|
1. Marketing tushunchasi Marketing kompaniyasi, marketing kommunikatsiyalari Axborot texnologoyilarning marketing
|
bet | 2/3 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 145 Kb. | | #102849 |
Bog'liq 5-mavzuM arketing kompaniyasi – aniq bir OAV kanali faoliyatini yuritish uchun ahamiyatli boʻlgan axborot bozorining barcha jihatlarini oʻrganish, uning istiqbollarini, maqsadli auditoriyasining oʻziga xosligini, bozordagi raqobat muhitini va boshqa jihatlarni aniqlash maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar majmui. Bunday kompaniyaning bosh maqsadi – mazkur OAV kanalining bozordagi mavqeini mustahkamlash, uning taʼsischi va rahbarlariga koʻproq daromad olishda koʻmaklashishdan iborat. U tahririyat noshirlik marketingining keng koʻlamli va eng samarali usuli hisoblanadi.
Marketing kommunikatsiyalari – ommaviy kommunikatsiyalarning oʻziga xos xususiyatga ega qismi, yaʼni maqsadga aniq yoʻnalganligida, xabarlarning koʻp marotaba takrorlanishida, maqsadli auditoriyaga kompleks taʼsir koʻrsatishda namoyon boʻladi. Bular sirasiga: reklama, PR (pablik rileyshnz), tijorat targʻiboti (publicity), shaxsiy savdolar (personal sales), sotishni ragʻbatlantirish (sales promotion), bevosita marketing, brending (branding), direkt-marketing (direct marketing) kabilar kiradi.
Marketing kompleksi – bozorga maksimal darajada taʼsir koʻrsatish uchun uygʻun tarzda bir biri bilan bogʻlanadigan marketing vositalari majmui. Marketing kompleksining asosiy unsuri tovar hisoblanadi (boshqa unsurlari: tovarning narxi, uni taqsimlash kanallari – sotish, sotishni koʻpaytirish — ommalashtirish).
M arketing tadqiqotlari – narxni arzonlashtirishga, marketing oʻtkazishga yoki tovarlarni taqsimlashga, sotishni koʻpaytirish va daromad miqdorini oshirishga qaratilgan faoliyat. Tovarlarni sotishga oid dalillarni toʻplash, roʻyxatga olish va tahlil qilish, ularning ishlab chiqaruvchidan isteʼmolchiga tomon harakatlanishi, ehtiyojga taʼsir koʻrsatuvchi uslublarni tadqiq etish – sotishni ragʻbatlantirish, reklama.
Marketing avtomatizatsiyasi – foydalanuvchilarga kontentni ular amalga oshirayotgan harakatlar va sayt bilan oʻzaro aloqa usullari asosida intellektual va avtomatik yuborish jarayoni.
|
| |