• Kеrаkli аsbоblаr vа jihоzlаr
  • O’chash vositalari
  • Detalni o’lchashga tayyorlash.
  • Bazaviy markazlarni tayyorlash.
  • Soat tipidagi indikatorni o’lchashga tayyorlash.
  • Radial tepishni o’lchash.
  • Nаzоrаt sаvоllаri.
  • 1-Laboratoriya ishi. Markazda o’rnatilgan valning radial tepishini o’lchash ishdan maqsad




    Download 368.26 Kb.
    Sana28.02.2024
    Hajmi368.26 Kb.
    #163813
    Bog'liq
    1-Laboratoriya ishi. Markazda o’rnatilgan valning radial tepishi
    markaziy osiyo va xitoy buyuk ipak yoli iqtisodiy tasmasi konsepsiyasining (1), WordArt rus

    1-Laboratoriya ishi.
    MARKAZDA O’RNATILGAN VALNING RADIAL TEPISHINI O’LCHASH
    Ishdan maqsad: Soat tipidagi indikatorlar bilan tanishish, markazlarga o‘rnatilgan aylanma jisim sirtlarining tepishini o‘lchash va o’lchash vositalari bilan ishlashni o‘rganish.
    Kеrаkli аsbоblаr vа jihоzlаr: nutrоmеr, tugаllаngаn uzunlik mе’yorlаr to’plаmi, mе’yoriy хujjаtlаr vа o’lchаshgа mo’ljаllаngаn dеtаllаr
    Ishni bаjаrish tаrtibi: Mashina detallari sirtlarining radial tepishini o ‘lchash uchun saot tipidagi indikatorlardan foydalanish afzal hisoblanadi. Detallardagi tepishni tekshiruvchi PV-250 markali moslama. Soat tipidagi indikator faqat tishli juftlardan iborat bo’lgan mexanizmli asbob hisoblanadi.
    Topshiriq:
    Markazga o‘rnatilgan val sirtining radial tepishi kattaligini o‘lchash.
    Nominal o‘lcham & 10+30 mm va uzunligi 50+150 mm bo‘lgan pog'anasimon silindrik ( 1-rasm).
    Val sirtining radial tepishi kompleks chetga chiqish bo‘lib, valning ko'rilayotgan kesimi markazining uning aylanish o‘qiga nisbatan siljishi va doiraviymasligi natijasida kelib chiqadi.
    Toretsdagi tepish torets sirtining perpendikulyarmasligi va torets shaklining qabariq va botiqlik ko‘rinishidagi chetga chiqishlari (2-rasm, b) natijasi hisoblanadi.
    Radial va toretsdagi tepish doimo musbat kattalik bo‘ladi. Radial tepish dopuski detal aylanadigan bazaga nisbatan belgilanadi.
    O’chash vositalari:
    1. o‘lchash kattaligi. Mashina detallari sirtlarining radial tepishini o ‘lchash uchun saot tipidagi indikatorlardan foydalanish afzal hisoblanadi.
    2. Detallardagi tepishni tekshiruvchi PV-250 markali moslama. Soat tipidagi indikator faqat tishli juftlardan iborat bo’lgan mexanizmli asbob hisoblanadi.
    O’lchash sterjeni 1 o‘rta qismida tishli g‘ildirak 2 bilan tishlanadigan tishli reykaga ega. O’lchash sterjenining siljishi g‘ildirak 2, tishli g‘ildiraklar 4 va 5 orqali asbobning strelkasi 3 ga uzatiladi. Tishli g ‘ildiraklardagi lyuft spiral prujina tola 7 va tishli g ‘ildirak 6 yordamida yo‘qatiladi. Prujinaning ikkinchi uchi asbob korpusiga mahkamlangan . asbobda ikkita shkala bor: ulardan kattasi bo‘yicha millimetming bo'laklari, kichigi bo’yicha esa butun millimetrlar hisoblanadi. o‘lchash sterjeni 1 mm ga siljiganda katta shkaladagi strelka bir marta aylanadi. Agar shkalada 100 bo‘linma bo’lsa, u xolda asbobning bo’linmalari qiymati 0,01 mm ga teng bo’ladi.
    Detalni o’lchashga tayyorlash.
    1. Detaining o’lchanadigan sirti va uning markaziy teshiklarini toza mato bilan artiladi.
    2. Markaziy teshiklarning konussimon uchastkalari diqqat bilan ko‘zdan kechiriladi. Bu uchastkalarda tirnalgan, chizilgan, notekis joylari bo’lmasligi kerak. Aks holda sirtning radial tepish kattaligi ortib ketadi.


