3.3. Ijtimoiy stratifikatsiya tushunchasi va uning turlari
Ijtimoiy tengsizlikni tushuntirish uchun sotsiologiyada ijtimoiy stra-
tifikatsiya atamasi ishlatiladi. Stratifikatsiya so‗zi geologiya sohasidan
olingan bo‗lib, «qatlam» ma‘nosini anglatadi. Ushbu atamani fanga ame-
rikalik sotsiolog Pitirim Sorokin kiritgan.
Ijtimoiy stratifikatsiya ijtimoiy qatlamni tartibga solishni va muayyan
bir mezon (hokimiyat, boylik, kasbiy, sulolaviy va h.) ga ko‗ra tabaqalash,
tasniflashni anglatadi.
Jamiyat tarkibida sinflar, ijtimoiy guruhlarning bo‗lishi, turli xil taba-
qalar tuzish, millat va toifalarga ajratish hamda shu orqali boshqarish taj-
ribasi insoniyat tarixidan ma‘lum. Qadim Turonda aholi urug‗-qabilaviy
kelib chiqishi, kasbiy mansubligi, diniy e‘tiqodiy qarashlari, sulolaviy ke-
lib chiqishiga qarab tasnif etilgan. Bu esa har bir ijtimoiy guruhning ijti-
1
Karimov I. A. O‗zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‗lida. –T.: O‗zbekiston, 1995, - 9-bet
36
moiy-siyosiy o‗rni va rolini obyektiv belgilashga, ulardan samarali foyda-
lanishga va siyosiy boshqarishga imkon bergan.
Jamiyatning rivojlanishi bilan birga uni o‗rganish tamoyillari ham o‗z-
garib boradi. Sobiq sovet tuzumi davrida ijtimoiy taraqqiyotning boisi sin-
fiy kurashda deb hisoblanganligi sababli jamiyatdagi muammolarga umu-
miy nuqtayi nazardan yondashilgan. Ijtimoiy guruhlardan tabiiy amal qi-
lish holati bo‗lgan muammo va ziddiyatlarning sinflararo ziddiyatlarga
ko‗chishi, ziddiyatlarning ijtimoiylashuvi, sinflararo, davlatlararo urush-
larga olib kelgan. Bunday yondashuv kishilarning voqelikning o‗zgarish
mohiyatini bilishga imkon bermasdan, ijtimoiy mulkka nisbatan yulg‗ich-
lik, boqimandalik kayfiyatini tarkib toptirdi.
Stratifikatsiya kishilar orasidagi ma‘lum ijtimoiy tafovut iyerarxik
ko‗ri-nishda bo‗lishini bildiradi. Ma‘lumki, odamlar bir-biridan ko‗p
jihatlari bilan farq qiladilar, lekin bu tafovutlarning hammasi ham jamiyat
a‘zolari o‗rtasida tengsizlikni keltirib chiqarmaydi. Tengsizlik eng umumiy
ko‗ri-nishda moddiy va ma‘naviy resurslardan bir xilda foydalana
ololmaslikni ko‗rsatadi.
Ijtimoiy stratifikatsiya masalasini tahlil qilishni ayrim olingan bir
shaxsni boshqa kishilar davrasidagi o‗rnini o‗rganmasdan boshlash kerak.
Har qanday odam jamiyatda ko‗plab mavqelarga ega bo‗lishi mumkin.
Misol tariqasida talabani olib ko‗ramiz: talaba, yosh yigit, o‗g‗il, sportchi.
Bu mavqelarning har biri odamning o‗zi uchun qandaydir bir ahamiyatga
ega. Atrofdagilar ham ularni aniq individga nisbatan turlicha baholashlari
mumkin. Yaxshi sportchini ijtimoiy jihatdan atrofdagilar xuddi shu mav-
qeyiga ko‗ra baholaydilar. Uning talaba va kimningdir o‗g‗li ekanligi va
boshqalar, atrofdagilar uchun ahamiyatli emas.
