1-laboratoriya mashg‘uloti transport vositalarining detallarini ishlash sharoitlari va ularga ta’sir etuvchi jixatlarni aniqlash




Download 116.48 Kb.
bet3/3
Sana13.03.2023
Hajmi116.48 Kb.
#45267
1   2   3
Bog'liq
1-laboratoriya
18-ma\'ruza, 1-maruza, bmi nargiza, Презентация Microsoft PowerPoint, 2-sho\'ba. Razzoqov J, 811-20 Raximov M (2), Nomukammal bozorlarda firmalar faoliyati suxrob, Mavzu Global kompyuter tarmoqlari, Mavzu Global kompyuter tarmoqlari, Davriy sistemaning IVA, prepare manuscript publication scopus sciencedirect tools certificate (2), Kеrаmikа vа оlоvbаrdоsh mаtеriаlаr ishlаb chiqаrishdа hоzirgi zаmоn yutuqlаri 1 mavzu, ASSALOM, akt dan, АКТ
Texnologik uskuna – texnologik jixoslash vositalaridir (asboblar yoki moslamalar), ular tayyorlanmalarni o’rnatish va maxkamlash yoki ularga ishlov berish, tashish va hakozo ishlar uchun mo’ljallangan to’ldiruvchi jixozlardir. Moslamalarga potronlar, qisqichlar, press- holiblar va shu kabilar shtangensirkullar, mikrometrlar, indikatorlar, skobalar (o’lchov asboblari) va hakozolar kiradi.
Texnologik jarayon (TJ) ishlab chiqarish jarayonining bir qismi bo’lib; berilgan texnikaviy talablarga muofiq buyumlar olish maqsadida mehnat buyumlarining texnikaviy xolatini o’zgartiradi va (yoki) ketma-ket aniqlaydi. Detallarni tiklashning texnologik jarayoni (DTTJ) yeyilgan (shaklini, fizik- mexanik xossalarini yo’qotgan va shu kabilar) detallarni tiklash bo’yicha operatsiyalarni o’z ichiga oladi va bu ishlarni bajarish ketma- ketligini belgilaydi. Har qaysi detal yagona texnologiya boyicha tayyorlanadigan mashinalar ishlab chiqarishdan farqli o‘laroq, detallarni tiklashda ta’mirlanadigan detallar juda xilma- xil bo‘lganligidan va texnikaviy holatlari turlicha bo‘lganligidan texnalogik jarayonlar bir nechta bo‘ladi.
Texnologik jarayonlar turli operatsiylardan iborat. Operatsiya deb texnologik jarayonning bitta ish o’rnida bajariladigan tugallangan qismiga aytiladi.
Ish o‘rni – korxona tuzilmasining eng oddiy birligi bo‘lib, bu yerga ishlarni bajaruvchilar, ular xizmat ko’rsatadigan ishlab chiqarish hamda transport jixozlari va mehnat buyumlari joylashtiriladi.
Operatsiya bitta yoki bir nechta o’tishlarda bajariladi. O’tish deb o’zgarmas texnologik rejimlarda va qurilmada ayni bitta asbob bilan bajariladigan operatsiya qismiga aytiladi. Ba’zi hollarda o’tishlar o’tib olishlarga bo’linadi, yani ayni bitta sirt asbob o’zgartirilmagan holda bir necha bor takror ishlanadi. Ish yo’li deb ishchining operatsiyalarni, o’tish yoki o’tib olishlarni bajarish uchun zarur bo’lgan (masalan; tayyorlanmalarni o’rnatish va olish asbobini o’zgartirish, nazorat uchun o’lchash) tugallangan harakatiga aytiladi.
U yoki bu korxonada qo’llanadigan texnologik jarayon buyumlarning texnikaviy shartlarida ko’zda tutilgan aniqligiga va sifatiga doir barcha talablar bajarishini, eng kam mexnat sarflab va eng kam tannarxda amalga oshirishini ta’minlashi, shuningdek, buyumlar tayyorlash va tiklashni ishlab chiqarish dasturida belgilangan miqdorda hamida muddatlarda bajarilishini ta’minlashi kerak.
Ishlab chiqarish dasturi va tayyorlanadigan maxsulot turiga qarab ishlab chiqarishning uchta turi farqlanadi: yakkalab, seriyalab va ommaviy ishlab chiqarish. Yakkalab ishlab chiqarish bir xil buyumlarning kichik hajmda ishlab chiqarilishi bilan tavsiflanadi, seriyalab ishlab chiqarish takror partiyalar blan buyumlarni tayyorlash yoki tiklash bilan tavsiflanadi; ommaviy ishlab chiqarish – buyumlarni katta hajmda uzoq muddat davomida ishlab chiqarish bilan tavsiflanadi.
Ishlab chiqarish turini tavsiflash uchun operatsiyalarni biriktirish Kob koeffitsentlaridan foydalaniladi, u bir oy mobaynida bajariladigan yoki bajarilishi kerak bo’lgan turli texnologik operatsiyalarning ish o’rinlari soniga nisbatidan iborat.
Ommaviy va ko’p seriyali ishlab chiqarish 1=kob<10, o’rtacha seriyali ishlab chiqarishda 10ob<20, kam seriyali ishlab chiqarishda 20ob<40, yakkalab ishlab chiqarishda Kob ga chegara qo’yilmaydi.
Yakkalab va kam seriyalab ishlab chiqarishda yagona texnologik jarayon, o’rtacha seriyali, ko’p seriyali va ommaviy seriyali ishlab chiqarish uchun – tipaviy (namunaviy ) yoki guruhiy texnologik jarayon ishlab chiqiladi.
Tur deganda konstruktiv jixatdan o’xshash, faqat o’lchamlari bilan farq qiluvchi tayorlanmalar majmuyi tushiniladi. Turli buyumlarning detallari shakli, o’lchamlari, ishlov beriladigan sirtlarning aniqligi va sifatiga qarab klass, klasschalar va turlarga guruhlanadi.
Detallarni guruhlashda quyidagi tasniflardan foydalanadi: korpus detallar, dumoloq sterjenlar, ichi kovak silindirlar, disklar, dumoloq bo’lmagan sterjenlar.
Guruhiy TJ da bitta klassga quyidagi detallar birlashtirgan bo’lib, ularda:

  1. Tayyorlanmalarnig shaklini tashkil etuvchi ummumiy elementlar bo’ladi;

  2. Ishlov beriladigan sirtlar ishlov berilish aniqligi va g’adur-budurligi bo’yicha o’xshash;

  3. Bir jinsli boshlang’ich tayyorlanmalar va ishlov beriladigan materiyallar;

  4. o’lchamlari bo’yicha bir –biriga yaqin boshlangich tayyorlanmalar.

“tayyorlanmalar guruhi” tushunchasi “tayyorlanmalar turi” tushunchasidan kengroqdir, chunki guruhga turli shakilli, biroq bir xil elementli tayyorlanmalar kiradi. Guruhga ummumiy jihozlarga, texnologik uskunalarga, sozlashga va texnologik o’tishlarga ega bo’lgan tayyorlanmalar birlashtiriladi.
U yoki bu TJ yaratilganda uning asosiga ayni guruh uchun xos bolgan detalni qabul qilish zarur, uni kompleks detal deyiladi. U shu bilan farq qiladiki, uning ishlov berilishi kerak bo’lgan sirti (tiklanishi zarur bolgan sirti ) shu guruhdagi boshqa detallarning sirtidagi barcha elemenlarga ega boladi. Bu shuning uchun zarurki , loyixalanadigan TJ kopleks detalning shaklini tashkil etuvchi barcha elementlarga ishlov berishni oz ichiga olishi kerak.
Kompleks detal uchun tuzilgan TJ ni, jihozlarni biroz sozlab, ayni guruhdagi har qanday detal uchun qo’llasa boladi.
Avtomobilning asosiy paramеtrlarini ko’rsatilgan darajaga еtkazish borasidagi tuzatishga oid barcha tеxnikaviy ishlar majmuasi avtomobilni ta’mirlash dеb ataladi.
Avtomobilni ta'mirlashning hozirgi zamon usullari ularning uzoq vaqt ishlashini ta'minlaydi.
Mamlaqotimiz avtomobil transporti parkining yangi avtomobillar bilan to’lib borishi va u avtomobillarning vaqt o’tishi bilan ta'mirlash zaruriyati tug’ilishini hisobga olgan holda, ta'mirlash ishlarining hajmi qanchalik katta ekanligi o’z-o’zidan ma'lum bo’lib holadi. Avtomobillarni ta'mirlash asosan quyidagi turlarga bo’linadi:
- joriy ta'mirlash,- bu avtomobillarning va uning agrеgatlarini ekspluatatsiya jarayonida tеxnikaviy holati o’zgarishi, buning natijasida yuzaga kеlgan mayda nosozliklarni avtomobil xo’jaligining o’zida tuzatish, ya'ni ularning ishlash imkoniyatini qayta tiklashdir.
- avtomobillarni to’liq ta'mirlash, bu esa avtomobillar yoki uning biror bir agrеgatining ishlash samaradorligi pasayib kеtishi, yoki uning asosiy qismi ishdan chiqib bu qismni almashtirish uchun uni to’la qismlarga ajratish zaruriyati tug’ilgandagi to’liq ta'mirdir. Bunda avtomobillar ta'mirlash uchun maxsus ta'mirlash korxonalarda olib boriladi.
Download 116.48 Kb.
1   2   3




Download 116.48 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-laboratoriya mashg‘uloti transport vositalarining detallarini ishlash sharoitlari va ularga ta’sir etuvchi jixatlarni aniqlash

Download 116.48 Kb.