144
korxonalar sifatni boshqarish tizimlarini amalga oshirish va ulardan samarali
foydalanish, yuqori sifatli, inson hayoti uchun zararsiz mahsulot va xizmatlar
yaratish, ularning tashqi bozorda chet matlakatlarda ishlab chiqarilgan o‗xshash
mahsulotlar bilan raqobatda qatnashish va mahsulotni import qilinadigan
mamlakatlar hududlarida sertifikatlashtirish va standartlashtirish bilan bog‗liq
bo‗lgan ayrim texnik to‗siqlarni kamayishiga imkon yaratadi. Yana shu narsani
ta‘kidlash joizki, ISO 9000 xalqaro standarti oilasiga kiruvchi standartlarning joriy
etilishi birgina ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini yaxshilab va uning
xavfsizligini ta‘minlab qolmasdan, balki ular universal harakterga ega bo‗lganligi
sababli, ularni har qanday ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatish korxonalarida ham
qo‗llash mumkin.
Respublikamizning ishlab chiqarish korxonalarida ISO 9000 xalqaro standarti
bazasida sifatni boshqarish tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish mahsulot ishlab
chiqaruvchilar uchun yuqorida takidlab o‗tilganidek, ko‗plab qo‗layliklar yaratadi.
Shuningdek, ISO 9000 xalqaro standartlari bozor iqtisodiyoti sharoitida
korxonalarning barqaror faoliyat ko‗rsatishi va rivojlanishi uchun ham ma‘lum
darajada foyda olish garovi hisoblanadi.