Marketing oʻramasi – har bir qadami xaridni amalga oshirishga yaqinlashtiradigan potensial mijozingiz bosib oʻtadigan yoʻl.
Marketing trendi – turli industriyadagi marketologlar qoʻllaydigan mashhur strategiya yoki taktika.
Marketing-kit – kompaniyaning taqdimoti va uning xizmatlarini sotish vositasi. Qoidaga koʻra, bu kompaniya haqida toʻliq tasavvur beruvchi marketing materiallari komplektidir.
Axborot texnologiyalarini joriy qilgan ba’zi korxonalar, uchun afzallikni saqlab qolish dolzarb hisoblanadi (A). Bunday korxonalarda oliy daraja rahbarlari axborot texnologiyalarni rejalashtirish va foydalanish uchun bevosita javobgar hisoblanishadi. Masalan, AQShda Bank One prezidenti axborot texnologiyalarni rejalashtirish qumitasini boshqaradi hamda o’zini axborot texnologiyalarni ishlatishda va joriy etishni boshqarishda shaxsan javobgardir deb hisoblaydi.
B oshqa firmalar marketinga axborot texnologiyalarni joriy qilish imkoniyatlari minimal bo’lgan vaziyatdadir, biroq ishlab chiqarish va logistikada axborot texnologiyalardan foydalanish uchun kattagina salohiyatga ega. Mazkur korxonalar oldida integrasion sifatini yaxshilash vazifasi turadi (B). Bunday korxonalarda axborot texnologiyalari uning sifatini oshirish va xarajatlarni nazorat qilish yuli bilan, mahsulot chiqarishni va taqsimlashni modernizasiyalash, integrasiyalash va muvofiqlashtirishga yo’naltirilgan.
Mazkur axborot texnologiyalar kattagina investisiyalarni, hamda joriy etish va boshqarishga funksionalaro yondashuvni talab etadi. Funksionalaro integrasiyalar uchun oliy rahbariyat bilan axborot texnologiyalar bo’linmalarning rahbarlari o’rtasida uzviy aloqa dolzarb hisoblanadi.
Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologoyilarning marketing jarayonidagi ahamiyati
Mamlakatimizda aloqa va axborotlashtirish sohasini rivojlantirish, barcha sohalarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, jahon axborot makoniga integratsiyalashish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
boshqaruv jarayonlari, shuningdek, biznes sohasiga va fuqarolarga davlat xizmatlari ko'rsatish tizimini shakllantirish;
tadbirkorlar va aholiga interaktiv davlat xizmatlari ko'rsatishning elektron shakllarini joriy qilish;
milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish;
zamonaviy texnologiyalar asosida videotelefonlar, internet-televideniye, yuqori tezlikdagi internet, HDTV kanallarini namoyish qilish;
xizmat ko'rsatish imkonini beradigan 2 ming kilometr uzunlikdagi keng polosali optik tolali aloqa tarmog'i qurilishini yakuniga yetkazish;
internet tarmog'ida turli yo'nalishlardagi zamonaviy milliy veb-resurslarni yaratish.
Axborotlashtirish sohasidagi islohotlarning olib borilishi natijasida respublikamizning barcha tarmoqlari va davlat boshqaruvi organlari oldiga qo’yilgan vaziflardan kelib chiqib , zamonaviy axborot-komunikatsion texnologiyalari (AKT) va telekomminikatsiya tizimlarini rivojlantirish va ularni hayotga keng joriy etish qilinishiga erishilmoqda.
bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yo’naltirilgan ko’p tarmoqli axborot industriyasini tashkil etish;
AKTni iqtisodiyotning turli sohalarida keng joriy qilish orqali jamiyatimizning ichki mustahkamligi va ijtimoiy birligini tashkil etish.