Stratifikatsiya nazariyasida doimo tenglik – tengsizlik muammosi mu-
hokama etiladi. Tenglik tushunchasini quyidagicha tasnif etish mumkin:
1) shaxslar tengligi;
2) imkoniyatlar tengligi;
3) yashash uchun sharoitlar tengligi;
4) natijalar tengligi.
Shunga muvofiq ravishda tengsizlikni: a)shaxslar tengsizligi; b)
imkoniyatlar tengsizligi; v) yashash sharoitlari tengsizligi; g) natijalar
tengsizligi ko‗rinishida tasniflaymiz. Amaliyotda sotsiologlar daromadlar
va farovonlikning taqsimlanishiga, ta‘limning davomiyligi va sifatidagi
tafovutga, hokimiyat strukturasida siyosiy hayotda ishtirok etishga, mulk
egasi bo‗lishiga katta e‘tibor beradilar.
37
Har qanday taraqqiyot tabiiy ravishda, bir tomondan, shaxsning indivi-
duallashuv jarayonlarini, o‗zlikka uyg‗unlashuv holatlarini kuchaytirib,
shaxslarning yakka tarzda alohida faoliyat bilan mashg‗ullik darajalarini
oshirsa, ikkinchi tomondan, jamiyat a‘zolarining mulk, kasb, irq, millat,
jins, hudud, mayl, maqsadlar, didlar asosida tabaqalanish jarayonlariga
kuchli turtki beradi. Shu boisdan ham stratalar ko‗pligi jamiyatning o‗z-
o‗zini ichki boshqaruvi mahsuli va sivilizatsiya jarayonlarining tabiiy
ifodasidir.
Ijtimoiy o‗zgaruvchanlik quyidagicha turlanadi:
1. Reproduktiv.
2. Statusli – xizmat pillapoyalaridan yuksalish, hayot darajalarining
farovonlashuvi.
3. Hududiy – qishloqdan shaharga, davlatdan davlatga ko‗chishlar.
4. Ma‘naviy qadriyatlar, fikrlar, tushunchalar, g‗oyalar, his tuyg‗u-
larning o‗zgarishi.
5. Jamiyatning siyosiy-ijtimoiy idora etilishi mohiyatiga ko‗ra.
6. Ilmiy-texnik o‗zgarishlar. Ustuvor taraqqiyot mezoni sifatida
yuksak texnologiyalar, informatsion boshqaruv sohalarining tobora mus-
tahkamroq o‗rin tuta boshlashi.
Stratalarni o‗rganishi xalqimiz tarkibidagi rang-baranglikni aniqlash
imkonini beradi. Xalqimiz o‗z stratalarini himoya qilib kelgan. Bu himoya
nafaqat qavmlar, shakllangan kasb va ijtimoiy guruhlar mavqeyini muho-
faza etish tarzida, balki axloqiy yondashuvlar tizimini, turmush tarzi yaxlit-
ligini, xalq urf-odat va an‘analarini saqlash uchun kurash lavhalarida ham
namoyon bo‗lib kelgan. Masalan, o‗zbek xalqi butun yaxlitligicha erkaklar
va ayollar stratasiga bo‗linadi. O‗zbek ayollari o‗zbek erkaklaridan bir
makon va bir zamonda istiqomat qilishlaridan qat‘iy nazar, turmush tarzi,
faoliyat yo‗nalishlari, estetik qarashlari va urf-odatlarga ko‗ra ma‘lum
darajada ajralib turadilarlar.
O‗zbek xalqi stratalarining tarkibi va tizimi tahlili etno-regional xusu-
siyatlarni ham hisobga oladi. Ma‘lumki, o‗zbek xalqi tarixan shakllangan
92 urug‗-etnoelement mahsulidir. Bu etno — tasnif tarkibidagi har bir
urug, xoh u mang‗it bo‗lsin, xoh u barlos bo‗lsin, yoki qo‗ng‗irot, yovmit
bo‗lsin, alohida stratifikatsion tadqiqot talab etuvchi etnik birliklardir.
