d) aralashadigan sistemalardagi (masalan, qattiq materiallarni suyuqlik yordamida eritish)
modda almashinishini tezlashtirish.
Kimyo sanoatida aralashtirishning quyidagi usullaridan foydalaniladi:
1) mexanik;
2) sirkulyasion;
3) turbulizator yordamida;
4) pnevmatik.
Bu usullarni tanlash paytida bir necha shart-sharoitlar hisobga olinadi:
aralashtirishning maqsadi;
jarayonning asosiy xarakteristikalari (xarorat, bosim);
aralashadigan muxitning xossalari;
qurilmaning ish unumdorligi.
Samaradorlik va tezlik aralashtiruvchi qurilmalarning eng muxim xarakteristikalari
xisoblanadi.