155
almashinuvchanlikka
erishish, shuningdek ularning sifatini oshirishga imkoniyat
yaratadi. Hozirgi paytda jahon mamlakatlarining ko‗pchiligi ISO ning qo‗yim va
qo‗nimlar tizimini qo‗llaydilar. ISO tizimi metall ishlash sanoatida halqaro texnik
aloqalarni osonlashtirish (yangilashtirish) milliy qo‗yim va qo‗nimlar tizimini
unifikatsiyalash uchun yaratilgandir.
ISO halqaro tavsiyanomalarining milliy standartlarda qo‗llanish
turlicha
mamlakatlarda tayyorlanilgan bir turdagi detallarni, tashkil qiluvchi qismlarni va
buyumlarni (mashinalar) o‗zaro almashinuvchanligini ta‘minlashga sharoit yaratib
beradi. Mamlakatimizda esa ISO standartlari va tavsiyanomalarining
yagona tizimi
(DO‗YaT) ga o‗tmoqdalar. Bunga o‗tishdan maqsad respublikamizda sanoatni
ixtisoslashtirish zaruratligi, halqaro savdoni
rivojlantirish va undagi texnik to‗siqlarni
bartaraf qilishdir.
Bu shuningdek mamlakatimiz maxsulotlarini jahon bozorida
xaridorgirligini oshirishni ta‘minlaydi.
ISO ning qo‗yim va qo‗nimlar tizimi va respublikamizning DO‗YaT – umumiy
mashina detallari uchun qat‘iy bir yagona prinsip asosida tuzilgan. Standart bo‗yicha
qo‗nimlarning ikkita teng huquqli tizimi o‗rnatilgan: Teshik tizimi (TT) va val tizimi
(VT). Shuningdek qo‗yim va qo‗nimlarning jadvallari ham teshik tizimi va val
tizimida tuzilgan.
Teshik tizimida – (TT) teshik asosiy detal bo‗lib
hisoblanib, qanday qo‗nim
bilan joylashtirishdan qat‘iy nazar nominal o‗lcham bo‗yicha ishlov beriladi
(detalning tanasiga qo‗yim berilib), turli xildagi qo‗nimlar tirqish, o‗tishli, taranglik
bilan) valning chekli o‗lchamlarini o‗zgartirish hisobiga ta‘minlanadi, TT – dagi
qo‗nimlar N bilan belgilanadi.
Val tizimidagi (VT) qo‗nimlarda – val asosiy detal bo‗lib hisoblanib qanday
o‗tkazilishidan qat‘iy nazar, nominal o‗lchov bo‗yicha ishlov beriladi (detal
tanasining qo‗yimi bilan), turli xildagi qo‗nimlar esa teshikning chekli o‗lchamlarini
o‗zgartirish hisobiga ta‘minlanadi. VT dagi qo‗nimlar (h) bilan belgilanadi.
Barcha qo‗nimlar uchun «TT» da teshikning pastki og‗ish – EI=0,
barcha
qo‗nimlar uchun val tizimida (VT) valning yuqorigi og‗ishi ES=0.
Demak, asosiy teshikning qo‗yim maydonlari nol chizig‗idan yuqoriga, valniki
esa nol chizig‗idan pastga joylashtiriladi. Shunday qilib, teshik tizimida teshik
qo‗yimi teshikning o‗lchamini oshiradi, val tizimida esa val qo‗yimi
valning
o‗lchamini kamaytiradi. Mashinasozlikda qo‗yimlar joylashishining ikkala tizimi
ham, teshik tizimi ham, val tizimi ham ishlatiladi, val yoki teshik tizimini, u yoki bu
qo‗nimlarni tanlash konstruktiv, texnologik va iqtisodiy nuqtai nazardan aniqlanadi.
156
Biriktirilgan detallarning o‗zaro ishlashi nuqtai nazaridan olganda bu ikkala
tizim bir-biriga aynandir. Lekin, teshik tizimi val tizimidan ishlab chiqarish jixatidan
birmuncha afzalroqdir. Chunki detallarni teshik tizimida yig‗ish uchun ishlov
berganda kesish va o‗lchash asboblari ancha kam ishlatiladi. Bundan tashqari teshikni
valga moslashdan ko‗ra, valni teshikka moslash ancha oson va arzonga tushadi.
Shuning uchun ham mashinasozlikda ayrim xollarda
val tizimini ishlatish
ma‘qulroqdir.