• I.Bolalar muassasalarida umumiy ovqatlanish korxonalarining saqlashga quyiladigan talablari: asbob-uskunalar, inventor jihozlar, idish-tovoqlar va taralarga.
  • Mavzu: Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalar ovqatlanishini tashkil etish. Bolalar ovqatlanishini tashkil etish texnologiyasi




    Download 27.09 Kb.
    bet1/4
    Sana08.04.2024
    Hajmi27.09 Kb.
    #191171
      1   2   3   4
    Bog'liq
    MTTda ovqatlanishni tashkillashtirish
    ILK SIVILIZATSIYALAR, daxod, 9184, Tadqiqot metodlari 1 joriy, Durdonaxon obyektivka, gaz zapravkasiga, 11 –sinf fizika fanidan testlar 1-chorak i-variant-fayllar.org, 1-mavzu Psixologiya haqida tushuncha. Reja, HAMROYEVA SHAXNOZA, Oila pedagogikasi, Ixtisoslashtirilgan MTTlarda kasallik turiga qarab taomnoma tuzish va bolalarni ovqatlantirish

    MAVZU: Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalar ovqatlanishini tashkil etish. Bolalar ovqatlanishini tashkil etish texnologiyasi

    1. Bolalar muassasalarida umumiy ovqatlanish korxonalarining saqlashga quyiladigan talablari: asbob-uskunalar, inventor jihozlar, idish-tovoqlar va taralarga


