• Rezervlar aniqlash va foydalanish joyiga qarab
  • IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA SANOAT SOHASIDAGI TARKIBIY SILJISHLAR VA ULARNING SAMARADORLIGI
  • Rezervlar foydalanish vaqtiga qarab




    Download 63 Kb.
    bet3/4
    Sana26.01.2024
    Hajmi63 Kb.
    #146663
    1   2   3   4
    Bog'liq
    21- variant Islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida mehnat unumdorligi va uni oshirishga ta`sir etuvchi omillar.

    Rezervlar foydalanish vaqtiga qarab joriy va istiqbol rezervlariga bo’linadi. Joriy rezervlar texnologiya jarayoni muhim darajada o’zgartirilmay va qo’shimcha kapital mablag’lar sarflanmay amalga oshiriladi, istiqbol rezervlari ishlab chiqarishni qayta tashkil etishni ancha mukammal asbob-uskunalar o’rnatilishi, tayyorgarlik ishlariga kapital mablag’lar va ko’proq vaqt sarflashni talab qiladi. 

    Rezervlar aniqlash va foydalanish joyiga qarab xalq xo’jalik, tarmoq va ichki ishlab chiqarish rezervlariga bo’linadi. Xalq xo’jalik rezervlariga, avvalo, boy tabiiy resurslar, ulardan har tomonlama foydalanish va shu kabilar kiradi. Tarmoq rezervlariga shunday rezervlar kiradiki, ulardan foydalanish, umuman tarmoqda gi xodimlar mehnatunumdorligini oshiradi (korxonalarning ixtisoslash-tirilishi, ishlab chiqarishning bir joyga to’planishi va kombinatsiyalanishi, texnika va texnologiyaning takomillashtirilishi va hokazo). Ichki ishlab chiqarish rezervlari mehnat unumdorligini oshirishda muhim ahamiyatga egadir, chunki pirovard natijada ularning hammasi aniqlanadi va bevosita korxonalarda amalga oshiriladi. 

    Mehnat unumdorligining ko’rsatkichlari va uni oshirish yo’llari.
    Mehnat unumdorligi darajasiga baho berish uchun umumlashtiruvchi, xususiy va yordamchi ko’rsatkichlar tizimi qo’llanadi. Umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarga bitta ishlovchining ishlab chiqargan o’rtacha yillik, o’rtacha oylik, o’rtacha kunlik va o’rtacha soatlik mahsuloti qiymatining ifodasi kiradi. Xususiy ko’rsatkichlar-bu muayyan turdagi mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun vaqt sarfi yoki bir kishi kunida yohud bir kishi soatda muayyan turdagi natural ifodada mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan vaqtni bildiradi. Yordamchi ko’rsatkichlar muayyan ish turining birligiga yoki vaqt birligi ichida bajarilgan ishlar hajmiga sarflangan vaqtni tavsiflab beradi.
    IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA SANOAT SOHASIDAGI TARKIBIY SILJISHLAR VA ULARNING SAMARADORLIGI

    Jamiyatni rivojlantirish va demokratik qayta o‘zgartirishlar maqsadlari va ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari hamda resurs tejovchi ilg‘or texnologiyalarni, mavjud ishlab chiqarish, ilmiy texnik hamda mehnat potensialidan unumli foydalanishni inobatga olgan holda tarmoqlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarini, ularni mutanosib rivojlantirishning puxta o‘ylangan strategiyasini ishlab chiqishni tashkil qiladi;


    ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning maqbul sur'atlari va nisbatlarini, mineral va xom ashyo resurslaridan oqilona foydalanishni, O‘zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishni ta'minlovchi zamonaviy ishlab chiqarish infratuzilmasini, telekommunikatsiyalar vositalarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
    tegishli tarmoqlarda raqobatbardosh mahsulot turlarini ishlab chiqarishni ta'minlaydigan sanoatlashtirish siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqadi;
    tegishli Prezident, Vazirlar Mahkamasi hamda Iqtisodiyot vazirligi Rayosati qarorlari asosida belgilangan muhim moddiy yillik balanslarni ishlab chiqadi hamda ularning amalga oshirilishi ustidan monitoring yuritadi;
    asosiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqishning yillik hamda choraklik maqsadli ko‘rsatkichlarini ishlab chiqadi va uning bajarilishi ustidan monitoring yuritadi;
    eksport potensialini rivojlantirishni rag‘batlantirish, tashqi savdo va to‘lov balanslarini maqbullashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti prognozlarini tayyorlash, respublikani jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalash strategiyasini ishlab chiqishda;
    amalga oshirilishi belgilangan muhim investitsion loyihalar ekspertizasida;
    rejalashtiriladigan yilga geologiya-qidiruv ishlarining hajmini aniqlash va ularni koordinatsiya qilish, qazilma boyliklarining zahirasini ko‘paytirish bo‘yicha davlat buyurtmasini tayyorlash, geologiya qidiruv ishlarini moliyalashtirish takliflarini ishlab chiqishda qatnashadi.

    Download 63 Kb.
    1   2   3   4




    Download 63 Kb.