Shaxsiy kompyuterlar hozirda korxonalar, muassasalar, oliy o`quv yurtlarida
keng tarqalgan bo`lib, ularning aksariyati IBM rusumiga mos kompyuterlardir.
IBM rusumiga mos kompyuterlar deganda, ularning turli kompaniyalar ishlab
chiqarilishiga qaramay ham texnik, ham programma ta’minoti mosligi, ya’ni bir-
biriga to`g`ri kelishi nazarda tutiladi. Bunday kompyuterlar hajmi jihatidan kichik
(bir stol ustiga joylashadi), amal bajarish tezligi, masalan PENTIUM-3 MMX
protsessori o`rnatilgan kompyuterlarida hozirgi kunda 750-1000 megagersni,
xotira hajmi esa 64-128 megabaytni tashkil qiladi. Bu ko`rsatgichlar o`ta tez
o`zgarib, har ikki yilda kompyuterlar imkoniyati ikki baravar oshishi, ularning
narxi esa shunchaga arzonlashishi tendensiyasi kuzatilmoqda. Bugungi kunda
Pentium IV kompyuterlari ham jahon bozorida keng tarqalmoqda. IBM PC moslik
kompyuterlarini yuzlab firmalar ishlab chiqarmoqda. Bular IBM, Compaq,
Hewlett-Packard, Packard Bell, Toshiba, Apple, Siemens Nixdors, Acer, Olivetti,
Gateway, SUN va boshqa firmalardir. Shuni aytish joizki, yuqorida nomlari zikr
etilgan firmalar ishlab chiqargan kompyuterlar (bradename) – “Oq yasalgan”,
Janubiy-Sharqiy mamlakatlarda: Malayziya, Xitoy, Tayland, Koreya va boshqa
mamalakatlarda yuqorida nomlari keltirilgan firmalar litsenziyasi asosida ishlab
chiqarilgan kompyuterlar “Sariq yasalgan” nomga ega. Firma nomlari
ko`rsatilmagan kompyuterlar esa “nomsiz kompyuterlar” (noname)deb yuritiladi.
Ayniqsa, keyingi guruh kompyuterlarni sotib olishda ular yaxshi tekshiruvdan
(testlar yordamida) o`tkazilishi lozim. Shaxsiy kompyuterlar uchun uning muhim
ko`rsatkichi ishlash kafolatining (kamida uch yil) bo`lishi muhim. Shu bilan birga,
bunday kompyuterlarni sotib olganda litsenzion programma ta’minoti va tegishli
adabiyotlar bilan birga berilish imkoniyati mavjudligi nazarda tutilishi kerak.
Noutbuk kompyuterlar. Noutbuk kompyuterlar hajmi ancha ixcham bo`lib,
ammo bajaradigan amallar soni, xotira hajmi shaxsiy kompyuterlar darajasiga
ko`tarilib bormoqda. Ularning qulaylik tomonlaridan biri ham elektr energiyasidan,
ham ichiga o`rnatilgan batareyalarda uzluksiz (batareyani har safar
almashtirmasdan) ishlashi mumkinligidir. Bunda batareya quvvati energiyaga
ulanishi bilan o`zi zarad ola boshlaydi va u batareya bir necha yillarga
mo`ljallangan bo`ladi. Hozirda bunday noutbuklarni IBM, Compaq, Acer, Toshiba
va boshqa firmalar ishlab chiqarmoqda. Tabiiyki, bunday kompyuterlar o`z
imkoniyatlari nuqtai nazaridan shaxsiy kompyuterlarga tenglashayotganini nazarda
tutilsa, uning narxi baland bo`lishini sezish qiyin emas. Bundan tashqari, bunday
rusumli kompyuterlar 8-10 yil mobaynida buzilmasdan ishlash qobiliyatiga ega.
Ular shaxsiy kompyuterlar uchun yaratilgan operatsion sistemalar MS DOS, qobiq
programmalar, Windows ning oxirgi versiyalarida va boshqa operatsion sistemalar
boshqaruvida ishlaydi. Hozirda noutbuk kompyuterlaridan ham ixcham cho`ntak
kompyuterlari ham ishlab chiqilmoqda. Ular ham tabiiyki, operatsion sistema
boshqaruvida ishlaydi va ular turli soha masalalarini yechishga qodir. Ixtiyoriy
kompyuterning ishlash prinsipini birinchi bo`lib ingliz olimi Charlz Bebich va
uning g`oyasini mukammallashgan ko`rinishini Djon Fon Neyman taklif qilgan.
Uning prinsipi programma asosida boshqariladigan avtomatik ravishda ketma-ket
ishlash g`oyasidan iborat. Hozirda ko`p kompyuterlar shu g`oya asosida ishlaydi.
Lekin keyingi paytlarda ko`p protsessorli kompyuterlar, ya’ni bir vaqtda
programmaning bo`laklarini ketma-ket emas, parallel bajaradigan kompyuterlar
ham yaratilganligini eslatib o`tish joizdir. Shunday qilib, kompyuter avvaldan
tuzilgan programma asosida ishlaydi. O`z navbatida programma qo`yilgan
masalani kompyuterda yechish uchun qandaydir programmalash tilida yozilgan
buyruqlar (operatorlar) ketma-ketligidir. Programmalash tilida tuzilgan
programmalar maxsus tarjimon programmalar yordamida kompyuter tiliga
o`tkaziladi. Kompyuter tili 0 va 1 lardan tashkil topgan, ma’lum qoidalar asosida
yoziladigan ketma-ketliklardan iborat. Djon Fon Neyman prinsipi bo`yicha
avtomatik ravishda bajariladigan programma avval kompyuterning xotirasiga
kiritiladi (yuklanadi). Xotirada turgan programma asosida programmani tashkil
etuvchi
har
bir
operator
ketma-ket
bajariladi.
Super kompyuterlar - juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi
masalalarni yechish uchun moljallangan boladi. Bunday masalalar sifatida ob-
havoning global prognoziga oid masalalarni, uch olchovli fazoda turli
oqimlarning kechishini organish masalalari, global informatsion sistemalar va
hokazolarni keltirish mumkin. Bu kompyuterlar bir sekundda 10 trillionlab amal
bajaradi. Superkompyuterlar bahsida AQSH energetika vazirligining Sandia
laboratoriyasida o`rnatilgan 9472 protsessorli Intel ASCI Red kompyuter sistemasi
karvonboshilik qilmoqda.
Super kompyuterlar - juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi
masalalarni yechish uchun moljallangan boladi. Bunday masalalar sifatida ob-
havoning global prognoziga oid masalalarni, uch olchovli fazoda turli oqimlarning
kechishini organish masalalari, global informatsion sistemalar va hokazolarni
keltirish mumkin. Bu kompyuterlar bir sekundda 10 trillionlab amal bajaradi.
Superkompyuterlar
bahsida
AQSH
energetika
vazirligining
Sandia
laboratoriyasida o`rnatilgan 9472 protsessorli Intel ASCI Red kompyuter sistemasi
karvonboshilik qilmoqda.
Kompyuter tizimi (KT) keng tushuncha bo’lib, ularning tashkiliy asosida bir
necha hisoblash mashinalarini yagona ishlov berish tizimiga birlashtirish orqali
ishlov berish tezligini boshqarish qoidasi yotadi. Tizim so’zining bir nechta asosiy
tushunchalarini ko’rib chiqamiz. Tizim (grekcha systema – to’liq bog’lanishli
qismlardan iborat) – bu ma’lum to’liqlikni, birlikni tashkil etuvchi bir-biri bilan
o’zaro bog’liq elementlar majmuasi hisoblanadi. Tizim xarakteristikasi uchun ko’p
qo’llaniladigan bir nechta tushunchalarni keltirib o’tamiz.
Tizim elementi – bu ma’lum funksional vazifaga ega bo’lgan tizimning tashkil
etuvchisi. O’z navbatida bir muncha oddiy, o’zaro aloqaga ega elementlardan
iborat tizimning murakkab elementlari ko’p hollarda qism tizimlari deb ataladi.
Tizimning tuzilishi – bu xususiy holda turli xil holatdagi elementlarni tizim
doirasida cheklashda paydo bo’luvchi ichki tartiblanish, tizim elementlari o’zaro
aloqasining kelishuvi. Tizim strukturasi – bu tizimning asosiy xususiyatini
belgilovchi tarkibi, tizim elementlari o’zaro aloqasining tartibi va qoidalari. Agar
tizimning alohida elementlari turli xil bosqichlar bo’yicha taqsimlangan bo’lib,
elementlarning ichki aloqalari faqat yuqorida turuvchilari pastki darajada
turuvchilari va aksincha ko’rinishda tashkil qilingan bo’lsa, bu iyerarxik strukturali
tizim bo’ladi. Tizim arxitekturasi – bu foydalanuvchi uchun muhim hisoblangan
tizimning xususiyatlari majmui. Axborot tizimlarida arxitekturaning munosabati –
bu kompyuter va dasturiy komponentlarning mantiqiy qurilishi va ular orasida
vazifalarning taqsimlanishini bildiradi.
Kompyuter tizimlari – bir kompyuterli, ko’p kompyuterli va ko’p protsessorli
tizimlar sifatida quriladi. Kompyuter tizimlari – tezkor (online) va tezkor
bo’lmagan (offline) rejimlarida ishlashi mumkin.
Kompyuter tizimlarini boshqarish – markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan
tarzda amalga oshiriladi.
