Kompyuter – inglizcha so`z bo`lib, u hisoblovchi demakdir. Garchand u
hozirda faqat hisoblovchi bo`lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa
ma’lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski
nomi – kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma’lumotlarni
qayta
ishlashdan iborat. Avallo shuni aytish lozimki, ko`pchilikning tushunchasida
go`yoki biz kundalikda foydalanadigan faqat shaxsiy kompyuter bor xolos. Bunga
albatta sabablar ko`p. Shulardan biri hozirgi zamon shaxsiy
kompyuterlari ilgari
universal deb hisoblangan kompyuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha
oshib ketganligida bo`lsa, ikkinchi tomondan ko`p masalalarni yechish uchun bu
kompyuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir. Hozirda kompyuter termini
ko`p uchrasada, shu bilan birga EHM (elektron hisoblash mashinalari), HM
(hisoblash mashinalari) terminlari ham hayotda ko`p ishlatib turiladi. Ammo biz
soddalik uchun faqat kompyuter terminidan foydalanamiz. Kompyuterlarning
amalda turli xillari mavjud: raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli –
analogli,
maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan
amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko`rsatkichlari
yuqori bo`lgani uchun, ular ko`proq foydalanilmoqda.
Blok kompyuterlar (Manframe Computer)-fan va texnikaning turli sohalariga
oid masalalarni yechishga mo`ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira
hajmi superkompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog`ona past.
Bularga misol
sifatida AQShning CRAY (krey), IBM 390, 4300, IBM ES/9000, Fransiyaning
Borrous 6000, Yaponiyaning M1800 rusumli kompyuterini va boshqalarni misol
qilib keltirish mumkin.Minikompyuterlar (kichik kompyuterlar) hajmi va
bajaradigan amallar tezligi jihatidan blok kompyuterlardan kamida bir pog’ona
pastdir.
Shuni aytish joizki, ularning gabariti (hajmi) tobora ixchamlashib, hatto
shaxsiy kompyuterdek kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda.
Bunday
kompyuterlar turkumiga ilk bor yaratilgan PDP-11 (Programm Driver Processor-
dasturiy boshqaruv protsessori) turkumini, ilgari harbiy maqsadlar uchun
ishlatilgan (maxfiy hisoblangan) VAX, SUN
turkumli kompyuterlar, IBM 4381,
Hewlett Packard firmasining HP 9000 va boshqalar minikompyuterga misol bo`la
oladi. Shuni aytish joizki, minikompyuterlar o`zlarining “katta og`alari” Manframe
kompyuterlarni imkoniyatlari darajasiga ko`tarilib bormoqda. Buning uchun
tarixga nazar solish va hozirgi ularning taraqqiyotini kuzatish yetarli.