|
Ishning bajarilishi va topshiriqlar
|
bet | 6/7 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 366,5 Kb. | | #155327 |
Bog'liq 1,2-laboratoriya elektrotexnikaIshning bajarilishi va topshiriqlar
Oʻqituvchi tomonidan berilgan asboblarning ishlash prinsipini tushuntirib bering hamda aniqlik sinfi, boʻlim qiymati, sezgirligi, absolyut va nisbiy xatoliklarini aniqlang.
Texnika xavfsizlik qoidalarini esda saqlang.
Nazorat savollari
Elektr oʻlchov asboblari qanday belgilariga koʻra klassifikatsiyalanadi?
Elektr oʻlchov asboblarining shkalasiga qanday shartli belgilar qoʻyiladi?
Asbobning sezgirligi, daraja qiymati nima va ular qanday oʻzaro bogʻlangan.
Koʻp chegarali asbob nima va u qanday ishlatiladi?
Asbobning absolyut va nisbiy xatoligi qanday topiladi?
Texnika xavfsizlik qoidalarini ayting.
2-laboratoriya ishi: Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni yordamida oʻtkazgich qarshiligini aniqlash
Ishning maqsadi: O’zgarmas tok zanjirida Om qonunini o’rganish.
Kerakli jihozlar: voltmetr, ampermetr, o’zgarmas tok manbai, reostat, rezistor.
Nazariy qism
Zaryadli zarralarning tartibli harakati elektr toki deyiladi. Zaryadlangan va potensiallari turlicha bo’lgan ikki o’tkazgichni uchinchi o’tkazgich bilan ulasak, bu ikki o’tkazgichning potensiallari tenglashguncha undan qisqa muddatli elsetr toki o’tadi.
O’tkazgichda yuzaga kelgan elektr maydoni undagi erkin elektronlarni maydon kuchlanganligiga teskari yo’nalishda tartibli harakatga keltiradi (1-rasm). Elektronlarning bu harakati musbat zaryalarning maydon bo’ylab harakatiga ekvivalentdir. Tokning yo’nalishi qilib musbat zaryadlarning tartibli harakat yo’nalishi qabul qilingan.
1-rasm. O’tkazgichdagi zaryadli zarralarning harakati
Muayyan sharoitda (1) nisbat o’zgarmas kattalik bo’lib, I=f (U) bog’lanish ko’rinishda yoziladi (1) ifoda elektr zanjirining bir jinsli qismi uchun Om qonuni bo’lib, tok kuchining kuchlanishiga to’g’ri proporsional ekanligini ko’rsatadi. R o’tkazgichning qarshiligi deb yuritiladi va Om deb qabul qilingan birlikda o’lchanadi. O’tkazgich uchlaridagi kuchlanish 1 B bo’lganda, undan 1 A tok o’tsa, bu o’tkazgichning qarshiligi 1 Om bo’ladi (1Om=1B/1A).
Zanjirdan uzluksiz tok oqishi uchun zaryadni ko’chirishda yo’qotilgan energiyani tashqi kuch yordamida to’ldirib turish kerak. Tabiatan noelektrik bo’lgan bu kuchning bajargan ishi EYUK degan fizik kattalik bilan belgilanadi.
(3)
Bunda E’ (musbat birlik zaryadga ta’sir qilayotgan noelektrik kuch) maydonining kuchlanganligi, dl - zaryadning kuchish masofasi. Shunday qilib, musbat birlik zaryadni yopiq kontur bo’ylab kuchirishda tashqi kuchning bajargan ishiga son jihatdan teng bo’lgan kattalik EYUK deyiladi EYUK manbai o’langan zanjir uchun Om qonuni.
(4)
ya’ni, zanjirdagi tok kuchi manbaining elektr yurituvchi to’gri proporsional, zanjirning to’la qarshilishga teskari proporsionaldir
Bunda manbaning elektr yurituvchi kuchi, r - uning ichki qarshiligi
|
| |