• II.BOB. QOGOZ VA TABIAT MATERIALLARIDAN QURISH-YASASH 2.1.
  • III. XULOSA………………………………………………………………………… IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………. KIRISH Mavzuning dolzarbligi
  • Qurish-yasash va matematik markazni tashkil etish texnologiyasi




    Download 144 Kb.
    bet1/14
    Sana12.05.2023
    Hajmi144 Kb.
    #58985
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    QURISH-YASASH VA MATEMATIK MARKAZNI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYASI kurs ishi
    UMK ekonometriya 2019-2020, press-reliz-avgust-uzb sanoat, SIMSIZ ALOQA TARMOQLARIDA OFDM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH, Simsiz a\'loqa tizimlarida ishlatiladigan raqamli modulyatsiyalash usullari, MAKTABGACHA PEDAGOGIKANING ILMIY-TADQIQOD METODLARI kurs ishi, PEDAGOGIK MAHORAT HAQIDA TUSHUNCHA, UNING TARBIYACHI FAOLIYATIDA TUTGAN O`RNI VA AHAMIYATI, Doc1, Uch karrali integrallar, Varaq shakli.doc, S.Sh .S.4-sinf tasviriy san\'at test @sadikov uz, oktyabr, маркетинг, amaliy-ish, 64e666e182c62 23-27 (3)

    QURISH-YASASH VA MATEMATIK MARKAZNI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYASI
    MUNDARIJA:
    KIRISH
    I.BOB. MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTIDA BOLALAR BILAN QURILISH MATERIALLARI YORDAMIDA O'YIN VA MASHG'ULOTLAR O'TKAZISHNING AHAMIYATI…………………….
    1.1Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalar bilan qurilish materiallari yordamida o'yin va mashg'ulotlar o'tkazishning ahamiyati…………………………………

      1. Qurish-yasash va uning bolalar tarbiyasida tutgan o'rni…………………..

      2. Maktabga tayyorlov guruhlarda qurish-yasashga o'rgatishning vazifalari….

      3. Maktabga tayyorlov guruhlarda qurish-yasashga o'rgatishning metod va usullari

    II.BOB. QOG'OZ VA TABIAT MATERIALLARIDAN QURISH-YASASH
    2.1. Qog'oz va tabiat materiallaridan qurish-yasash………………………………..
    2.2 Tayyorlov guruhida tabiiy material va qog'ozdan qurish-yasashga o'rgatishning vazifalari. ……………………………………………………………………………
    III. XULOSA…………………………………………………………………………
    IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………….


    KIRISH
    Mavzuning dolzarbligi: Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalar bilan qurilish materiallari yordamida o'yin va mashg'ulotlar o'tkazishning ahamiyati katta. Yosh avlodni har tomonlama tarbiyalashda maktabgacha ta'lim tashkilotsida qurilish materiallari yordamida o'tkaziladigan o'yin va mashg'ulotlar katta o'rin egallaydi. Bolalarning qurilish o'yinlari rollarga bo'linib o'ynaladigan o'yinlarning ajralmas bir qismi hisoblanadi. Qurilish o'yinlarida ham bolalar tevarak-atrofdagi narsalarni, kattalarning faoliyatlarini aks ettiradilar. O‘zbekistonda amaliyotga tatbiq etilgan uzluksiz ta’lim tizimida maktabgacha ta’lim bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanadigan, uning o‘qishga intilishini va bilim olishga bo’lgan dastlabki qiziqishini uyg‘otadigan muhim bosqichga aylantirildi. Aytish kerakki, sobiq tuzum paytida maktabgacha ta’lim tashkilotsi ota-ona ishda bo’lgan paytlarida ularning bolalari asosan bexavotir saqlab turiladigan joy sifatida amal qilib kelgan. Bugun esa maktabgacha ta’lim bolaning intellektual, jismoniy va ma’naviy rivojlantirishga, uni shaxs sifatida tarbiyalashning dastlabki va muhim bo’g’iniga aylandi. Yurtimizda maktabgacha ta’lim bola olti-yetti yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlarida amalga oshiriladi. Bugungi kunda respublika bo’yicha jami 4916 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 668 497 nafar bolalar tarbiyalanmoqda. Shuningdek, yurtimizda 194 ta nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat ko’rsatib, ularga 11 746 nafar tarbiyalanuvchilar qamrab olingan. Mutaxassislar inson o’z umri davomida oladigan barcha bilimlarning 70 foizini 5 yoshgacha bo’lgan davrda olishini ta’kidlashadi. Endi shu o’rinda kelajak avlodga ta’lim-tarbiya berishda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o’rni va ahamiyatini tasavvur qiling.
    Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyat samaradorligini oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo’naltirilgan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina 2015-2016 yillar davomida 459 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti mukammal ta’mirlandi va zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlandi. Shu bilan birga, bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlari va o’quv-tarbiyaviy rejalariga qo’yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolmoqda. Aksariyat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasi zamon talablariga javob bermaydi. Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish ko’rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda. Shu munosabat bilan muhtaram Prezidentimizning 2016-yil 29-dekabrdagi (2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi qarori maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasida qayta tashkil etish hamda bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish imkonini beradi.
    O`zbekiston Respublikasining 2019 yil 16 dekabrdagi “Maktabgacha ta`lim va tarbiya to`g`risida`gi 595-sonli Qonuni, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 dekabrdagi “Maktabgacha ta`lim va tarbiyaning Davlat standarti 802-sonli Qarori, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrda Bolalarni boshlang`ich ta`limga majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich o`tish chora-tadbirlari to`g`risida`gi 999-son Qarori, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 martda “Bolalarni boshlang`ich ta`limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida`gi 132-son Qarori hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi” va mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur kurs ishi muayyan darajada xizmat qiladi.

    Download 144 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 144 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qurish-yasash va matematik markazni tashkil etish texnologiyasi

    Download 144 Kb.