143
7–bo‗limda «Mahsulot va xizmatlarning muvofiqligini
tasdiqlovchi milliy
tizimni takomillashtirish» deb nomlangan muvofiqlikni tasdiqlashning amaliy
yo‗nalishlari ko‗rsatilgan.
8– bo‗limda Xalqaro standartlar darajasida ishlab chiqarishni o‗zlashtirganligi
va mahsulot ishlab chiqarganligini rag‗batlantirish masalalari o‗z aksini topgan.
Konsepsiyaning «Kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash
va malakasini oshirishni
takomillashtirish» deb nomlangan 9 - bo‗limda O‗zbekistonni Jahon Savdo
Tashkilotiga a‘zo bo‗lib kirishga tayyorlash davrida o‗quv jarayonini kompleks
boshqarish masalalariga e‘tibor qaratilgan.
Konsepsiyani amalga oshirish chora-tadbirlar dasturi uch qismga ajratilgan:
1. Standartlashtirishni takomillashtirish;
2.
Ishlab
chiqarish,
mahsulot
va
xizmatlarni
sertifikatlashtirishni
takomillashtirish;
3.
Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish.