157
8.2 Davlat nazorati organlarining faoliyatlari va mansabdor shaxslarning
xuquq va majburiyatlari.
«O‗zstandart» Davlat nazorat organlari standartlashtirish,
metrologiya va
sertifikatlashtirish bo‗yicha keng qamrovli faoliyat ko‗rsatadi. Jumladan:
- standartlashtirish va metrologiya xizmatlari ishlarini nazorat qilish;
- mahsulot sifati nazorati bo‗yicha tavtish hay‘ati ishlarini boshqarish va
muofiqlashtirish bo‗yicha metodik boshqarish;
- standartashtirishning Davlat nazorati ishlarini umumlashtirish;
- davlat sinovlari o‗tkazish;
- standartlar va texnik shatlarini ro‗yxatga olish va ekspertlash;
- mahsulot sifatini shaxodatlashda qatnashish;
- muhim mahsulot va xizmat turlari bo‗yicha bosh korxonalarni shaxodatlash
kabi ishlarni tizimli olib boradi;
Standartashtirishning Davlat nazorati mansabdor shaxslariga davlat tomonidan
quyidagi huquqlar beriladi.
- standartlashtirish va metrologiya talablarini
qondirmaydigan konstruktorlik,
texnologik va boshqa ishlarni buyurtmachiga berilishini ta‘qiqlash;
- standartlashtirish va metrologiya talablariga mos kelmagan mahsulotlarni
ishlab chiqish, tashish, saqlash va foydalanishni taqiqlash;
- standartlashtirish me‘yor va talablarini buzib ish ko‗rib, kelayotgan korxona va
tashkilotlarga iqtisodiy sanksiya choralarini qo‗llash yo‗riqnomasini bitish;
Standartashtirishning Davlat nazorati «O‗zstandart» tomonidantasdiqlangan
yillik rejalar asosida muhim mahsulotlar sifatini oshirish, standartlashtirish
ishlarini
joriy qilish, ularni buzilishiga yo‗l qo‗ymaslikka qaratilgan xalq-xo‗jaligining
barqaror rivojlanishini ta‘minlaydigan tadbirlarni amalga oshirib boradi.
Yillik rejalar nafaqat yetakchi korxona va tashkilotlar faoliyati, balki barcha
o‗zaro munosabotdagi korxona va bo‗limlar faoliyatini tekshirish bo‗yicha komplekt
nazorat ko‗rinishida tuzilgan va amalga oshirilgan bo‗lmog‗i lozim.