    Bazaviy markazlarni tayyorlash.
    1. Qo’zg‘aluvchan babkani 2 qisqichdan bo'shatib va sterjinaning chap
    tamoniga detal uzunligi mosravishda surib yana qisqich bilan mahkamlab qo‘yiladi.
    2. Qimirlamaydigan qilib o‘rnatilgan babkadagi 9 qo‘zg‘aluvchan markazni
    qisqichdan bo‘shatib, ruchka yordamida detal uzunligidan 2-3 mm kichik masofaga o'rnatib detalning markazda to‘liq qisilishini ta’minlash kerak.


    Soat tipidagi indikatorni o’lchashga tayyorlash.



    1. Stoykani yo‘naltiruvchi staninaga 1- o‘rnatish. Buning uchun stoyka ustunini o’lchanadigan val sirti o‘rtasiga to‘g‘ri keltirib uni taglikka qisqich yordamida mahkamlash kerak.


    2. Ruchka 8 yordamida qo‘zg‘aluvchan markazni orqaga surib, detalni markazlarga o'rnatib so‘ngra ruchkani qo‘yib yuboriladi.
    3. Indikatorning 4 o‘lchanadigan valning sirtiga o‘rnatish. Buning uchun indikatorni kronshteynga 5 o‘rnatib qisqich 3 bilan mahkamlab qo‘yiladi. Kronshteynni harakatlantirib indikator uchligi bilan valning sirti o ‘rtasida kerakli zazomi hosil qilish mumkin.
    Radial tepishni o’lchash.
    1. Indikator strelkasini «0» ga keltirish. Buning uchun indikator gardishi shkala bilan birgalikda katta strelka o‘qi bilan «0» shtrix bir-biriga mos kelguncha asta-sekin aylantiriladi.
    2. Markazlarga o ‘matilgan valni soat strelkasi yo‘nalishi bo‘yicha bir maromda aylantirib indikator strelkasining eng kichik ko‘rsatkichi yozib olinadi.
    3. Valni aylantirishni davom ettirib indikator strelkasining eng katta ko‘rsatishi aniqlanadi va yozib olinadi.
    4. Valni markazlarda ikkinchi to‘liq aylantirib indikator ko‘rsatishining eng katta va eng kichik qiymatlari yozib olinadi valni birinchi aylantirishdagi ko‘rsatishlari bilan solishtiriladi. Agar bu ko‘rsatishlar bo‘yicha farq bo’lsa, u holda valni uchinchi marta aylantirib tekshiriladi.
    5. valning har bir to‘liq aylanishi uchun indikatoming yuqori va quyi nuqtairidagi farqini hisoblab laboratoriya ishi bo‘yicha tayyorlangan hisobot formasiga yoziladi. So‘ngra indikator ko'rsatishlari farqining o'rtacha qiymati hisoblanadi va u val sirtining radial tepishi qiymatiga teng bo’ladi.
    Xulosa
    Agar val sirtining radial tepishi qiymati chizmada ko‘rsatilgan yo‘l qo‘yiladigan kattalikdan ortib ketmasa, u holda tekshirilayotgan val yaroqli hisoblanadi.
    Nаzоrаt sаvоllаri.
    1. Nisbiy o’lchоv uslubi dеb nimаgа аytilаdi?
    2. Nutrоmеrning mеtrоlоgik ko’rsаtkichlаrigа nimаlаr kirаdi?
    3. Indikаtоr-nutrоmеrning tuzilishi.
    4. Nutrоmеr qаndаy qilib nulgа vа o’lchаmgа o’rnаtilаdi?
    Download 368.26 Kb.




    Download 368.26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Laboratoriya ishi. Markazda o’rnatilgan valning radial tepishini o’lchash ishdan maqsad

    Download 368.26 Kb.