Elektr oʻlchash asboblarining sezgirligi, boʻlim qiymati va xatoliklari




Download 366,5 Kb.
bet4/7
Sana12.02.2024
Hajmi366,5 Kb.
#155327
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1,2-laboratoriya elektrotexnika

Elektr oʻlchash asboblarining sezgirligi, boʻlim qiymati va xatoliklari
Asbob qo‘zgʻaluvchan qismi burilish burchagi orttirmasining oʻlchanadigan kattalik orttirmasiga nisbatini koʻrsatuvchi kattalik EOʻA sezgirligi deyiladi. Asbobning sezgirligi oʻlchanayotgan miqdorlar birligiga mos keluvchi shkalaning boʻlimlar soni bilan aniqlanadi.
Asbob sezgirligi quyidagi munosabatdan aniqlanadi:
; (1)
A–oʻlchanayotgan kattalik, n–shkaladagi boʻlimlar (xonalar) soni.
Masalan: 2,5 A tokni oʻlchashda asbob strelkasi 50 xonani (boʻlimni) koʻrsatsa, asbobning tokka sezgirligi daraja qiymati:

Asbobning sezgirligiga teskari boʻlgan kattalik asbobning boʻlim (daraja) qiymati deyiladi. U asbobning harakatlanuvchi qismini bir boʻlimga bura oluvchi fizik kattalikni ifodalaydi.
(2)
Agar EOʻA shkalasi teng boʻlimlardan iborat boʻlsa, asbobning darajasi qiymati quyidagicha aniqlanadi:
(3)
A max – asbobning oʻlchashdagi chegara qiymati, N - asbob shkalasidagi boʻlimlarning umumiy soni. Bu ifodadan asbobning boʻlim qiymatini bilgan holda boʻlimlar sonini sanab, aniqlanadigan kattalikni quyidagicha topamiz:
(4)
Boʻlimlar oraligʻi tekis boʻlmagan shkalada xonalarning darajalanishi har xil boʻladi. Bu holda asbobning darajasi qiymati (2) ga asosan topiladi.
Elektr oʻlchov asbobida bir nechta oʻlchash chegarasi boʻlishi mumkin, bunday asbobga koʻp chegarali asboblar deyiladi. Asbobni kuydirib qoʻymaslik maqsadida ularni eng katta chegarasiga qoʻyib zanjirga ulanadi. Koʻp chegarali asboblarni ishlatishda har bir chegara uchun alohida daraja qiymatini aniqlash kerak boʻladi.
Masalan, voltmetr 0 dan 3V gacha va 0 dan 6V gacha oʻlchash chegarasiga ega boʻlsin. Umumiy xonalar soni 30 ta boʻlsa, daraja qiymati:
Birinchi holda
Ikkinchi holda
Har qanday oʻlchashda oʻlchash natijasi oʻlchanayotgan miqdorning haqiqiy qiymatidan bir oz farq qiladi. Bunga sabab EOʻA ning oʻzidagi nuqsonlar va tashqi taʼsirlar boʻlishi mumkin. EOʻA oʻlchash natijasini baholashda "aniqlik sinfi" dan foydalaniladi.

Download 366,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 366,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr oʻlchash asboblarining sezgirligi, boʻlim qiymati va xatoliklari

Download 366,5 Kb.