisod – moliya»
|