1-Joriy nazorat(Anvarova Umida) Mehnat resurslariga bo’lgan talabning shakllanishi




Download 19,93 Kb.
bet2/2
Sana11.02.2024
Hajmi19,93 Kb.
#154676
1   2
Bog'liq
mehnat iqtisodiyoti Joriy nazorat (2)
10-ma\'ruza, temir beton va tosh gisht konstruksiyalari
2. Inson kapitaliga investitsiyalar
Inson kapitali
Inson kapitali (ing. human capital) — bu inson va umuman jamiyatning turli ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatiladigan bilimlar, ko'nikmalar to'plami. Inson potensialini tashkil etuvchi turli xususiyatlar ichida, inson kapitali aynan daromadlarning o'zgarishiga taʼsir ko'rsatuvchi xususiyatlarni ifodalaydi, shu jihatdan inson kapitali ishchining maxsus taʼlim, kasb-hunarga tayyorlash va ishlab chiqarish tajribasi asosida to'plangan bilimlari, ularni amalda qo'llashi va mahoratini o'z ichiga oladi.
Dunyo tajribasi va amaliyoti shuni ko'rsatmoqdaki, aynan inson kapitaliga investitsiya yo'naltirishni ustuvor vazifa sifatida tanlagan mamlakatlar yuksak taraqqiyotga erishmoqda. Chunonchi, rivojlangan mamlakatlarda taʼlimning to'liq sikliga investitsiya kiritishga, yaʼni, bola 3 yoshdan 22 yoshgacha bo'lgan davrda uning tarbiyasiga sarmoya sarflashga katta eʼtibor beriladi.
Mamlakat Taʼlimning to'liq sikliga sarflangan Bir xodim yaratadigan qo'shimcha
sarmoya (dollar) qiymatning miqdori (dollar)
AQSH 231 000 3,1 mln.
Janubiy Koreya 130 000 2,1 mln.
O'zbekiston 19 000 77 ming
Agar yuqoridagi maʼlumotlarga eʼtibor qaratadigan bo'lsak, AQSH va Janubiy Koreyada bir ishchi kuchini shakllantirishga ketgan xarajat o'zini 13-17 karra oqlagani holda, O'zbekistonda sarflangan sarmoyaning jamiyatga keltiradigan foydasi atigi 4 barobarni tashkil etadi.
O'zbekistonning 2022-2026-yillarga mo'ljallangan tarqqiyot strategiyasi
2022-yil – “Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini tashkil etish masalalari muhokamasiga bag'ishlangan edi. Qabul qilingan yangi taraqqiyot strategiyasida yettita ustuvor yo'nalish bo'yicha “Inson qadri uchun – 100 ta maqsad” belgilangan. Ular orasida adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirishga oid vazifalar bor.
Jamiyat qanday bo'lsa, ijtimoiy munosabatlar majmui hisoblangan inson kapitali ham unga mos bo'ladi. Inson kapitali rivoji shaxsning ongi, odob-axloqi, maʼnaviyati, dunyoqarashi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy munosabatlarga, ijtimoiy tuzum mohiyati va tabiatiga bevosita bog'liq. Inson aql-idrok sohibi bo'lgani bois, real dunyodagi voqealarni tushunadi, ilmu tafakkuri, mehnati, salohiyati bilan dunyoni boshqaradi. Inson kapitalining yuksalishiga uni o'rab turgan ijtimoiy muhitda ro'y berayotgan jamiki voqealar taʼsir ko'rsatadi.
O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi
Innovatsion inson kapitali yaratish uchun mamlakatning har bir oilasi va unda tug'ilgan farzandlarni kichik yoshidan boshlab bilim olishga yo'naltirish, qalbida ilmga havas, mehnatga muhabbat uyg'otish, ularni eng yangi texnologiyalar, jahon standartlari darajasidagi darslik va qo'llanmalar bilan o'qitish, o'rgatish lozim.
Qashshoqlik shunchaki pul yo'qligini anglatmaydi
Bilimlar jamiyatdagi bor imkoniyatlardan foydalanishni, ko'nikma-malakalar esa ijtimoiy taraqqiyot va iqtisodiy o'sishni taʼminlaydi. Bu hodisa doimiy ravishda taʼlimni moliyalashtirib borishni taqozo etadi.
Inson kapitali darajasini bir nechta usulga asoslanib baholash mumkin. Anʼanaga ko'ra, iqtisodchilar buni ko'proq taʼlim olgan odamlarning daromadi bilan hisoblashadi. Tadqiqotlar har bir qo'shimcha taʼlim yili inson daromadini o'rtacha 10 foiz oshirishini isbotladi. Taʼlimga kiritiladigan sarmoyalar ham jamiyatda ijtimoiy tengsizlikni kamaytiradi. Aksariyat mamlakatlarda nisbatan o'ziga to'q oilalarda tug'ilgan farzandlar bolalikdanoq keng imkoniyatlardan foydalanishni boshlaydi va u butun umri davomida qator afzalliklarni, qulayliklarni qo'lga kiritadi. Aksincha, nochor oilalar farzandi shunday imkoniyatlardan bebahra qoladi.
