1. Kompyuter turlari, ularning kórsatkichlari Kompyuterlar turlari va xususiyatlari




Download 216,94 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana02.01.2024
Hajmi216,94 Kb.
#129521
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kampyuter tarmoqlari va ularning elementlari



Mavzu: Kampyuter tarmoqlari va ularning elementlari 
Reja: 
Kirish 
1.Kompyuter turlari, ularning kórsatkichlari 
2. Kompyuterlar turlari va xususiyatlari
3. Kompyuter tizimining asosiy tushunchalari
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 

 
 


Kirish 
Kompyuter (inglizcha: computer —„hisoblayman“) oldindan 
berilgan dastur boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash 
mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. Biroq, kompyuter hisoblash ishlarini 
bajarishdan tashqari uning funksiyasi ancha keng. EHMlarning rivojlanishida 
kompyuter ning bir necha avlodlarini koʻrsatish mumkin. Bu avlodlar element 
turlari, konstruktiv-texnologik xususiyatlari, mantiqiy tuzilishi, dastur taʼminoti, 
texnik tafsilotlari, texnikadan foydalanishning qulaylik darajasi bilan bir-biridan 
farq qiladi. Kompyuterning dastlabki avlodida (Ural-1, Minsk-2, BSEM-2) asosiy 
element elektron lampa boʻlgani uchun u juda katta joyni egallagan edi. Soʻngra 
bu lampa oʻrnida tranzistorlar ishlatilgan kompyuter (Razdan-2, M-220, Minsk-22 
va boshqalar), integral mikrosxemalar ishlatilgan kompyuter (IBM-360, 1BM-370, 
(AQSh), YESEVM (Rossiya) va boshqalar, integratsiya darajasi katta boʻlgan 
integral sxemalar oʻrnatilgan shaxsiy kompyuterlar paydo boʻldi. Shaxsiy 
kompyuter (mikro va mikro EHM) tushunchasi XX asr 70-yillar oxiridan boshlab 
keng tarqala boshladi. Shaxsiy kompyuterning keyingi avlodlarida mikroelektron 
va biosxemalardan foydalanildi; ularning hajmi kitob kattaligidek hajmga 
kichraydi, massasi esa 3,5 kg gacha kamaydi. 1981-yil IBM shirkati shaxsiy 
kompyuterning yanada takomillashgan modellarini ishlab chiqara boshladi. 
Keyinchalik 
boshqa 
firmalar 
IBM 
bilan 
PC 
biriktirilgan 
kompyuterni, Apple shirkati 
esa Macintosh (talaffuzi: 
„Makintosh“) 
yoki 
oddiygina „maki“ deb ataladigan kompyuterni yaratishdi. XXI asr boshlarida 
dunyoda oʻnlab million shaxsiy kompyuterlar, 1 millionga yaqin EHM (shu 
jumladan, bir necha oʻn superEVM) boʻlgan. Kompyuterlar masalalarni yechishda 
foydalaniladigan komponentlar (tarkibiy qismlar) tarkibi va tavsifi jihatdan bir-
biridan farq qiladi. Murakkab masalalarni yechishda kuchli qurilmalar oʻrnatilgan 
kompyuterdan, hujjatlarni bosishda harf bosish qurilmasi boʻlgan kompyuterdan 
foydalaniladi. Istalgan kompyuter tizimlar bloki, monitor va klaviaturadan iborat 
boʻladi. Kerak boʻlganda boʻlardan tashqari boshqa qurilmalar ham ulanadi. 
Tizimlar blokida kompyuterning ishlashi uchun zarur muhim qismlar (diskni 


yuritkich, vinchester — qattiq disk, mantiqiy amallarni bajaruvchi mikrosxemalar) 
boʻlib, unga qolgan qurilmalar ulanadi. Monitor (displey) matn va turli tasvir 
koʻrinishidagi axborotlarni ekranda aks ettiradi. Klaviatura kompyuterga buyruq 
va 
turli 
axborotlarni 
kiritadi. 
Koʻpincha, 
kompyuter 
tarkibiga „sichqoncha“ manipulyatori va printer kiritiladi. „Sichqoncha“ ikki yoki 
uchta knopkasi (tugmasi) boʻlgan qurilma boʻlib, uning yordamida kompyuter 
ishini osonlashtiradi. Printer esa axborotlarni qogʻozga tushirish uchun xizmat 
qiladi. Zamonaviy kompyuterlar, asosan, toʻrt qurilma: boshqarish, protsessor, 
xotira va kiritish-chiqarish qurilmalaridan iborat. Boshqarish qurilmasi 
kompyuterning barcha qurilmalari ishini muvofiqlashtiradi va boshqaradi. 
Protsessor kompyuterning asosiy qurilmasi boʻlib, axborotlarga ishlov beradi, 
yaʼni hisoblash amallari, solishtirish va uzatish kabi arifmetik-mantiqiy amallarni 
bajaradi. Bu qurilma bajaradigan amallar dasturlar orqali belgilanadi. Xotira 
qurilmasi axborotlarga ishlov berish vaqtida uni saqlash uchun xizmat qiladi. 
Foydalanayotgan dasturlar ichki xotirada, uzoq, muddat saqlanadigan axborotlar 
tashqi xotira (disketalar)da saqlanadi. Ichki va tashqi xotiralarda axborot 
almashinuvi kiritish-chiqarish qurilmalari yordamida amalga oshiriladi. 
Kompyuter oʻyinlari ham keng tarqalgan. Ularning mingdan ortiq xili mavjud; 
ular yordamida koʻp narsalarni amaliy bilib olish va amaliy tajribalarni orttirish 
mumkin. Kompyuterning universalligi axborotni aniq maqsad yoʻlida qayta ishlay 
olishiga, inson faoliyatining turli sohalarida ishlab chiqarishni tubdan 
oʻzgartirishga, kishilarning ishini osonlashtirishga imkon beradi. Ob-havoni 
oldindan 
aytib 
berishda meteostyalar va sunʼiy 
yoʻldoshlardan keladigan 
axborotlarni yigʻib va tahlil qilib, juda katta hisoblash ishlarini bajaradi va inson 
uchun qulay boʻlgan shaklda ifodalaydi (qarang: Intranet, Internet, Kompyuter 
tarmogʻi). 

Download 216,94 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 216,94 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Kompyuter turlari, ularning kórsatkichlari Kompyuterlar turlari va xususiyatlari

Download 216,94 Kb.
Pdf ko'rish