Kompyuter tizimlarining vositalari – bir joyga to’planib yoyilgan holda,
ma’lumotlarni bir sathli ishlash vositalari sifatida va ko’p sathli ishlash vositalari
sifatida quriladi. Kompyuter tizimlarini qurishning turli xil variantlari,
tanlanadigan hisoblash elementlarini bog’lash strukturasi va apparat dasturiy
vositalarning arxitekturasi yechiladigan masalaga bog’liq bo’ladi. Hisoblash
tizimlariga bitta kompyuter yecha olmaydigan masalalar ajratiladi. Bunday
masalalarga quyidagilar kiradi:
- murakkab buyumlarni (avtomobillar, samolyotlar) yoki murakkab
konstruksiyalar (bino, ko’priklar) ni loyihalash;
- ob-havo bashorati va iqlim va ekologiya o’zgarishini modellashtirish;
- masshtabli tabiiy ofatlar (suv toshqini, yer qimirlashi) ni bashoratlash;
-foydali
qazilmalarni
qidirish
va
o’zlashtirish;
-astronomiya,
yer
sathi
tasvirlariga
ishlov
berish;
-murakkab
elektron
sxemalar
(superkompyuterlar)
ni
loyihalash.
HT insoniyatning ishlab chiqarish faoliyati va hujjat almashinuv bo’yicha xizmat
ko’rsatish (lokal, korporativ va global kompyuter tarmoqlari) sohalarini
avtomatlashtirishda ham qo’llaniladi.
HT yangi materiallar yaratish, astrofizika, molekulyar va atom fizikasi, kimyo
va biologiya, yangi dori vositalarini yaratish kabi ilmiy tadqiqotlarda keng tadbiq
topdi.
Hisoblash tizimi deganda foydalanuvchi masalalarini tayyorlash va yechish uchun
mo’ljallangan birgalikda ishlovchi prosessorlar yoki kompyuterlar, tashqi
qurilmalar va dasturiy ta’minotlarning to’plami tushuniladi.
HT hisoblash vositalarining mavjudligi nuqtai nazaridan bir mashinali, ko’p
mashinali va ko’p prosessorli turlarga bo’linadi. Bitta quvvatli kompyuter va ko’p
funksiyali pereferik qurilmalari bilan HT qurishning eng oddiy varianti hisoblanib,
barcha pereferik qurilmalar (ayniqsa, masofadan turib erkin foydalanish yoki
ishlov berish) avtonom hisoblash qurilmalari vazifasini bajaradi.
Ko’p mashinali HT markazlashgan (masalaning yechilishi boshqaruvini
belgilangan kompyuter bajaradi) yoki markazlashmagan (tizim kompyuterlari teng
huquqli) boshqaruvli an’naviy arxitekturadagi kompyuterlar arxitekturasidan
tashkil topadi. Bundan tashqari HT hududiy-to’plangan (barcha kompyuterlar bir-
biriga yaqin joylashgan) va hisoblash tarmoqlari (lokal, global) ko’rinishida
taqsimlangan bo’lishi mumkin. Hisoblash tizimlarini bunday tashkil qilishda
komponentlar bir biri bilan tezkor aloqa kanallari yordamida bog’lanadi.
Ko’p prosessorli HT buyruq va ma’lumotlar oqimiga parallel ishlov beruvchi, ya’ni
bitta katta masalaning har xil bo’laklarini yechuvchi prosessorlar to’plamidan
tashkil topadi. Ko’p prosessorli tizimlarning klassik misoli – bu super EHM.
Shunday ekan, hisoblash tizimi yoki tarmog’i foydalanuvchilarning individual va
korporativ masalalarini yechish uchun o’zaro bog’langan va birgalikda ishlovchi
prosessorlarni, kompyuterlarni, pereferik qurilma va kommunikasion vositalarni
o’zida aks ettiradi.
Bir turdagi HT standart dasturiy vositalar to’plami, qurilmalarni ulashning
na’munaviy protokollaridan foydalanish imkonini beruvchi bir turga mansub
kompyuterlar yoki prosessorlar asosida quriladi. Ularni tashkil qilish bir muncha
oddiy bo’lib, tizimga xizmat ko’rsatish va modernizasiyalash yengillashadi.
Bir turda bo’lmagan HT o’z tarkibiga turli turdagi kompyuterlar yoki
prosessorlarni oladi. Bunday tizimlarni qurishda yaratish va xizmat ko’rsatish
jarayonini murakkablashtiruvchi turli xil texnik va funksional xarakteristikalarni
hisobga olish kerak bo’ladi.
Hisoblash tizimlari boshqarish va xizmat ko’rsatish nuqtai nazaridan
quyidagicha ishlaydi:
•
operativ holatda (on-line);
•
operativ bo’lmagan holatda (off- line).
Operativ tizimlar real vaqt masshtabida ishlaydi. Ularda tezkor axborot
almashinuvi amalga oshiriladi, so’rovlarga javoblar kechiktirilmagan holda kelib
tushadi. Operativ bo’lmagan HT so’rovning bajarilishida kechikish bo’lgan holda
ham (ayrim hollarda tizimning keyingi ish seansida) «kechiktirilgan javoblarga»
ruxsat etiladi. Bu yerda hisoblash tizimlari va ularning qo’llanilish sohalari
bo’yicha umumiy ma’lumotlar keltirilgan. HT barcha asosiy xarakteristikalari –
tashkil qiluvchi komponentlar, struktura va yechilayotgan masala foydalanuvchi
talabiga bog’liq bo’ladi.
|