173
shuningdek ushbu Qonun qoidalarini buzganlik uchun undiriladigan jarima
mablag‗larining O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda
davlat
nazorati
organlariga
yo‗llanadigan
qismi
ham standartlashtirish,
standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan
davlat nazoratiga doir
ishlarni moliyaviy ta‘minlash manbalari bo‗lishi mumkin.
Respublika budjeti mablag‗laridan to‗liq yoki qisman ta‘minlanadigan davlat
dasturlarini ishlab chiqishda mahsulot sifatini normativ jihatdan ta‘minlash bo‗limlari
nazarda tutilishi lozim.
12-modda. Standartlar qo‗llanilishini rag‗batlantirish
Davlat standartlarga, shu jumladan istiqbolga mo‗ljallangan, an‘anaviy
texnologiyalarning imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablarni o‗z ichiga
olgan standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamg‗alangan
mahsulotni ishlab
chiqaradigan
xo‗jalik faoliyati sub‘ektlari iqtisodiy qo‗llab-quvvatlanishi
va rag‗batlantirilishini kafolatlaydi.
Mahsulot
ishlab
chiqarishni
amalga
oshirayotgan
va mahsulotlarni
standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamg‗alash huquqini olgan xo‗jalik faoliyati
sub‘ektlarini
iqtisodiy
qo‗llab-quvvatlash
va rag‗batlantirish chora-
tadbirlari O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.