    2. Bolalar ovqatlanishini tashkil etishning asosiy tamoyillari
    3. Bolalar organizmining anatomic fiziologik xususiyatlari
    4. Bolalar kunlik energiya sarfi va kundalik ovqatlanishning energetik qiymati
    I.Bolalar muassasalarida umumiy ovqatlanish korxonalarining saqlashga quyiladigan talablari: asbob-uskunalar, inventor jihozlar, idish-tovoqlar va taralarga.
    O`zbekiston Respublikasi maktabgacha ta`lim muassasalarining mazmuni, tuzilishi va ish faoliyati, tartibini tashkil etishga quyilgan sanitariya-gigiyena talablari, SanQ va №0355-18 ga asosan sanitariya muhofaza zonasi sanitariya me`yorlari va qoidalari talablariga muvofiq belgilanadi:
    Ushbu sanitariya me`yorlari va qoidalariga binoan bolalar muassasalari uchun ovqatlanish joylariga quyidagi talablar qo`yiladi:
    1.Ishlab chiqarish binolari, savdo va texnologik uskunalarni bolalar muassasalarining ovqatlanish blokiga joylashtirish ovqat tayyorlashning texnologik jarayoni oqimiga mos kelishini ta`minlashi shart.
    2.Oziq ovqat blokidagi barcha savdo va texnologik uskunalar elektr energiyasiga ulangan bo`lishi kerak
    3.Oziq-ovqat xomashyosini va oziq-ovqat mahsulotlarini maydalahsh uchun kamida ikkita elektr divigatel moslamasi alohida ta`minlanadi.
    4.Parhez ovqat tayyorlash uchun bug` idishlari yoki maxsus texnologik uskunalar ajratiladi. Ovqatlanish birligida buzilgan savdo, texnologik, sovitish va boshqa jihozlarni ta`mirlash yoki almshtirish o`z vaqtida amalga oshirilishi kerak.
    5.Oziq-ovqat mahsulotlariga qayta ishlov berish uchun mo`ljallangan stollar metalldan bo`lishi yoki zanglamaydigan po`lat yoxud, duralyuminiy bilan qoplanishi shart. Xom go`sht va baliqqa ishlov beruvchi stollar rux qoplamli temir bilan qoplangan va burchaklari yumaloq bo`lishi lozim. Xamir mahsulotlari uchun stollar yuzasi silliqlangan, tekis, yoriqlarsiz yog`och bilan qoplangan bo`lishi kerak.
    6. Oziq-ovqat mahsulotlarini kesish uchun maxsus pichoqlar va qattiq yog`ochdan tayyorlangan (qayin, chinor, eman) kesish taxtalari ishlatiladi. Kesish taxtalari va maxsus pichoqlar, unda ishlov beriladigan mahsulotga mos ravishda aniq markirovka qilib belgilanishi kerak “XG”- xom go`sht, “XB”- xom baliq,”XS”- xom sabzavot, “QG”- qaynatilgan sabzavotlar, “QB”- qaynatilgan baliq, “QG”- qaynatilgan go`sht, “Gastronomiya”, “Ko`kat”, “Salat”, “TS”-tuzlangan sabzavotlar, “Seld”- seld balig`I, “N”- non.
    Kesish taxtalari tik holatda maxsus metal kassetalarda to`g`ridan-to`g`ri oshpazning ish joylarida yoki yuvish xonasida saqlanadi.
    7. Ovqat tayyorlash uchun zanglamaydigan po`latdan yasalgan, alyuminiy, emlagan oshxona idishlari, cho`yan (tova, kastryulka), qalay temirdan (duxovka listlari) ishlatiladi va maxsus jovonlarda, kichik inventor-shkaflarda saqlanadi. Oshxona idishlari sopoldan, zanglamaydigan po`latdan, choy idishlari- sopoldan, chinnidan, shishadan, qoshiq, vilkalar, pichoqlar-zanglamaydigan po`latdan bo`lishi lozim. Oshxona idish va anjomlari dezinfeksiyalash vositalariga chidamli bo`lsa, boshqa metallardan ham foydalanish mumkin.
    Alyuminiy oshxona anjomlari faqat ovqat pishirish va vaqtincha (1 soatgacha) saqlash uchun ishlatilishi mumkin. Shuningdek plastic idishlar xom ashyo mahsulotlarini vaqtincha saqlash (shu jumladan tashish uchun), quruq oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun bir martalik sifatida ishlatish mumkin.
    Oshxona, ovqatlanish va choy ichish idishlari darz ketmagan, yoriqlarsiz, emalli qoplamalari buzilmagan, shikaslanmagan bo`lishi lozim. Suningdek alyuminiydan yasalgan qoshiq-vilkalar va pichoqlarni ishlatish taqiqlanadi. Buzilgan oshxona anjomlari, shuningdek yoriqlari va burmalari bo`lgan yog`ochdan foydalanish taqiqlanadi.
    8. Ta`lim muassasasining ovqatlanish bo`limlarida quyidagilar bo`lishi kerak:
    * 1-taom-sho`rva, 2-taom (issiq) taomlar, ichimliklar uchun tayyorlash qaozonlari.
    * Xom ahoy mahsulotlarini tortish uchun tarozilar,
    * Litr yoki kilogram bilan belgilangan sho`rvalar (birinchi taomlar), issiq (ikkinchi taomlar), taomlar va ichimliklar (uchunchi taomlar) uchun o`lchov qozonlari,
    * Millilitr va gramda belgi qo`yilgan o`lchov garnir qoshiqlari va cho`michlar,
    * Ikkinchi taomlar, gazaklar (salatlar)go`shtli gastronomiya uchun ajratilgan tarozilar.
    9. TM ovqatlanish bo`limining xodimlari SanPiN ga ko`ra har kuni o`zlarining va ularning oila a`zolari sog`ligi, holati to`g`risidagi ma`lumotni jurnalga yozib quyishlari shart. (3-ilova)
    10. Ombor haroratini nazorat etish va boshqarish uchun termometrlar va namlikni aniqlash uchun psixrometrlar bilan jihozlangan bo`lishi kerak.
    11. Ombor uchun ma`sul shaxs ovqatlanish bo`limiga kiruvchi tez buziladigan oziq-ovqat ,mahsulotlarini sifatini nazorat qilish to`g`risidagi jurnalni yuritishi shart. (4-ilova)

    Download 27.09 Kb.
      1   2   3   4




    Download 27.09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalar ovqatlanishini tashkil etish. Bolalar ovqatlanishini tashkil etish texnologiyasi

    Download 27.09 Kb.