158
- ilmiy-tadqiqot, loyiha-konstruktorlik-texnologik tashkilotlarda davlat soha
standartlari talablariga rioya qilinishini, chiqarilayotgan
mahsulot sifati va boshqa
ko‗rsatmalarini standartlart talablariga to‗g‗ri kelishini;
- standartlar ishlab chiqiladigan tashkilotalarda ularni sifati va maqsadli ishlab
chiqalishi, joriy etilish holati, sinash va joriy etilish ketma-ketlik boshqichlarining
to‗g‗riligi va shu kabilar;
- transport va xizmat sohalarida ko‗rsatilayotgan
xizmat yoki transport
vositalarining
mahsulotga
mosligi,
qadoqlash,
tamirlash,
yuklash-tushirish
sharoitlarining talabga javob berishi;
- savdo tashkilotlarida mahsulot sifati, uni saqlash va savdoga chiqarish
holatlarining muvofiqligining standart talablariga mos kelishi;
- foydalanadigan va iste‘mol qiladigan tashkilotlarda, to‗g‗ri
foydalanish va
to‗g‗ri iste‘mol qilish talablariga mos kelishi, saqlash, ishlatish, muddatlarining
me‘yordan oshib ketmasligi.
Ko‗rsatilgan barcha ob‘ektlarda nazoratning metrologik taminoti, qoida qanday
o‗lchab, qanday nazorat qilish vositalariga alohida e‘tibor beriladi.
Standartlarga rioya etilganlik nazorati:
Konstruktorlik-texnologik hujjatlarni ishlab chiqarilayotgan
mahsulot yoki
buyumga mosligi, texnologik jarayonni standart talabida tashkil etilganligi, mahsulot
yoki buyumni vaqti-vaqti bilan tekshirib, sinab turish imkonlari mavjudligi kabi
ishlarni o‗z ichiga olmog‗i zarur.
Korxonalarda standartlar6ni qo‗llanilishi va ularga amal qilish tartiblari
quyidagicha bosqichma-bosqich kuzatish yo‗li bilan nazorat qilinishi mumkin.
1.
Tekshiruvdan avvalgi tanishuv bosqichi.
Bu bosqichda korxona va u ishlab chiqarayotgan
buyum yoki mahsulot haqida
dastlabki ma‘lumotlar belgilab olinadi; jumladan:
- korxonaning asosiy iqtisoslashtirilganligi;
- tekshirilayotgan mahsulotning boshqalarga nisbatan ulushi;
- etalon (namuna)ning mavjudligi;
- bosh tashkilot yoki korxona tomonidan o‗tkazilgan tekshiruv natijalarining
mavjudligi.
2. Korxonada tanishuv. Korxonada muayyan tekshiruv yuzasidan barcha
ma‘lumotlar bilan bevosita tanishib chiqiladi.
Me‘yoriy hujjatlar jumladan, standartlarning qo‗llanilishi, ularga rioya qilinishi,
ko‗rilgan va ko‗rilayotgan chora tadbirlar. Standartlarni joriy etilishidagi
159
buyruqlarning
mavjudligi,
ularning
bajarilishi.
Konsturuktorlik-texnologik
hujjatlarning sifati, mavjudligi, ularga amal qilinish holatlari va x.k.
Tekshiruv haqidagi buyruq chiqqanidan so‗ng zarur namunalar tanlab olinadi va
nazorat boshlanadi.
3. Mahsulot yoki buyumni ishlab chiqarishda qo‗llanilayotgan
standart, texnik
shart va texnologik reglamentlarga rioya qilinishning to‗g‗ri kelishligi. Texnologik
reglamentlarning buzilmaganligi, texnalogik xaritaga mosligi nazorat qilinadi.
4. Mahsulot sifati nazorati bo‗yicha barcha omillarni o‗lchov asboblarining
metrologik holati tekshiriladi.
5. Qo‗llanilayotgan standart
talablarining buzulmaganligi, uni takomillashtirish
borasidagi yangi standartlarni qo‗llanilish rejalarining mavjudligi nazorat qilinadi.
6. Barcha tekshirilgan jarayonlar ma‘lumotlarni umumlashtirilganligi haqida
aktlar tuzilib imzolanadi va ular tegishliy joyga taqdim etiladi.