• Ikkinchi guruhga
  • Ishchi kuchi
  • 1. Ishlab chiqarish jarayoni, uning mazmuni va natijalari Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi




    Download 213 Kb.
    bet4/8
    Sana26.10.2022
    Hajmi213 Kb.
    #28189
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    1. Ishlab chiqarish jarayoni, uning mazmuni va natijalari Ishlab
    New project (1st floor), file, Telekommunikatsiya uzatish tizimlari (R.Isayev, R.Atametov, R.Radjapova), “Мустақиллик дарс” ишланмаси , 9(111 1), Tijorat logistika tizimlarini-fayllar.org, zooooo, Mavzu p va np sinflari. Np to’liq masala tushunchasi-kompy.info (1), Mustaqil ish mavzu Vaqt va daraja bo’yicha signallarni ifodalas (1), Muhammad al-xorazmiy nomidagi (1), 01. Robotlarning Informatsion qurilmalari, 2 5274096535271903133
    Birinchi guruhga mashinalar, mexanizmlar, stanoklar, uskunalar, turli xil apparatlar va boshqalardan iborat mehnat qurollarini kiritish mumkin. Ularning yordamida ishchi tabiat ashyolari va kuchlariga bevosita ta’sir qiladi va bu ashyolarni o’zining iste’moli uchun zarur bo’lgan shaklga keltiradi.
    Ikkinchi guruhga materiallarni saqlash uchun mo’ljallangan mehnat vositalari (sisternalar, turli xil bochkalar, quvurlar, omborlar va boshqalar) kiritiladi.
    Uchinchi guruhga ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashmaydigan, lekin unga shart-sharoit yaratib beradigan mehnat vositalari kiradi. Lekin bu vositalarsiz ishlab chiqarish jarayonining amalga oshishi mumkin emas yoki to’la va samarali amalga oshmasligi mumkin. Bularga binolar, yo’llar va boshqalar misol bo’la oladi.
    Hozirgi fan-texnika inqilobi davrida ishlab chiqarishning rivojlanishida mehnat predmetlarining ahamiyati oshib bormoqda. Materiallarning tabiatda tayyor holda uchramaydigan yangi turlari yaratilmoqda. Ishlab chiqarish omillari insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun umumiy bo’lsada, bu omillarga turli adabiyotlarda turlicha ta’rif berishadi va ularni turlicha tushuntirishadi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga doir ko’pchilik adabiyotlarda esa ishlab chiqarishning to’rt omili: mehnat, kapital, yer-suv, tadbirkorlik qobiliyati tan olinadi.
    Ishchi kuchi – bu insonning mehnatga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig’indisidir.
    Kapital deganda o’z egalariga daromad keltiradigan ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning hamma sohalarida ishlatiladigan ishlab chiqarish vositalarini, sotishga tayyor turgan tovarlarni, yangi vositalar va ishchi kuchini sotib olishga mo’ljallangan pul mablag’larini, ularning ashyoviy tomoni va qiymati birligini tushunamiz. Boshqacha qilib aytganda, «kapital» ham qiymatga, ham naflilikka ega bo’lgan, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida foydalaniladigan vositalardir.
    Bu yerda kapital turli shaklda: pul, ishlab chiqarish vositalari, tovar va boshqa moddiy vositalar shaklida bo’lishi mumkin.
    Hamma adabiyotlarda yerga deyarli bir xil tushuncha beriladi, ya’ni yer-suv deganda tuproq unumdorligi, o’tloqlar, yaylovlar, suv, havo, o’rmon, qazilma boyliklar, umuman tabiiy resurslar tushuniladi.
    Тadbirkor deb iqtisodiy resurslar, ya’ni ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi resurslarining, tabiiy resurslarning bir-biriga qo’shilishini ta’minlaydigan, tashkilotchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa xavfdan, javobgarlikdan qo’rqmaydigan dovyurak kishilarga aytiladi; bu xislatlar majmui esa tadbirkorlik qobiliyati deb yuritiladi.



    Download 213 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 213 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Ishlab chiqarish jarayoni, uning mazmuni va natijalari Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi

    Download 213 Kb.