|
1-laboratoriya ishi: Frontal laboratoriya ishi. Elektr oʻlchash asboblarini oʻrganish va ularda oʻlchash xatoliklarini hisoblash Ishning maqsadi
|
bet | 3/7 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 366,5 Kb. | | #155327 |
Bog'liq 1,2-laboratoriya elektrotexnikaAniqlik sinfiga ( klassi ) koʻra: 0,05; 0,1; 0,2; 0,5; 1,0; 1,5; 2,5 va 4
O‘lchash xatoligi asbobdagi kamchiliklar (ishqalanish, qo‘zg‘aluvchan qismlarning muvozanatlanmaganligi, shkalaning noto‘g‘ri o‘rnatilishi va hokozolar) hamda tashqi ta’sirlardan kelib chiqadi.
Normal ish sharoitlarida aniqlangan keltirilgan xatolik asbobning asosiy xatoligi deb ataladi. Asosiy xatolik bo‘yicha bevosita baholaydigan asboblar GOST bo‘yicha 8 ta aniqlik sinfiga ajratiladi: 0,05; 0,1; 0,2; 0,5; 1,0; 1,5; 2,5 va 4. Ular o‘lchash asboblarining shkalalarida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Aniqlik sinfini bildiruvchi raqam asosiy eng katta joiz keltirilgan xatolikni bildiradi. Masalan, asbobning aniqlik sinfi 0,2 bo‘lganda bo‘ladi.
5. Asbob izolyatsiya mustahkamligini sinash kuchlanishiga koʻra:
O‘lchash asboblari va yordamchi qismlarning izolyasiyasi etarli mustahkamlikka ega bo‘lishi kerak. Izolyasiya GOST 1845-59 ga muvofiq 1 minut davomida 2 dan 5 kV gacha kuchlanishga bardosh berishi kerak (mos ravishda tarmoq kuchlanishi 40 V dan 2 kV gacha bo‘lganda).
6. Ishlatish sharoitga koʻra:
A guruh — ichki qismi isitiladigan yopiq binolar uchun; (1O°S — 35°S; 80%);
B guruh — ichki qismi isitilmaydigan yopiq binolar uchun; (-30 °S — 40°S ; 90%);
C guruh (B1; В2; В3) — dala yoki suvli joylar uchun; (-40°S — 50° S; 95%);
EOʻA eng muhim texnikaviy tasniflari (xarakteristikalari) ularning shkalasida koʻrsatilgan boʻladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1-laboratoriya ishi: Frontal laboratoriya ishi. Elektr oʻlchash asboblarini oʻrganish va ularda oʻlchash xatoliklarini hisoblash Ishning maqsadi
|