Kompyuter so‘zi ingliz tilidagi “to compute”, “computer”, so‘zlarining hosilasi
bo‘lib, ular “hisoblash”, “hisoblagich” deb tarjima qilinadi. Dastlab ingliz tilida bu
so‘z, mexanik qurilmani jalb qilib yoki uning ko‘magisiz arifmetik hisoblarni
bajaradigan insonni anglatgan. Keyinchalik uning ma’nosi mashinalarning o‘ziga
ko‘chirildi, biroq, zamonaviy kompyuterlar matematika bilan bevosita bog‘liq
bo‘lmagan ko‘plab masalalarni ham bajaradilar.
XX asrning 90-yillaridan boshlab, kompyuter atamasi elektron hisoblash
mashinalari (EHM) atamasini amalda siqib chiqardi.
Kompyuter bu - turli
hajmdagi, har xil ko‘rinishdagi axborotlarni tezlik bilan ishlab berishni
ta’minlovchi universal avtomatik qurilmadir.
1943-yilda AQSh armiyasi buyurtmasiga ko‘ra, Pensilvaniya universiteti
olimlari Djon Mochli va Prespera Ekerta tomonidan
elektron lampalar asosida
boshqa EHMni yaratgan. Uning nomi ENIAC (Electronic Numerical Integrator and
Computer - Elektron raqamli integrator va kompyuter) bo‘lib, keng ko‘lamli
vazifalarni amalga oshirish uchun qayta dasturlash mumkin bo‘lgan ilk elektron
hisoblagich yaratildi. Og‘irligi 30 tonna, uzunligi 30 metr bo‘lib, tarkibida 18 ming
elektrolampalar bor edi. Mashinada 1950-yilda birinchi muvaffaqiyatli raqamli ob-
havo prognozi ishlab chiqilgan.
Shaxsiy kompyuter tushunchasi XX asrning 70-yillar oxiridan boshlab keng
tarqala boshladi. Shaxsiy kompyuterning keyingi avlodlarida mikroelektron va
biosxemalardan foydalanilib, ularning hajmi kitob kattaligidek hajmgacha
kichraydi, massasi esa 3,5 kg gacha kamaydi.
1981-yilda “IBM” firmasi shaxsiy kompyuterning
yanada takomillashgan
modellarini ishlab chiqara boshladi. Keyinchalik boshqa firmalar IBM bilan PC
biriktirilgan kompyuterni, Apple firmasi esa “Macintosh” kompyuterini yaratishdi.
Umuman aytganda, bugungi kunda so‘nggi qulayliklarga asoslangan bunday
texnologiyalarning yaratilishi, ilm-fan
nufuzini yanada oshirishga, ilmiy
salohiyatga ega kadrlarni tayyorlashga, yosh olimlarni ilm-fanga
keng jalb etishga
zamin yaratadi. Birinchi kompyuterlar paydo bo‘lganidan beri ancha vaqt o‘tdi va
ularning rivojlanishi jarayonida juda ko‘p qiziqarli hodisalar ro‘y berdi. Quyida
g‘ayrioddiy va hayratlanarli faktlar bilan tanishishingiz mumkin:
- CD'larning hajmi 720 MBni tashkil qilgan. Bu, albatta, aniq bir sababga ko‘ra
o‘ylab topilgan. Aniqrog‘i, ishlab chiquvchilar ushbu qiymat uchun Betxovenning
to‘qqizinchi simfoniyasi (72 daqiqa) davomiyligini asos qilib olishgan.
- Birinchi kompyuter virusi 1982-yilda sistemalarni buzish maqsadida Apple
tomonidan ishlab chiqilgan.
- 1982-yilda “smaylik“ belgisi ro‘yxatga olingan, u aloqa jarayonida tabassumni
ifodalash uchun ishlatilgan.
- Internet orqali yuborilgan barcha elektron xabarlarning qariyb 70 foizi spamdir.
- Linux operatsion tizimining kompaniya belgisi - pingvin. Chunki bu sistemani
yaratuvchi shaxsni yoshligida zooparkda pingvin tishlab olgan.
- Kompyuterda "con" nomi bilan papka
yaratish mumkin emas
- Faqat MDH davlatlarida @ bu belgi "kuchukcha" deb nomlanadi. Boshqa
mamalakatlarda esa bu belgini "shilliq qurt" yoki "maymuncha" deb nomlashadi.
- Shvetsariyada katta hajmli ma’lumotlar saqlanuvchi server markazlaridan
chiqqan issiqlik sabab kichik ko‘ldagi suv iliq turadi.
- 1981-yilda yaratilgan kompyuter 12 kilogramm tosh bosgan.
Uning monitor
ekrani esa atigi 5 dyum bo‘lgan
- Barcha eski domen zonalarida uch harfli bo‘sh domenlarni topish imkonsiz
- Statistikaga ko‘ra, aksariyat kompyuterlar o‘z imkoniyatlarining yarmidan
foydalanadi, xolos.
- Klaviaturaga suyuqlik to‘kilishi kompyuter buzilishining eng ko‘p uchraydigan
sababi hisoblanadi. Ikkinchi asosiy sabab esa elektr energiyasidagi uzilishlar bilan
bog‘liq.