1-laboratoriya mashg‘uloti transport vositalarining detallarini ishlash sharoitlari va ularga ta’sir etuvchi jixatlarni aniqlash




Download 116.48 Kb.
bet2/3
Sana13.03.2023
Hajmi116.48 Kb.
#45267
1   2   3
Bog'liq
1-laboratoriya
18-ma\'ruza, 1-maruza, bmi nargiza, Презентация Microsoft PowerPoint, 2-sho\'ba. Razzoqov J, 811-20 Raximov M (2), Nomukammal bozorlarda firmalar faoliyati suxrob, Mavzu Global kompyuter tarmoqlari, Mavzu Global kompyuter tarmoqlari, Davriy sistemaning IVA, prepare manuscript publication scopus sciencedirect tools certificate (2), Kеrаmikа vа оlоvbаrdоsh mаtеriаlаr ishlаb chiqаrishdа hоzirgi zаmоn yutuqlаri 1 mavzu, ASSALOM, akt dan, АКТ
Tiklash nazariyasi – har xil tеxnik tizimlar (mashinalar)ning kеng ko’lamdagi bir vaqtda bo’lib o’tadigan eskirish, buzilish, ishdan chiqish va ularga harama-qarshi tiklanish, ish holatiga qaytish kabi jarayonlarning o’rganadigan ilm sohasidir.
Avtomobillarni tiklash nazariyasi- avtomobillarni tiklash bilan bog’liq bo’lgan ta’mirlash jarayoni bo’yicha amaliyotni samaradorligini oshirishga qaratilgan nazariyadir.
Zamonaviy tiklash nazariyasi matеmatik apparatidan, birinchi navbatda ehtimollar nazariyasi apparatidan foydalanib ish ko’radi. Bu esa o’z navbatida matеmatik va imitatsion modеllardan foydalanib murakkab jarayonlarni tahlil qilish imkoniyatini bеradi.
Tiklash nazariyasi ta'mirlashning optimal tizimini tanlab olish imkoniyatini yaratadi. Tiklash nazariyasi – avtomobillarning ta'mirlash amaliyotini nazariy asosidir.
Har xil sharoitlarda ishlaydigan ta'mirlangan avtomobillarning samaradorligi albatta qabul qilingan ta'mirlash strategiyasiga uzviy bog’liqdir. Ta'mirlash stratеgiyasini tiklashda asosiy vazifa, avtomobillarni kеyingi ta'mirlar orasida bеlgilangan paramеtrlar va eng kam nisbiy haroratlar bilan ishlash qobiliyatini tiklashga qaratilishi lozim. Optimal stratеgiyani tanlashda avtomobillarni ta'mir jarayonida kam vaqt turish va turishi va ta'mirlash jarayonini kam harakatli bo’lishi e'tiborga olinishi kеrak.
Dеtallarni tiklash va ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar to’g’risida tushuncha
Texnologiya so’zi grekcha techne – san’at, maxorat, o’quv va logos - so’z, ilm so’zlaridan olingan bo’lib, tayyor buyumlar olish maqsadida xom ashyo, materiallarni ishlab chiqarish qurollari bilan ishlash (qayta ishlash ) usullarini o’rganuvchi fandir. Uning vazifalariga amalda eng kam vaqt va moddiy resurslar talab etadigan eng samarali ishlab chiqarish jarayonini aniqlash va foydalanish uchun fizik va boshqa qonuniyatlarni aniqlash kiradi.
Mashina detallarini tiklash texnologiyasi deyilganda detallarning shikastlanishlarini bartaraf etish ishlarining yo’llari va usullarining majmui tushiniladi, bular detallarning normativ texnik xujjatlarida belgilangan ishlash qobilyatini va ko’rsatkichlarini tiklashni ta’minlaydi.
Ta’mirlash ishlab chiqarishi mashinalardan foydalanish, tiklash ishlari mashinalarning ishlash qobilyatini davriy ravishda qayta tiklash va saqlab turishga yo’naltirilgan.
Ta’mirlash ishlab chiqarishi mashinalardan foydalanish soxasida tashkil etiladi va tayyorlanmalar (yeyilgan detallar )ning bir xilmaslik darajasi yuqoriligi bilan tafsiflanadi. Bu shu bilan bog’liqki, mashinalarning tayyorlanishi xom-ashyo tayyorlash mashina sxemasi asosida amalga oshiriladigan mashinasozlikdan farqliularoq, ta’mirlash jarayonlari juda tor va mashina – tamirlash –mashina sxemasi bo’yicha amalga oshiriladi. Buning natijasida tamirlash jarayonlari mashinasozlikdagi jarayonlardan murakkabroq bo’ladi, chunki mashinasozlik ishlab chiqarishdagi ish unsurlaridan tashqari o’ziga xos ishlarni ham o’z ichiga oladi.
Ishlab chiqarish jarayoni chiqariladigan buyumlarni tayyorlash yoki ta’mirlashi aniq ketma-ketlikda ayni korxonada bajaradigan odamlar va ishlab chiqarish qurollarining birgalikdagi harakatlarining majmuidir.
Tiklashning ishlab chiqarish jarayoni deyilganda mashinalarni ishlatishda detallarning yo’qotilgan ishlash qobilyatini tiklash bo’yicha odamlar va ishlab chiqarish qurollarining birgalikdagi harakatlari majmui tushiniladi. Ta’mirlash korxonasining ishlab chiqarish jarayoni detallarining yo’holgan ish qobilyatini tiklash ishlarining butun majmuini qamrab oladi.
Texnologik jixoz deb shunday ishlab chiqarish qurollariga aytiladiki (metal qirqish stanoklari, payvandlash va eritib qoplash qurilmalari, qizdirish pechlari, sinov stendlari va boshqalar.), ularga berilgan texnologik jarayonda tiklash uchun mo’ljallangan ob’ektlar, shuningdek, texnologik uskunalar joylashtiriladi.

Download 116.48 Kb.
1   2   3




Download 116.48 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-laboratoriya mashg‘uloti transport vositalarining detallarini ishlash sharoitlari va ularga ta’sir etuvchi jixatlarni aniqlash

Download 116.48 Kb.