XIX asr G„arbiy Yevropadagi sotsiologik ta‟limotlar tarixi




Download 312,51 Kb.
bet10/53
Sana06.02.2024
Hajmi312,51 Kb.
#152219
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi t-fayllar.org

2.3. XIX asr G„arbiy Yevropadagi sotsiologik ta‟limotlar tarixi 

Sotsiologiya fanining asoschisi fransuz Ogyust Kont (1798-1857) hi-
soblanadi. Kont sotsiologiyasi burjuaziyaning ma‘naviy va siyosiy hukm-
ronligi davrida vujudga keldi U o‗zida sanoat va fanning yuksalishini ifo-
dalaydi, aql yordamida ijtimoiy nizolarni hal qilishga intiladi. Kont o‗z tad-
qiqotlarl predmeti – jamiyatni ijtimoiy munosabatlarda tartib va taraqqiyot
sohasida revolutsiyadan keyingi vaziyat bilan bog‗lagan. O‗sha davrda
jamoatchilik antagonizm va ziddiyat deb hisoblagan tanglikni Kont bar-
taraf etib, o‗z sotsiologiyasi bilan ikki qutbni — tartib va taraqqiyotni bir-
lashtirmoqchi bo‗ladi. Tartib bo‗lmasa taraqqiyot anarxiyaga aylanadi.
Pozitiv (ijobiy) siyosatda tartib va progress bir tamoyilning ikki tomonidir.
Sotsiologiya, Kontning fikricha, ijtimoiy statistika (jamiyatda turg‗un
bo‗lgan tuzilmalar) va ijtimoiy dinamika (ijtimoiy o‗zgaruvchanlik jarayo-
ni) dan iborat.
Kontning izohicha, falsafa va sotsiologiyani pozitiv deb atashning
sababi, ular fan ma‘lumotlariga emas, balki ilmiy kuzatuvlarga asoslanadi.
Pozitivizmda eng asosiy talab keraksiz tushunchalardan voz kechish ham-
da tabiiy-ilmiy qarashlarni isbotlovchi «pozitiv» (ijobiy) ijtimoiy naza-
riyani yaratishdir.
Kont tabiatni bilish tarixini 3 bosqichga bo‗ldi: bu bosqichlardan har
biri dunyoqarashning muayyan tipiga: teologik-harbiy hukmronlik; 2)
metafizik-feodal hukmronlik; 3) pozitiv-sanoatsivilizatsiyasi turiga mos
keladi. Birinchi, teologik pallada inson aqli
hodisalarni, ilohiy kuchlarning
ta‘siri bilan izohlashga uringan. Kontning fikricha, metafizik dunyoqarash
teologik dunyoqarashning o‗zgargan shaklidir. Metafizik dunyoqarashga
ko‗ra barcha hodisalarning asosini abstrakt metafizik mohiyatlar tashkil
etadi. Teologik va metafizik dunyoqarash o‗rniga «pozitiv metod» keladi
va u absolut bilimlardan (materializm va obyektiv idealizm) voz kechishni
talab qiladi.
Bu bosqichlar ketma-ketlikda keladi, shuning uchun ijtimoiy guruhlar
orasidagi tengsizlik taraqqiyotning muayyan darajalari bilan bog‗liq bo‗-
ladi. Kont o‗zining uch hadli sxemasidan fanlarni turkumlash, tarixni bir
tizimga solish uchun foydalanadi. Uning sotsiologik ta‘limotining asosiy
g‗oyasi – revolutsion yo‗l bilan o‗zgartirishni befoyda deb hisoblashdan
iborat. Uning fikricha, kapitalizm insoniyat tarixining evolutsiyasini tu-
gallaydi. Kont oliy xudoga sig‗inishni targ‗ib qilishni ijtimoiy uyg‗unlikni
barqaror etish vositasi deb hisoblaydi.
Kontning xizmatlari shundaki, u sotsiologiya fani dasturlari va usullarini



