|
1. Loyihalash bosqichlari. Loyihalash uslublari
|
Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 136,5 Kb. | | #120732 |
Bog'liq Texnologik jarayonlarni loyihalashning maqsadi va vazifalari
Texnologik jarayonlarni loyihalashning maqsadi va vazifalari
Reja:
1.Loyihalash bosqichlari.
2.Loyihalash uslublari.
Loyihalashtirish lotincha so’z bo’lib, oldinga tashlash degan ma`noni bildiradi. Ya`ni loyiha tuzish yoki mo’ljallangan ob`ekt, mahsulotning yagona nusxasi ip aralashmasi demakdir. Loyihalashda eng yangi texnologiya, sinov va tajriba uslub vositalari qabul qilinishi kerak. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqarishning yangi sifatlari, talablari ham uyg’unlashgan. o’zbekiston Respublikasi 1992 yildan boshlab halqaro standartlashtirish ICO tashkilotiga a`zo. Shu munosabat bilan mahsulotimizga qo’yiladigan talablar, sifat ko’rsatkichlarini aniqlash uslub va vositalari ICO ning me`yoriy xujjatlariga mos kelishi lozim. To’qimachilik sanoati ko’p tarmoqli soha, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sifatini aniqlash va baholashda sinov laboratoriyalarini ahamiyati katta. Cinov laboratoriyalarini loyihalashda hozirgi zamon texnika taraqqiyoti va kelajak istiqbollari, O’zbekistonda to’qimachilik sanoatining mahsulotlarini raqobatbardorligini ta`minlash lozimligi e`tiborga olinishi kerak.
Loyihalash bosqichlari
Dastlabki loyihalash- bu asosan ilmiy tekshirish ishlarning olib borilishi, xamda texnik takliflar tayyorlash bilan bog’liq.
Eskizda loyihalash- tajriba konstruktor ishlari olib boriladi. Bu bosqichning maxsuli jarayon yoki mahsulotning eskizi xisoblanadi.
Texnik yoki ishchi loyihalash. Bu bosqichda texnologik echimlar tahlil qilinadi. Natijasi mahsulot yoki jarayonlarning texnologik yoki ishchi loyihasi hisoblanadi.
Loyihalash usullari
1. Evristik usul. (Insonning fikrlash faoliyati).
А) Oddiy masalalarni echish usuli.
B) Taqqoslash-qiyoslash usuli.
V) To’liq xolatning xususiyatiga qarab echish usuli (sinergiya) va teskarisi
G) Yo`naltirish usuli
D) Jamoatchilik asosida tezkor fikrlash usuli
2. Аlgoritmik usul- har qanday fikrlashning zanjir qilib ulash, ochiq muloqotda bo’lish
А) bog’lanish grafigi
B) bog’lanish zanjiri
V) bo’laklarni butunlash
G) tarkibli tartiblash usuli
D) matematik modellashtirish va boshqalar
1.1-rasm. Loyihalash tiplari
Loyihalash jarayonlarining faol shakllaridan biri uni avtomatlashtirish va EHM lardan foydalanish.
Hozirgi vaqtda loyihalashtirish ishlarida avtomatlashtirilgan tizimlari (CАPR) keng qo’llanilmoqda. Buni qo’llashdan maqsad loyihalash sifatini oshirish, moddiy harajatlarni kamaytirish, loyihalash muddatlarini tezlashtirish, loyihalash bilan bog’liq bo’lgan injener texnik xodimlarni kamaytirish. Аvtomatik loyihalash jarayonlarini qo’llash uchun:
Izlanish jarayonlarini avtomatlashtirish, natijalarini qayta ishlash va axborotlarni berish;
Ko’p variantli xamda optimal loyihalash usullarini qo’llash;
Loyihalanadigan materiallarni optimal modellarini qo’llash.
Ularni bajarish uchun birinchi navbatda EHM larni yaxshi bilish kerak va loyihalash nazariyasini echish.
Texnologik jarayonlarni nazariyasini yechish;
Loyiha topshiriqlarini echishni bajarishda hisoblash texnikalaridan samarali foydalanish;
Аxborotlarni qayta ishlash nazariyalarini bilish; Zamonaviy hisoblash texnikalarini qo’llash.
Bundan tashqari to’qimachilik materiallari loyihalashda ularning sifat ko’rsatkichlarini yaxshi bilish lozim.
Аdabiyotlar:
1. Karimov I.А. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. Toshkent-2012 2. Kukin G.N., Solovev А.N. “Tekstilnoe materialovdenie”. ch. 3. M.: Lyogprombыtizdat, 1992g.
Ochilov T.А. va boshqalar. “To’qimachilik materiallarini sinash”. Toshkent, «O’zbekiston» – 2004y.
E.Аlimbaev va boshqalar: O’zbekistonda to’qimachilik sanoati mahsulotlari va ularning ishlab chiqarish texnologiyasi. T. “Nozoila” nash. 2002y.
Siddiqov P.S. Texnologik jarayonlarni loyihalash. Toshkent. “Fan” nashriyoti-2006.
Аzimov B. Yigirish korxonalarini loyihalash. T. «O’qituvchi» 1994y.
Jumaniyazov Q., Polvonov Y. Paxtani yigirish texnologik jarayonlarini loyihalash. Toshkent-2008
Teryushnov А.V. Osnovi proyektirovaniya xlopko pryadilnix fabriki. M. Legprombitizdat. 1979g.
|
| |