|
1-laboratoriya ishi: Frontal laboratoriya ishi. Elektr oʻlchash asboblarini oʻrganish va ularda oʻlchash xatoliklarini hisoblash Ishning maqsadi
|
bet | 5/7 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 366,5 Kb. | | #155327 |
Bog'liq 1,2-laboratoriya elektrotexnikaEOʻA ning aniqlik sinfi asbobning absolyut xatosi A uning butun maksimal shkalasining Amax qancha foizini tashkil qilishini bildiradi:
(5)
bu yerda: Amax - asbobning oʻlchov chegarasi, A- absolyut xatolik.
Normal ish sharoitlarida yoʻl qoʻyadigan asosiy xatoligi boʻyicha bevosita baholaydigan barcha EOʻA lari davlat standartiga koʻra 8 ta aniqlik sinfiga ajratiladi: 0,05; 0,1; 0,2; 0,5; 1,0; 1,5; 2,5 va 4. Ular oʻlchash asboblarining shkalalarida koʻrsatilgan boʻladi. Aniqlik sinfini bildiruvchi raqam asosiy eng katta keltirilgan xatolikni bildiradi.
Agar asbob hujjatida koʻrsatilgan qoidaga asosan ishlatilsa, uning aniqligi koʻrsatilgan sinfga mos keladi. Oʻlchashdagi absolyut xatolik aniqlik sinfidan foydalanib aniqlanadi. (5) tenglikka asosan absolyut xatolik topiladi.
(6)
Absolyut xatolik asbobning butun shkalasi boʻyicha bir xil deb hisoblanadi.
EOʻA absolyut xatoligi A ning unda oʻlchangan miqdor Aoʻ qiymatiga nisbati oʻlchashdagi nisbiy xatolik deb ataladi, yaʼni:
(7)
Agar (7) formuladagi A oʻrniga (6) ifodani quysak, oʻlchashdagi nisbiy xatolik qoʻyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
(8)
Demak, oʻlchanayotgan miqdor asbobning oʻlchash chegarasi (Amax) ga yaqin boʻlsa, oʻlchashdagi nisbiy xatolik asbobning aniqlik sinfi — ga teng boʻladi.
Masalan, aniqlik sinfi 0,5 boʻlgan asbobning shkalasi 150 boʻlimga ega boʻlsin, strelka 150 boʻlimga burilganda nisbiy xatolik 0,5% va absolyut xatolik 0,5%·150= =0,75 ga teng boʻldi. Strelka 25 boʻlimga burilganda esa nisbiy xatolik 3%, absolyut xatolik esa 0,75 boʻladi. Demak, bundan koʻrinadiki, EOʻA ning kichik boʻlimlariga mos keluvchi qiymat oʻlchanganda katta nisbiy xatolikka yoʻl qoʻyiladi, ammo bunda elektr kattalikni oʻlchashdagi absolyut xatolik qiymati ayni bir asbobning butun shkalasi boʻyicha bir xil boʻladi.
Yuqori aniqlikdagi maxsus asboblarda aniqlik sinfi, shkala boʻlim qiymatiga mos keladi. Baʼzan biz ishlatadigan oddiy asboblarda oʻlchashdagi absolyut xatolik sifatida asbob shkalasi eng kichik boʻlimining yarmi, yaʼni 0.5 C olinishi mumkin. Bu hol quyidagi hollarda bajariladi:
1) agar 0,5C >ΔA boʻlsa, oʻlchashdagi nisbiy xatolik
2) agar 0,5C <ΔA boʻlsa , oʻlchashdagi nisbiy xatolik
Masalan, oʻlchash chegarasi 30 mA, aniqlik sinfi- 2,5 boʻlgan shkalasi teng boʻlimlardan iborat milliampermetrning boʻlim qiymati 1A teng. Unda 10 mA tok oʻlchansa, qanday absolyut va nisbiy xatoliklarga yoʻl qoʻyilgan?
Agar ΔI >0,5C boʻlsa, (0,5C=0,5mA) oʻlchashdagi nisbiy xatolik ga teng boʻladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1-laboratoriya ishi: Frontal laboratoriya ishi. Elektr oʻlchash asboblarini oʻrganish va ularda oʻlchash xatoliklarini hisoblash Ishning maqsadi
|