• 4. Marketing faoliyatining kommunikatsion jarayonlari
  • Marketing
  • 1. Marketing tushunchasi Marketing kompaniyasi, marketing kommunikatsiyalari Axborot texnologoyilarning marketing




    Download 145 Kb.
    bet1/3
    Sana21.11.2023
    Hajmi145 Kb.
    #102849
      1   2   3
    Bog'liq
    5-mavzu


    5-MAVZU.MARKETING VA ISHLAB CHIQARISHDA
    AXBOROT TEXNOLOGIYALRNING AHAMIYATI


    REJA:
    1. Marketing tushunchasi
    2. Marketing kompaniyasi, marketing kommunikatsiyalari
    3. Axborot texnologoyilarning marketing jarayonidagi ahamiyati
    4. Marketing faoliyatining kommunikatsion jarayonlari

    Marketingda eng asosiysi, bozorni, xaridorlar talab va ehtiyojlarini chuqur va har taraflama o`rganish va ishlab chiqarishni shuning asosiga qurish, ikkinchi tomondan esa bozorga, mavjud talab va ehtiyojga faol ta’sir ko`rsatish, xaridorlarning muayyan mollarga bo`lgan talablarini shakllantirishdan iborat.


    “ Axborot kommunikatsion texnologiyalari –oddiy bo’lmagan tovardir. Bozorda ular istalgan mahsulot va ishlab chiqarish vositasi sifatida bo’ladi, chunki bozorning faoliyati axborot ta’minotiga bog’liq. Interaktiv xizmatning vjudga kelishi davrida marketing bo’yicha mutaxassislar o’zlarining beosita asosiy iste’molchialriini har tomonlama bilganalr va tegishli aborotlarni yig’ish uchun ular bilan tog’ridan tog’ri aloqalr o’rnata olganlar.”
    Bunga yangi texnikalarning, yangi kompyuterlar, nusxa ko’chiruvchi mashinalar, videomagnitofonlar va boshqalarning keng ko’lamda ishlatilishi keng imkoniyatlar yaratmoqda.
    “Amaliyotda ilk bor marketing bo’limlari 1911 yilda «Kretis pablishing Ko», «Svift end Ko», «Yu.S. Rabker Ko» kabi kompaniyalarning boshqaruv apparati tarkibida tashkil topdilar. 1926 yilda AQShda marketing va reklama o’qituvchilarning Milliy assotsiatsiyasi tuzildi. 1931 yilda Amerika marketing jamiyati, 1937 yil esa Amerika Milliy assotsiatsiyasi tuzildi. 30-40-yillarda ko’pgina iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda milliy marketing assotsiatsiyalari tashkil topdi. 50-60-yillarda halqaro marketing federatsiyasi, jamoatchilik fikrlari va marketing bo’yicha Yevropa jamiyati va Yevropa marketing akademiyasi kabi halqaro marketing tashkilotlari tuzildi. 1986 yilda «Sovplastital» qo’shma korxonasida birinchi bo’lib marketing bo’limi tuzildi. Keyingi yillarda Tashtekstilmash, Chkalov aviatsiya birlashmasi, Toshselmash kabi yirik korxonalarda ham marketing bo’limlari tuzildi.”6
    Marketing- tovar ayirboshlash yo’li bilan extiyoj va talablarni qondirishga yo’naltirilgan inson faoliyatinig turi, bozordagi barcha qatnashchilarning o’zaro manfaatlariga asoslangan xarakatlarini, talabini shakillantirish va qondirish uchun birlashtirishdir. Marketing – bu tovar xarakatining barcha bosqichlarini o’z ichiga oluvchi, talab, taklif va bahoni o’rganish, mahsulot ishlab chiqarish dasturini yaratish, sotish va iste’mol qilish va iste’moldan keyingi turli xildagi servis xizmatlar ko’rsatish va iste’moldan chiqqandan keyin utilizatsiyalashni tashkil qilish kabi bozor muammolarini yechishda yaxlit-tizimli yondashishdir.
    Marketingni kompyuterlarsiz, axborot texnologiyalarisiz tasavvur etib bo`lmaydi. Endi quyidagi terminlar bilan tanishib chqsak:
    Marketing – axborot bozorida maksimal foyda olish maqsadida axborot industriyasi ishlab chiqargan mahsulotlarni taqsimlash va sotish sohasidagi tijorat faoliyati. Axborot bozorining ehtimoliy hajmini, gazeta-jurnal, teleradiodastur, axborot byulleteniga boʻlgan ehtiyoj va talablarning mazmuni va hajmini belgilash, axborot mahsulotlarining tarqatilishi hududini, ularni bozorga yetkazish imkoniyatlarini, shuningdek, bozorga chiqish vaqtini aniqlashni nazarda tutadi. Bozorni oʻrganish va taxmin qilish asosida aniq isteʼmolchilarning ehtiyojini qondirish va daromad olishga moʻljallab mahsulot ishlab chiqarish, sotishni tashkil qilishning, eksport qiluvchi korxonaning ichki va tashqi muhitini oʻrganishning, marketing dasturi asosida bozorda faoliyat olib borishning strategiya va taktikasini ishlab chiqish tizimi. Marketing ijodiy boshqaruv faoliyatining bir turi boʻlib, u isteʼmolchilarning ehtiyojini oʻrganish, ularni qondirish uchun tadqiqotlar va ishlanmalarni yoʻlga qoʻyish vositasida ishlab chiqarish va savdoni kengaytirish hamda bandlikni oshirishga koʻmaklashadi. Marketing ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan mahsulot va xizmatlarni sotish imkoniyatlarini oʻzaro bogʻlaydi, isteʼmolchiga koʻp miqdorda mahsulot sotish orqali daromad olish uchun zarur boʻlgan butun faoliyatning xarakteri, yoʻnalishlari va koʻlamini asoslab beradi.

    Download 145 Kb.
      1   2   3




    Download 145 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Marketing tushunchasi Marketing kompaniyasi, marketing kommunikatsiyalari Axborot texnologoyilarning marketing

    Download 145 Kb.