20
ilmiy izlanishlar vositasi sifatida aniqlay oladi. Uning fikriga ko‗ra, sotsi-


ologiyaning predmeti – bu ijtimoiy hodisalarning mohiyatidir. Jamiyat
to‗g‗risidagi fanlar tabiiy fanlar metodologiyasiga tayanishi kerak: olimlar
kuzatuv, qiyoslash, tarixiy, genetik usullarni qo‗llay bilishi lozim. Ushbu
usullar ichida tarixiy va qiyosiy usullar keng tarqalgan. Kuzatuv va ekspe-
riment usullaridan esa XX asrga kelib qo‗llanila boshlandi.
Kontning ta‘kidlashicha, jamiyatdagi ijtimoiy muvofiqlik – bu shaxslar
va ijtimoiy qatlamlar manfaatlarining bir-biriga mosligidir. Kontning
jamiyatni yaxlit organizm sifatida tushunishi, mehnatning ijtimoiy adolat
asosida taqsimlanishi, ijtimoiy barqarorlik shartlari va omillari, turli guruh
va qatlamlar manfaatlarini moslashtirishda davlat va shaxslarning o‗rni
to‗g‗risidagi fikrlari bugungi kunga ham muhimdir.
1
Gerbert Spenser (1820-1903) – ingliz sotsiologi, liberal individua-lizm
namoyandasi. Uning «Asosiy manbalar» (1862), «Sotsiologiyaning yara-
tilishi» (1876-1896), «Sotsiologiya tadqiqot predmeti sifatida», «Etika-
ning yaratilishi» (1870-1873) asarlari sotsiologiya tarixida muhim o‗rin
tutadi.
Spenser Kont izidan borib, sotsiologiya faniga o‗zgarib turuvchanlik va
«bir maromdagi» evolutsionizm g‗oyasini kiritdi. Evolutsiya – bu oddiy
narsa va kuchlarning oddiy ko‗payish yoki kamayishga olib keluvchi, ha-
qiqiy raqamli, sakrash va tanaffuslar ketma-ketligidan mahrum bo‗lgan ja-
rayondir. Spenserning ta‘kidlashicha, istalgan tizimning amal qilish tarzi,
ijtimoiy organizmning me‘yoriy holati muvozanatidan iborat.
U istalgan obyektning evolutsiyasi aloqasizlikdan aloqadorlikka, bir
toifalikdan har xil toifalikkacha, noaniqlikdan aniqlikkacha bo‗lgan davrni
o‗z ichiga oladi. Muvozanatning buzilishi asnosida yangi evolutsion jara-
yonga o‗tuvchi inqiroz boshlanadi. Hamma voqea va hodisalar mana shu
inqiroz va taraqqiyot sikli orqali yuz beradi deya ta‘kidlaydi.
2
Spenserning fikriga ko‗ra, sotsiologiyaning vazifasi – bu alohida
shaxslarning xohish va intilishlari, ularning individual jihatlari va subyek-
tiv fikr-o‗ylariga qaramasdan, amalga oshuvchi evolutsion jarayonlarning
umumiy qonuniyatlarini ochib beruvchi ijtimoiy mavjudliklar, omillarni
o‗rganishdan iboratdir.
Spenser XIX asr sotsiologlari ichida birinchi bo‗lib ijtimoiy tizim, ijti-
moiy institut, ijtimoiy nazorat atamalarini qo‗lladi.
Spenser ijtimoiy taraqqiyot ta‘siri ostida ijtimoiy institutlarni bir necha
1
Qarang:
Комаров М.С Введение в социологию. –М.: Наука, 1994 – 36-стр
2
История социологии. –М.: Вис.шк, 1998, 48-стр
.



