buzmang” degan hayotiy tamoyiliga tayangan holda, islohotlarni iz-




Download 312,51 Kb.
bet31/53
Sana06.02.2024
Hajmi312,51 Kb.
#152219
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   53
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi t-fayllar.org

buzmang” degan hayotiy tamoyiliga tayangan holda, islohotlarni iz-
chil va bosqichma-bosqich amalga oshirish yo„lini tanladik. 
Eng muhumi, parokandalik va boshbodoqlik ta‘siriga tushib qolmaslik
uchun o‗tish davrida aynan davlat bosh islohotchi sifatida mas‟uliyatni 
o„z zimmasiga olishi zarurligini biz o„zimizga aniq belgilab oldik”.
1
Iqtisodiy hayotni ijtimoiy talqin etishga birinchi bor F.Teylor e‘tibor
berdi. U ishchilarning mehnatga bo‗lgan qiziqishini o‗rgandi va 1894-yili
mehnatga haq to‗lash tizimiga asoslangan nazariyasini ishlab chiqarish
jarayoniga tatbiq etdi. Bu g‗oya asosida ―iqtisodiy odam‖ konsepsiyasi va
uninig xususiyatlari paydo bo‗ldi. Bu g‗oyaning asosini quyidagilar tashkil
etadi:
1. Eng qisqa vaqtda ishchi qancha ko‗p hajmda ish bajarsa, unga shun-
cha haq to‗lash.
2. Ishning hajmini emas, balki samaradorligini va yaxshiligini rag‗-
batlantirish.
3. Ishchilarga kam ish haqi berish va ko‗p berish baravar zararlidir.
Teylor konsepsiyasi Amerika sanoatida Ford tomonidan ishlab chiqa-
rishga tatbiq etildi, konveyer ishlab chiqarish sharoitida mehnatning sama-
1
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‗zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‗llari va
choralari. –T.: ―O‗zbekiston‖, 2009. 7-8-betlar.



61
radorligi rag‗batlantirildi.


Hozirgi davrda iqtisodiy sotsiologiyani tahlil qilishda asrimizning 70-
yillarida vujudga kelgan iqtisodiy reallikni hisobga olish zarur. Bu o‗zga-
rishlar iqtisodiy sohada keng ko‗lamda burilsh hosil qilishi bilan belgi-
lanadi. Hozirgi ko‗plab sotsiologlar va iqtisodchilar jamiyatning yana bir
tasnifini ham bermoqdalar:
1) an‘anaviy jamiyat;
2) industrial jamiyat;
3) postindustrial jamiyat.
Agar an‘anaviy jamiyatda yerga bo‗lgan mulkchilik asosiy o‗rinni
egallasa, industrial jamiyatda mulkning barcha ko‗rinishlariga bo‗lgan mu-
nosabat shakllanadi. Postindustrial jamiyatda esa intellektual mulk, inson-
ning aql-zakovati, bilimi asosiy o‗ringa chiqadi.
Industrial jamiyatni yirik mashina ishlab chiqarishi, qo‗l mehnati o‗r-
niga yuksak mehnat unumdorligiga asoslangan ishlab chiqarish izohlaydi.
Bir me‘yorda ishlaydigan avtomatik ishlab chiqarish vujudga keladi. Om-
maviy ishlab chiqarish eng muhim belgilovchi xususiyatga aylanadi. Ishlab
chiqarishda yuksak malakali ishchilarning roli ortib boradi, ixtisoslashuv
chuqurlashadi. Natijada mashina yordamida standartlashgan operatsiyalar
bajariladi. Xo‗jalik sohasida sanoat va moliyaviy kapital ustunlik qiladi.
Ishlab chiqariladigan mahsulotlari ommaviy, standartlashgan xarakterga
ega bo‗ladi, ishlab chiqarilgan mahsulotlar, asosan, tovar xarakteriga ega
bo‗lib, bozor uchun mo‗ljallanadi. Tovar munosabatlari milliy iqtisodiyot-
ning dunyo iqtisodiyoti bilan uzviy rivojlanishini taqozo qiladi. Natijada
dunyo xo‗jalik tizimining shakllanishiga imkon yaratiladi.
Industrial jamiyatni iqtisodiy jamiyat, deb ham atash mumkin. Chun-
ki, real borliq iqtisodiyotga qaratilgan bo‗ladi, iqtisodiyotga mo‗ljallangan
ishlar ustun ravishda rivojlanadi.
Milliy davlatlarning shakllanishi demokratik, fuqarolik jamiyatini bar-
po etish, milliy manfaatlarni himoya qilish asosida, erkin xalqaro ijtimoiy,
siyosiy iqtisodiy hamkorlik ko‗lamlariga chiqish imkoniyatlariga ega bo‗l-
dilar.
XX asr o‗rtalaridan qator G‗arb mamlakatlari jamiyatning uchinchi
bosqichi – postindustrial jamiyatga o‗tmoqda. Bugungi sotsiologiyada
uning nomi har xil, jumladan ―informatsion‖ jamiyat, ―postindustrial ja-
miyat‖, kabi atamalar bilan ifodalanmoqda. Bular ommaviy axborotlarni
vujudga keltiradi, saqlaydi va qayta ishlab chiqaradi. Kommunikatsiya
tizimida shunday o‗zgarish yuz beradiki, xo‗jalik tizimi tubdan o‗zgaradi.



