• 4-bob. INDIVIDLAR VA GURUHLARARO IJTIMOIY
  • Ijtimoiylashuv”
  • O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliyа instituti R. Umarova sotsiologiya o‗quv qo‗llanma Toshkent «iqtisod – moliya»




    Download 312,51 Kb.
    bet19/53
    Sana06.02.2024
    Hajmi312,51 Kb.
    #152219
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53
    Bog'liq
    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi t-fayllar.org

    Tayanch so„z va iboralar 

    Jamiyat – insonlarning o‗zaro ta‘siri va bog‗liqligini ifodalovchi
    birlashmalar yig‗indisi;
    jamoa – muayyan hududga,umumiy ijtimoiy, iqtisodiy, ma‘naviy
    birlikka ega bo‗lgan insonlar majmuasi;
    boshqaruv – tashkilot maxsus organining eng kam vosita sarflab
    yuqori natijaga erishish bo‗yicha tashkil etilgan faoliyat;
    ijtimoiy tizim – individ guruh, tashkilotlarning ijtimoiy aloqa va
    munosabatlarda birlashgan bir butunligi;
    ijtimoiy stratifikatsiya – jamiyatdagi hokimiyat, kasbiy,
    sulolaviy, moddiy mezonlarga ko‗ra tabaqalash;
    an‟analar – uzoq vaqt davomida avloddan-avlodga o‗tadigan
    ijtimoiy va madaniy meros.

    Savol va topshiriqlar 
    1. Jamiyat va ijtimoiy dinamik tizim deganda nimalar tushuniladi?
    2. Jamiyat va taraqqiyot haqidagi rivojlanish nazariyalari nimalardan
    iborat?
    3. An‘anaviy va zamonaviy jamiyatning xususiyatlari.
    4. Jamiyatning turlarini ayting.
    5. Ijtimoiy stratifikatsiya tushunchasi haqida nimalarni bilasiz?.
    6. Ijtimoiy stratifikatsiya turlarinisanab bering.
    7. Stratalarni o‗rganishning ahamiyati nimada?
    8. O‗zbek xalq stratalarining tarkibini ayting.
    9. Jamiyatda ijtimoiy tabaqalarni o‗rganganish tamoyillari deganda
    nimalar ko‗zda tutiladi?
    1
    Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. - 34-35-betlar.



    40
    4-bob. INDIVIDLAR VA GURUHLARARO IJTIMOIY 


    MUNOSABATLAR HAMDA ALOQALAR 

    4.1. Ijtimoiy aloqalar va munosabatlar 

    Shaxsning jamiyatdagi o‗rni va mohiyati sotsiologiya fanining muhim


    va bahstalab sohalaridan biri bo‗lib keldi. Inson mohiyatini dastlab o‗rgan-
    gan olimlar Xitoydagi Konfutsiy va uning izdoshlari edi. Miloddan avvalgi
    298-238-yillarda yashagan olim Sen-Tszi shunday deb yozgan edi: ―Tug‗-
    ma xususiyatlar – bu samoviy munosabatlar hosili bo‗lib, ularga ta‘lim
    yoki ularni odamning o‗zi yaratishi vositasida erishib bo‗lmaydi. Inson
    yovuz tabiatga ega. Insondagi ezgulik manfaatlar uchun orttirilgan fazi-
    latdir. Hozirgi inson tug‗ilishidan boshlab foyda olishga intiladi. Bu shun-
    ga olib keladiki, kishilar o‗zaro raqobatlashadilar va bir-birlariga yon ber-
    maydilar. Shuning uchun ham, tarbiya yo‗li bilan inson tabiatini o‗zgar-
    tirish, yaratilgan qoidalar asosida ta‘lim berib, ularni adolatlilikka va mas‘-
    uliyatlilikka o‗rgatish lozim‖.
    1
    Insonning muhim xususiyatlaridan biri – uning ijtimoiy mavjudot
    ekanligidir. Inson o‗zining ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida o‗zi kabi
    insonlar bilan birlashishga intiladi. Insonning ijtimoiylashuvi sun‘iy xarak-
    ter kasb etib, u shaxs sifatida boshqa insonlar o‗rtasidagina shakllana oladi.
    Agar u insoniy munosabatlardan holi bo‗lsa, o‗zidagi yovuzlik yoki hay-
    voniy tabiatidan xalos bo‗la olmaydi. Insondagi bu tabiiy xususiyatni Abu
    Nasr Forobiy quyidagicha ifodalaydi: ―Har bir inson o‗z tabiati bilan
    shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq
    uchun ko‗p narsalarga muhtoj bo‗ladi, u bir o‗zi bunday narsalarni qo‗lga
    kirita olmaydi, ularga ega bo‗lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj
    tug‗iladi... Shu sababli yashash uchun zarur bo‗lgan, kishilarni bir-birlariga
    etkazib beruvchi va o‗zaro yordamlashuvi orqaligina odam o‗z tabiati
    bo‗yicha intilgan yetuklikka erishuvi mumkin. Bunday jamoa a‘zolarining
    faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv
    uchun zarur bo‗lgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson
    shaxslari ko‗paydi va erning aholi yashaydi qismiga o‗rnashdilar, natijada
    inson jamoasi vujudga keldi.
    2
    Shu bilan birga,inson fikrlovchi mavjudotdir. U ko‗rgan va eshitgan-
    larini yodda saqlaydi, o‗z fikrlari, tasavvurlash qobiliyati vositasida bilim-
    larni, ma‘lumot va axborotlarni tahlil qiladi, umumlashtiradi, ularni trans-
    1
    Антология мировой философии. В 4-х т. Москва, 1969 T. 1, s.230-231.
    2
    O‗sha asar. 186-bet.