21
turga bo‗ladi:


– oila evolutsiyasi bosqichlarini ishlab chiquvchi, oilaviy munosabat-
lar o‗zgarishini tadqiq etuvchi institutlar;
– urf-odat, an‘ana, axloq orqali insonlarning kundalik harakatini bosh-
qarishga yo‗naltirilgan institutlar;
– jamiyat hamjihatligi va e‘tiqod birligiga ta‘sir etuvchi diniy insti-
tutlar;
– mehnat taqsimlanishi asosida kelib chiquvchi kasb-hunar institutlari.
Spenserning evolutsiya konsepsiyasi uning sotsiologik qarashlariga,
ya‘ni jamiyatning organik nazariyasi deb ataluvchi qarashlariga asos bo‗l-
gan. Bu nazariyaning xususiyati ijtimoiy hayotni biologik iboralar asosida
tahlil qilishga urinishdan iborat edi.
Fransuz sotsiologi Emil Dyurkgeym (1858-1917) ham sotsiologiya
fanining rivojiga katta hissa qo‗shdi. Kontning davomchisi, Sorbonna uni-
versiteti professori Dyurkgeymning fikricha, sotsiologiya jamiyatni alohi-
da ruhiy reallik sifatida o‗rganishi lozim, chunki bu reallik qonunlari indi-
vidual psixika qonunlaridan farq qiladi. Har qanday jamiyat umumqim-
matga ega bo‗lgan kollektiv tasavvurlarga asoslanadi. Olim ijtimoiy omil-
lar, ya‘ni kollektiv tasavvurlar (axloq, huquq, din, hissiyot, odat va b.) bi-
lan ish ko‗radi, bu tasavvurlarni ijtimoiy muhit inson ongiga jo qiladi.
Dyurkgeym ijtimoiy taraqqiyotni uch omilga: aholi zichligi, aloqa yo‗l-
larini rivojlantirish, kollektiv ongga bog‗lab izohlaydi. Har qanday jami-
yatni ijtimoiy hamjihatlik bilan xarakterlaydi. Ibtidoiy jamiyatda hamji-
hatlik qon-qardoshlikka asoslanadi, hozirgi dunyoda esa hamjihatlik «uz-
viy» bo‗lib, mehnat taqsimotiga asoslanadi, deb hisoblaydi.
Dyurkgeym dinni ijtimoiy hayotning muhim momenti, deb biladi.
Odamlar yashab turar ekan, din ham jamiyatning taraqqiyot bosqichlariga
muvofiq ravishda o‗z shaklini o‗zgartirib boradi, deb hisoblaydi.
Dyurkgeymning qarashlari asosini «sotsiologizm» g‗oyasi tashkil eta-
di. Fransuz sotsiologi odamlararo ishonchning muhimligini ta‘kidlab, ki-
shilar yagona umumiy g‗oya atrofida birlashishlari lozimligini e‘tirof etadi.
Dyurkgeym sotsiologiyasi qator asosiy vazifalarni o‗zida ifodalaydi,
ular bugungi kunda ham o‗z ahamiyatini yo‗qotmagan. Dyurkgeym sotsi-
ologiyani empirik va qonun chiqaruvchi fan, deb biladi; sotsiologiyaning
ilmiy xarakteri uning usullaridan kelib chiqadi. Ijtimoiy dalillarga jamiyat
umumiy aloqasining mahsuli deb qaraladi.
Italiyalik Vilfredo Pareto (1848-1923) o‗zining «Umumiy sotsiolo-
giya tartibi» asari bilan sotsiologiyaga katta hissa qo‗shdi. U haqiqiylik,
ishonchlilik va ilmiy-empirik asoslanganlikni ta‘minlay oladigan sotsiolo-



22
gik bilimlar tuzilishi jarayonlarini ishlab chiqishga intildi. Ijtimoiy fanlar-