62
Tabiat manbalaridan foydalanish, ishlab chiqarish, ayniqsa, metal-


lurgiya, qishloq xo‗jaligi qisqara boshlaydi. O‗z navbatida, maishiy xizmat
ko‗lami kengayadi, aholining deyarli 50% shu sohada band bo‗ladi. Shu-
ning uchun ba‘zida postindustrial jamiyat – maishiy xizmat qilish jamiyati
deb ham yuritiladi. Ishlab chiqarish (moliyaviy, bank, sug‗urta, savdo,
ilmiy maslahat, dastur) va noishlab chiqarish sohalarida xizmatlar (fan,
ta‘lim va b.) o‗sib boradi. Bunda urbanizatsiya jarayoni industrial jami-
yatga nisbatan teskari ravishda yuz beradi, qishloqqa sanoat kirib boradi.
F.Teylorning mehnatni tashkil qilish usuli boshqa qulay usullar bilan
almashadi Sanoatda yollanma mehnatning hajmi kamayadi, ma‘lumotli,
bilimdon odamlar ishlab chiqarishda ko‗plab ishtirok etadi. Moddiy omil-
laridan ko‗ra intellektual omil birinchi o‗ringa chiqadi. Inson yuksak kapi-
tal emas, balki o‗z mohiyatini, bilimi, iqtidorini, qadriyatlarini namoyon
qiluvchi ijtimoiy kuchga aylanadi. Jamiyat taraqqiyoti bilan bilimlarning
strukturasi, maqsadlari ham o‗zgaradi. Bunda axborotni o‗rganish, qayta
ishlash, ilmiy taxminlar berish, dasturlarni ishlab chiqarish va takomil-
lashtirish borgan sari ortib boradi.
Demak, an‘anaviy jamiyatda boylik tashqi manbalar asosida qurilgan
bo‗lib, tabiat manbalarini egallash va uni o‗zlashtirishga qaratilgan.
Industrial jamiyatda ishlab chiqarishning ichki manbalari ishga tusha-
di. Ishlab chiqarishda bo‗lgan imkoniyatlar ro‗yobga chiqadi. Tadbirkorlik
ishlab chiqarishning to‗xtovsiz rivojlanishiga olib keladi.
Yuqoridagilardan shunday xulosa kelib chiqadi: an‘anaviy jamiyatda
iqtisodiy masalalar insonning tabiatga bevosita munosabati orqali hal
qilingan bo‗lsa, industrial jamiyatda inson tomonidan yaratilgan sun‘iy
ishlab chiqarish vositalari iqtisodiyotning asosini tashkil etadi. Shuning
uchun bunday jamiyat iqtisodiy jamiyat deb ataladi.
Iqtisodiy jamiyatda iqtisodiy munosabatlar jamiyatdagi ma‘lum gu-
ruhning mavqeyi hal qiluvchi omil sifatida iqtisodiy munosabatlar tizimlari
orqali belgilanadi. Iqtisodiy munosabatlar tizimi va bir-birlari bilan o‗zaro
harakat qiluvchi guruhlarni itstisodiy sotsiologiya o‗rganadi.


Download 312,51 Kb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   53




Download 312,51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



buzmang” degan hayotiy tamoyiliga tayangan holda, islohotlarni iz-

Download 312,51 Kb.