Mazkur urug‗larning ijtimoiy-tarixiy o‗rni tahlil etilganda, uning‗ nafaqat
o‗zbek xalqi etnogenezisini o‗rganishdagi ahamiyati oydinlashadi, balki
uning umumturkiy makroetnosida tutgan tarixiy o‗rni va ijtimoiy mavqeyi
yuzaga chiqadi.
38
O‗zbekistonda keng tarmoqli yaxlit stratifikatsion tadqiqot ishlarini
amalga oshirish zaruriyati va dolzarbligi bugungi kunda o‗zbek xalqi mil-
liy o‗zligini to‗g‗ri idrok etish, milliy mentalitet imkoniyatlaridan sama-
raliroq foydalanishga yo‗l ochadi. O‗zbekistonda ijtimoiy jarayonlar tar-
kibi va tizimini xarakterlovchi stratifikatsion tizimlar turlarini ajratib ko‗r-
satish mumkin. Ular quyidagilar:
– ijtimoiy-kasbiy tasnifga ko‗ra;
– qavm-sulolaviy asoslarga ko‗ra;
– madaniy-estetik darajalarga ko‗ra;
– yosh davrlariga ko‗ra;
– jinsiy tasnifga ko‗ra;
– etno-hududiy turlar;
– diniy-konfessional turlar;
– e‘tiqodiy farqlarga ko‗ra;
– urug‗-qabilaviy;
– muayyan manfaatlar doirasida uyushgan korporativ;
– huquqbuzarlikka moyillikka ko‗ra;
– madaniy-ramziy intilishlarga, qiziqishlarga ko‗ra.
O‗zbekistondagi ijtimoiy stratifikatsiya jarayonlarni o‗rganishda kon-
kret sotsiologik tadqiqot metodlari, xususiyat, anketa, intervyu, test, huj-
jatlarni o‗rgansh usullariga real holatlar taqozosi asosida yondashiladi va
ular orqali olingan birlamchi ma‘lumotlar kontent-analiz usulida qayta ish-
lanadi Shuningdek, tadqiqot davomida ilmiy-amaliy ekspeditsiyalar uyush-
tirish, hududlarning obro‗li kishilaridan iborat ekspertlar guruhi fikrlarini
to‗plash, Davlat statistika qo‗mitasi manbalaridan foydalanish ham ko‗zda
tutiladi.
Jamiyatdagi ijtimoiy tabaqalarni o‗rganishning asosiy tamoyillari mav-
jud bo‗lib, u quyidagilarni o‗z ichiga oladi:
– tadqiqotda ijtimoiy stratalarga ehtiyotkorona munosabatda bo‗lish,
ularning ijtimoiy tarkib va tuzumdagi o‗rni va mavqeyini hurmat qilish;
– stratalar ijtimoiy statikasi va dinamikasi jarayonlarini ilmiy baho-
lashda tizimiy va yaxlit yondashish;
– O‗zbekistondagi ijtimoiy stratalarning milliy mentaliteti, hududiy
xususiyatlarini alohida e‘tiborga olish;
– ijtimoiy stratalar tarkib topishiga sezilarli ta‘sir o‗tkazuvchi siyosiy-
iqtisodiy, ijtimoiy, diniy-konfessional, mafkuraviy omillarni o‗rganish;
– ijtimoiy stratalar tasnifini tuzishda qiyosiy tahlil usullaridan foyda-
lanish.
39
Jamiyatdagi ijtimoiy stratalar mohiyatini o‗rganish, pirovard natijada
―turli qarash va fikrga ega bo‗lgan ijtimoiy qatlamlar, siyosiy kuch va ha-
rakatlarning o‗ziga xos orzu-intilishlarini uyg‗unlashtiruvchi goya — Va-
tan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, barcha yurtdoshlarimiz uchun
muqaddas maqsadga aylanishiga‖
1
nazariy jihatdan ko‗mak beradi.
|