ning barchasi pozitivizm g‗oyalariga tayanadi, shuningdek, sotsiologiyani
huquq, iqtisodiyot, din tarixi va boshqa ijtimoiy fanlarning sintezi deb
hisobladi.
Pareto tomonidan ishlab chiqilgan pozitiv yondashuv konsepsiyasi
o‗zining mohiyatiga ko‗ra uslubiyat xususiyatiga ega bo‗lib, bitta maq-
sadga, ya‘ni ijtimoiy-nazariy tadqiqotlarni mafkuraviy mohiyatdan ozod
qilishga qaratilgan edi. Paretoning sotsiologik tizimida elitalar nazariyasi
muhim o‗rin tutadi. Jamiyatning sotsiologik tuzilishini u ikki guruhga bo‗-
ladi: o‗qimishli odamlardan iborat elita hamda hissiyotlar va ikkilanish-
larda yashovchi, boshqariladigan omma – quyi qatlam.
Paretoning fikricha, siyosiy jarayon elitaning hokimiyat tepasiga keli-
shi bilan bog‗liq, ulardan bittasi jamiyatni boshqarish imkoniyatlarini yo‗-
qotsa, uning o‗rnini boshqasi egallaydi. Elitaning o‗rin almashish tartiboti
istalgan jamiyatdagi universal qonuniyatlardan hisoblanadi. Siyosiy elita-
ning yashash qobiliyati kichik qatlamlarning iqtisodiy, ijtimoiy va ma‘na-
viy imkoniyatlarga, ijtimoiy boshqarish huquqini beruvchi siyosiy tuzum-
ga jamiyatning nechog‗li ochiqligiga bog‗liq.
1
G‗arb sotsiologlaridan biri bo‗lgan Ludvig Gumplovich (1838-1909)
sotsiologiyani muayyan bir tizimga solishga intildi. U Spenser asoslagan
biologik tushunchalarga qarshi chiqdi. Uning fikricha, sotsiologiyada
biologik tushunchalar hech qanday ahamiyatga ega emas, ular faqat qiyos-
lash uchungina xizmat qilishi mumkin, ijtimoiy voqelikni tahlil qilib bera
olmaydi.
Gumplovich «Irqchilik kurashi» (1883) va «Sotsiologiya asoslari»
(1885) asarlarida sotsiologiyani tarix falsafasining davomchisi, deb hisob-
ladi. U polineziyani asosiy tabiiy ijtimoiy qonun deb, ya‘ni avval ko‗plab
etnik guruhlar bo‗lgan, keyinchalik ular yirikroq jamoalarga birlashdi, deb
ta‘kidladi.
Gumplovichning fikricha, ijtimoiy qonunlar asosiga insoniyatni qo‗-
yib bo‗lmaydi, insoniyatning rivojlanishini evolutsiya qonuni bilan tu-
shuntirish mumkin emas, chunki bu holda real jarayonlar e‘tibordan chetda
qolishi mumkin. Evolutsiya qonunini hamma narsaga qo‗llash mumkin,
lekin u hech narsani tushuntirmaydi.
Shuningdek, u ijtimoiy evolutsiyani ijtimoiy manfaatlarning yo‗na-
lishi jarayoni sifatida «ijtimoiy psixologik» talqin etishga qarshi chiqdi.
Ijtimoiy qonunlarni guruhlar munosabati va kishilar hamjamiyatining
bir-biri bilan munosabatiga tegishli deb hisoblaydi. Jamiyat uning uchun
«davlatda shakllangan ijtimoiy guruhlar, doiralar, sinflar va qatlamlarning
1
Qarang: Komarov M.S Vvedenie v sotsiologiyu. –M.: Nauka, 1994 – 36-str.



23
o‗zaro munosabatidagi turli-tumanlikdir».


Gumplovichning fikricha, induksiya sotsiologiya usuli hisoblanadi, u
sotsiologiyani qonunlarni bilishga qaratilgan empirik fan deb hisoblaydi.
Uning empirik asosi – tarixiy yoki etnologik faktlardir. Ijtimoiy qonun-
larsiz hech qanday sotsiologiya bo‗lishi mumkin emas.
Gumplovichning «Irqchilik kurashi» asarida «irq» so‗zining
qo‗llanilishi anglashmovchilikni keltirib chiqardi. Chunki u irq deganda
etnik-biologik tasnifni emas, balki etnik, diniy, siyosiy, ijtimoiy va
iqtisodiy birlik asosida vujudga keladigan guruhlar xarakterini tushunadi.


Download 312,51 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53




Download 312,51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 XIX asr G„arbiy Yevropadagi sotsiologik ta‟limotlar tarixi

Download 312,51 Kb.