Mamlakatda iqtisodiyotni rivojlanishi, boshqarish tizimini mukamallashtirish axborotlarsiz amalga oshirib bo’lmaydi. Biz doimo hamma darajada marketing tadqiqotlarini tashkil etish bilan jiddiy shug’ullanishimiz zarur. Buning ucun avvalo bozorlarning taraqqiyot tamoyillarini yaxshi bilishimiz katta axamiyatga ega.
Xalqaro tajriba shuni ko’rsatadiki davlat boshqaruvida AKTni qo’llash uning natijaviy samaradorligini,xususan axborotning o’zaro ta’siri ,qayta ishlanishi va izlanishni amalg oshiridh uchun vaqt qisqarihsi hisobiga unumdorlini o’rtacha 20 foizga ko’paytirishga imkon yaratilmoqda .
Axborotlar milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, sohalari, bo’linmalari (ish joyidan tortib vazirliklargacha) o’rtasida va ushbu korxona bilan o’xshash korxonalar va tashkilotlar o’rtasida uzluksiz axborot almashishdan iborat.
Fan-texnika taraqqiyoti o’sishi bilan birga chiqarilayotgan tovarlarning nomenklaturasi ham ortadi, tez yangilanadi, ishlab chiqarishning texnika bazasi zamonaviy va murakkab mashinalar sistemasi bilan boyiydi, texnologik jarayonlar intensivlashadi va murakkablashadi, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish kengayadi va hokazo.
“Marketing faoliyatining kommunikatsion jarayonlari (KJ),uning alohida ob’ektlari o’rtasida axborotlar almashuvida namoyon bo’lib, korxona MAT axborot jarayonlarining barcha bosqichlariga kirib boradi. Uning ahamiyati va hususiyatlari axborotlarni yig’ish, ro’yxatga olish va uzatish hamda korxonaning bozor va ishlab chiqarish jaryonini tartibga solishdagi teskari aloqa vazifasini amalga oshirishda eng ko’p darajada namoyon bo’ladi.”
Bozor imkoniyatlarini yaxshiroq bilish va marketing muammolarini yechish uchun har qanday tashkilot, korxona yoki firmaga to’liq va haqqoniy axborot zarur. Ular o’z xaridorlarini, raqobatchilarini, vositachilarini sotish va baholar to’g’risidagi ma'lumotlarga ega bo’lmasdan turib, har tomonlama tahlil, rivojlantirish va nazorat qilishni amalga oshira olmaydilar.
Mashhur amerikalik marketologlardan biri shunday degan edi: "Biznesni boshqarish - bu uning kelajagini boshqarish, kelajagini boshqarish - axborotga egalik qilishdir". Haqiqatdan ham, axborot moliyaviy, xom-ashyo, asbob-uskunalar va ishchi kuchi kabi muhim boshqarish resursi va ob'ekti bo’lib qolmoqda. Shu bilan bir vaqtda, xorijlik tadqiqotchilar ta'kidlaganidek, bozor to’g’risidagi axborotlardan to’liq qoniqqan korxonani topish juda mushkul.
Ularning ko’pchiligi marketing tadqiqot bo’limlariga ega emaslar, boshqalari o’z tarkiblarida, sotishni istiqbollash va tahlil qilish bilan shug’ullanuvchi kichik bo’limlarga egadirlar. Endi bizdagi ahvolga kelsak, bozorning ahvoli haqida axborot to’plash hali o’z rivojining ilk bosqichidadir. Lekin yangidan-yangi talablarning shiddat bilan rivojlanishi, marketingning baynalminallashuvi, raqobatning keskinlashishi samarali axborotlarga egalik qilishni kun tartibiga qo’ymoqda.
Nazorat uchun savollar:
1. Marketing tushunchasini izohlang.
2. Marketing sohasida axborot kommunikatsiyalarining o`rnini qanday tushunasiz?
3. Axborot texnologoyilarning marketing jarayonidagi ahamiyatini qanday izohlaysiz?
4. Biznesni boshqarish deganda nimani tushunasiz?
|