Inson kapitali uchun maxsus element sifatida taʼlim belgilanadi va uning asosiy qismlari to'rt komponent birlashmasidan – madaniy va etnik xususiyatlar, umumiy taʼlim, kasb-hunar taʼlimi, asosiy malakadan tashkil topadi. Taʼlimga yo'naltirilgan investitsiya nafaqat mamlakatni rivojlantirishning maxsus strategiyasi, balki inson kapitali va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy siyosatdir. Buning natijasida inson kapitali takomillashib, moddiy farovonlik va sog'lom turmush tarziga erishiladi. Inson kapitali har bir insonning individual kapital shaklidir. Qobiliyat, bilim, ko'nikma va tajriba har bir yoshning shaxsiy mulkidir.
Yoshlarni yuqori malakali kasb sohiblari etib tarbiyalash bugun yangi O'zbekistonning ustuvor davlat siyosatiga aylandi. Xususan, oliy taʼlim bilan qamrov darajasi 25 foizdan oshdi. Oliy taʼlim muassasalari soni qisqa muddatda 78 tadan 157 taga yetkazildi. Sirtqi va masofaviy taʼlim shakllari, ilmiy darajalarga ega professor-o'qituvchilar maoshiga 60 foizgacha ustama haq to'lash tizimi joriy etildi.
Inson kapitalining rivojlanish manbalari va omillarini o'rganish natijalariga ko'ra, inson kapitali uchun oila darajasidagi investitsiyaga eʼtiborni kuchaytirish maqsadga muvofiqdir. Chunki inson kapitalining barcha tarkibiy qismlari oila o'z farzandiga kiritadigan investitsiya orqali shakllantiriladi va ko'paytiriladi. Insonning intellektual va psixofiziologik qobiliyatlarini oilada rivojlantirish uning kelgusida kamolga yetishi va inson kapitali muntazam takomillashib borishining poydevoridir.
Har bir oila ijtimoiy munosabatlarni o'ziga xos tarzda aks ettiradi. Oilaning bolaga taʼsiri spetsifik bo'lgani uchun uning maʼnaviy-axloqiy qiyofasi shakllanishi ham o'ziga xos va takrorlanmasdir. Ijtimoiy kapital va resurslar manbalari vujudga kelishida oilaning o'rni beqiyos. O'z navbatida, sog'lom oila va farzandlar davlat uchun investitsiya hisoblanadi. Oila farovonligi moddiy farovonlik qatorida oila aʼzolari va farzandlar salomatligi, ijtimoiy turmush tarzi sog'lomligi, tinchligi bilan belgilanadi.
Oilada inson kapitalini shakllantirish omillari
Mikro darajaning asosiy omili ham oila bo'lib, birlamchi o'zaro ijtimoiy munosabatlarning asosiy elementidir. Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, oilada inson kapitali “sotsializator” sifatida taʼlim va tarbiya muassasalarining ongga taʼsirida ustunlik qiladi. Agar oila va maktab turli qadriyatlar hamda stereotiplar tizimini tarqatgan bo'lsa, bu raqobatda oila yutib chiqadi. Chunki oiladagi tarbiya uzluksizdir va u nafaqat ongli, balki ongsiz darajada ham amalga oshiriladi.
Inson kapitalini yakka shaxs miqyosida olib qaraganda, asosiy investor mazkur kapital egasining o'zidir. Inson kapitaliga investitsiya kiritish ishonch darajasini ham oshiradi. O'qimishli insonlar boshqalarga ko'proq ishonadi, ishonch darajasi baland bo'lgan jamiyat odatda nisbatan yuqori iqtisodiy o'sishga erishadi. Mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish sohasini optimallashtirish natijasida yangi ijtimoiy muhit, yangi maʼnaviy va axloqiy qadriyatlarga asoslangan inson kapitali paydo bo'ldi.
“Bundan buyon faoliyatimizni mutlaqo yangicha, yaʼni “inson — jamiyat — davlat” tamoyili asosida tashkil etamiz. Bu maqsadga erishish uchun esa dunyodagi noyob demokratik tuzilma bo'lgan mahalla institutining katta imkoniyatlaridan samarali foydalanish, uning vakolatlarini yanada kengaytirish, pirovard natijada mahallani jamiyatimizning hal qiluvchi bo'g'iniga aylantirish vazifasini oldimizga qo'ymoqdamiz. Muxtasar aytganda, mahalla tinch bo'lsa, yurt tinch bo'ladi. Mahalla obod bo'lsa, butun mamlakat obod bo'ladi”, degan edi davlatimiz rahbari mahalla haqida gapirib.
Inson kapitalining har bir tarkibiy qismi ijtimoiy muhit bilan o'zaro munosabatlarda shakllangan shaxslar va ijtimoiy jamoalarni qo'llab-quvvatlovchi mexanizmlar bilan o'lchanadi. Binobarin, mahalladagi ijtimoiy muhit sotsial munosabatlar doirasida o'z aʼzolarining yurish-turishini tartibga soladi.
Download 19,93 Kb.
1   2




Download 19,93 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-Joriy nazorat(Anvarova Umida) Mehnat resurslariga bo’lgan talabning shakllanishi

Download 19,93 Kb.