    41
    formatsiyalaydi, boshqalarga uzatadi, bilim va tajribalarni takomillash-


    tiradi, o‗z maqsadlari, orzulari va istaklarini tasavvur qila oladi. Insondagi
    bu xususiyatlarni Ibn Sino shunday talqin etadi: «Inson umumiy qarash-
    larga nuqtayi nazar bildirish va alohida narsalar to‗g‗risida fikrlash qobili-
    yatiga ega u foydali yoki zararli ishni qilish va qilmaslik, go‗zallik va xu-
    nuklikni farqlash, yaxshi va yomonni ajratish qobiliyatlariga ega. Ular qi-
    yoslash va tafakkurlash vositasida shakllanadi... Shunday qilib, inson ruhi-
    ning birinchi kuchi aqliy mushohadaga taalluqli bo‗lib, u aqliy tafakkur
    deb ataladi. Ikkinchi kuch esa tajribaga taalluqli va tajribaviy fikrlash, deb
    ataladi. Ular haqiqat yoki yolg‗onni, shuningdek, xususiy narsalarga nis-
    batan yaxshi va yomonni aniqlash uchun xizmat qiladi.
    1
    Hozirgi davr sotsiologiyasi ―inson‖ deganda Yerda yashayotgan mav-
    judot turlaridan biri tushuniladi. Inson alohida olingan tur (Homo sapiyns)
    vakilini ifodalovchi umumiy tushunchadir. Inson, umuman, inson zotining
    yig‗iq obrazi sifatida bioijtimoiy mavjudot bo‗lib, u bir vaqtning o‗zida
    ham tabiatga, ham ijtimoiy hayotga mansubdir. Gegel ta‘biri bilan ayt-
    ganda, ―insonning o‗zida bevosita mavjudligi qandaydir tabiiydir, bu uning
    o‗z tushunchasiga binoan tashqidir; faqat o‗ziga tegishli tana va ruhini
    takomillashtirish vositasida, mohiyatan o‗zini o‗zi anglashi sababli ham u
    o‗zini erkin tutadi, u o‗ziga o‗zi egalik qilishga kirishadi va ham o‗ziga,
    ham boshqalarga nisbatan bo‗lgan munosabatlarda o‗ziga o‗zi egalik
    qiladi. Bu o‗ziga o‗zi egalik qilishga kirishish, shuningdek, bu holatni vo-
    qelik deb bilish shuni ko‗rsatadiki, inson o‗z tushunchasiga binoan (imko-
    niyat, qobiliyat, moyillik), endi o‗zini o‗ziniki deb bilishi, o‗zini xuddi
    predmetdek hisoblashi – oddiy o‗zini o‗zi anglashdan farq qilib, u haqi-
    qatda narsa (buyum) shaklida namoyon bo‗la olish qobiliyatiga erishadi‖
    2
    .
    Ijtimoiy aloqa va munosabatlar shaxsning ijtimoiylashuvi masalasini
    o‗rganishni taqozo etadi.
    Ijtimoiy muhit ta‘sirida shaxs shakllanib borar ekan, shu jarayonni
    tavsiflash uchun ―ijtimoiylashuv‖ tushunchasi ishlatiladi. Dastlab bu tu-
    shuncha fanda XIX asrning oxirida paydo bo‗ldi. “Ijtimoiylashuv” degan-
    da shaxsning o‗z hayoti mobaynida o‗zi mansub bo‗lgan jamiyatining ijti-
    moiy me‘yorlari va madaniy qadriyatlarini o‗zlashtirish jarayoni tushu-
    niladi. ―Ijtimoiylashuv‖ tushunchasi ―shaxsni tarbiyalash‖, ―shaxsni shakl-
    lantirish‖ tushunchalari bilan bog‗liq, biroq u kengroq bo‗lib, insonga qara-
    tilgan barcha ta‘sirlarni qamrab oladi.
    1
    Ибн Сино (Авиценна). Избранные философские произведения. Москва, 1980, с. 472-473.
    2
    . Гегел Г.В. Философия права. Москва, ―Мысль‖, 1990, с.113



    42
    Ijtimoiylashuv jarayonidagi ijtimoiy munosabatlarni tahlil qilish ruhiy


    va mantiqiy aspektga ega. Har qanday ijtimoiy o‗zaro ta‘sirni shu ikki
    nuqtayi nazardan o‗rganish mumkin bo‗lgani uchun, tahlil qilishni ijtimoiy
    o‗zaro munosabatlarning eng umumiy va fundamental shakllaridan bosh-
    lab, undan maxsus – iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy o‗zaro ta‘sirning boshqa
    shakllariga o‗tish maqsadga muvofiq.
    Ijtimoiy o‗zaro ta‘sirni sotsiologik nuqtayi nazardan tadqiq etishning
    ikki asosiy darajasi mavjud: mikrodaraja va makrodaraja. Kishilarning bir-
    biri bilan o‗zaro ta‘siri, kichik guruhlararo o‗zaro aloqalar va interaksiya

    Download 312,51 Kb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53




    Download 312,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliyа instituti R. Umarova sotsiologiya o‗quv qo‗llanma Toshkent «iqtisod – moliya»

    Download 312,51 Kb.