Marketing faoliyatini axborot bilan




Download 170.43 Kb.
bet1/6
Sana29.02.2024
Hajmi170.43 Kb.
#164480
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-Mavzu. Marketing faoliyatini axborot bilan ta\'minlash reja-fayllar.org
Matematika 2-sinf oxirgi pechat (2)min, 501 Website Hacking Secrets, Salom hammmaga, 361, O`lchanadigan kattalilarning miqdor va sifat хaraktеri, Galaktikalarning Koinotda taqsimlanishi, retsept farma, @uqituvchiga hujjat baxolar vedmosti, @uqituvchiga hujjat Dalolatnoma, 1-Sinf SINF SOATI 2023-2024 OQUV YILI, portal.guldu.uz-Hayvonlar ekologiyasi ma`ruza matni, 123456789, Zoologiya fanidan test savollari, CEFR-B2-Sample-V2, 1-Tema Qala jolları hám kóshelerinde háreket qawipsizligin shólkemlestiriw páni jáne onıń wazıypaları.

MARKETING FAOLIYATINI AXBOROT BILAN
TA'MINLASH 
Reja: 
1. Marketingda axborotlarning ahamiyati
2. Marketing axborotlari turlari
3. Marketing axboroti manbalari

1. Marketingda axborotlarning ahamiyati. 
Mamlakatda iqtisodiyotni rivojlanishi, boshqarish tizimini 
mukamallashirish axborotlarsiz amalga oshirib bo’lmaydi. Axborotlar milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, sohalari, bo’linmalari (ish joyidan tortib vazirliklargacha) o’rtasida va ushbu korxona bilan o’xshash korxonalar va tashkilotlar o’rtasida uzluksiz axborot almashishdan iborat. Fan-texnika taraqqiyoti o’sishi bilan birga chiqarilayotgan tovarlarning nomenklaturasi ham ortadi, tez yangilanadi, ishlab chiqarishning
texnika bazasi zamonaviy va murakkab mashinalar sistemasi bilan boyiydi,
texnologik jarayonlar intensivlashadi va murakkablashadi, ishlab chiqarishni
ixtisoslashtirish kengayadi va hokazo. Shuning uchun korxonada foydalanadigan
axborotlarning miqdori keskin ortadi. Shuni aytish kifoyaki, hozirgi zamon
mashinasozlik korxonasida boshqarish ehtiyoji uchun har soatda 100 mingdan
ko’proq yoki kuniga bir milliongacha axborot belgilarini ishlab chiqarish talab
qilinadi. Axborotlar etishmasa, yoki ulardan to’la foydalanilmasa, boshqarishda
xatoliklarga yo’l qo’yilishi mumkin. Chunki bunday holda rahbar ishlab
chiqarishning ahvoli haqida to’la ma'lumotga ega bo’lmaydi. Bozor imkoniyatlarini
yaxshiroq bilish va marketing muammolarini echish uchun har qanday tashkilot,
korxona yoki firmaga to’liq va haqqoniy axborot zarur. Ular o’z xaridorlarini,
raqobatchilarini, vositachilarini sotish va baholar to’g’risidagi ma'lumotlarga ega
bo’lmasdan turib, har tomonlama tahlil, rivojlantirish va nazorat qilishni amalga
oshira olmaydilar.
Mashhur amerikalik marketologlardan biri shunday degan edi: "Biznesni
boshqarish - bu uning kelajagini boshqarish, kelajagini boshqarish - axborotga egalik
qilishdir". Haqiqatdan ham, axborot moliyaviy, xom-ashyo, asbob-uskunalar va
ishchi kuchi kabi muhim boshqarish resursi va obyekti bo’lib qolmoqda. Shu bilan
bir vaqtda, xorijlik tadqiqotchilar ta'kidlaganidek, bozor to’g’risidagi axborotlardan
to’liq qoniqqan korxonani topish juda mushkul. Ayrimlar aniq ma'lumotlarning
etishmasligidan nolisalar, boshqalari noaniq axborotning ko’pligidan noliydilar.
Bundan tashqari, axborotning qanchalik haqqoniyligini aniqlash ham muammodir.
Shuning uchun, hatto xorijda ham xaridor bozori sharoitida juda kamdan-kam
firmalargina rivojlangan marketing axboroti tizimiga ega ekanliklari bilan maqtana


oladilar. Ularning ko’pchiligi marketing tadqiqot bo’limlariga ega emaslar,
boshqalari o’z tarkiblarida, sotishni istiqbollash va tahlil qilish bilan shug’ullanuvchi
kichik bo’limlarga egadirlar. Endi bizdagi ahvolga kelsak, bozorning ahvoli haqida
axborot to’plash hali o’z rivojining ilk bosqichidadir. Lekin yangidan-yangi
talablarning shiddat bilan rivojlanishi, marketingning baynalminallashuvi,
raqobatning keskinlashishi samarali axborotlarga egalik qilishni kun tartibiga
qo’ymoqda. Bunga yangi texnikalarning, yangi kompьyuterlar, nusxa ko’chiruvchi
mashinalar, videomagnitofonlar va boshqalarning keng ko’lamda ishlatilishi keng
imkoniyatlar yaratmoqda.


Download 170.43 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 170.43 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Marketing faoliyatini axborot bilan

Download 170.43 Kb.