Sh Bo„lim. STANDARTLAR USTIDAN DAVLAT NAZORATI




Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/94
Sana04.10.2024
Hajmi2,06 Mb.
#273607
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94
Bog'liq
1 мъаруза ўЎ

Sh Bo„lim. STANDARTLAR USTIDAN DAVLAT NAZORATI 
8-modda. Davlat nazorati organlari va ob‘ektlari 
Xo‗jalik faoliyati sub‘ekt¬lari tomonidan standartlarning majburiy 
talablariga, standartlashtirishga taalluqli boshqa qonun hujjatlariga rioya etilishi 
ustidan davlat nazoratini «O‗zstandart» agentligi, O‗zbekiston Respublikasi Davlat 
arxitektura va qurilish qo‗mitasi, O‗zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish 
davlat qo‗mitasi, O‗zbekiston Respublikasi Sog‗liqni ¬saqlash vazirligi va ularning 
hududiy organlari, O‗zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, shuningdek 
boshqa maxsus vakolatli davlat ¬boshqaruv organlari o‗z vakolatlari doirasida 
amalga oshiradi. 


170 
Idoraviy bo‗ysunuvi va mulk shaklidan qat‘i nazar xo‗jalik faoliyati 
sub‘ektlarining, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullanayotgan jismoniy 
shaxslarning mahsuloti, shu jumladan sertifikatlashtirilgan mahsulot (ishlab chiqish, 
tayyorlash, saqlash, tashish, foydalanish, ta‘mirlash va chiqindini foydali suratda 
ishlatish bosqichlarida) davlat nazorati ob‘ekti hisoblanadi. 
Xo‗jalik faoliyati sub‘ektlari davlat nazoratini amalga oshirish uchun barcha 
zarur sharoitni yaratishlari shart. 
Standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini: 

standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o‗lchovlarning yagona birlikda 
bo‗lishini ta‘minlash bo‗yicha O‗zbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori; 

standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o‗lchovlarning yagona birlikda 
bo‗lishini ta‘minlash bo‗yicha Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 
shahar bosh davlat inspektorlari; 

standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o‗lchovlarning yagona birlikda 
bo‗lishini ta‘minlash bo‗yicha davlat inspektorlari amalga oshiradilar. 
9-modda. Davlat inspektorlari, ularning huquqlari va javobgarligi 
Standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini 
amalga oshiradigan davlat inspektorlari davlat boshqaruv organlarining vakillari 
hisoblanadilar. 
Davlat inspektori: 

xo‗jalik faoliyati sub‘ektining xizmat va ishlab chiqarish binolariga 
belgilangan tartibda kirish; 

xo‗jalik faoliyati sub‘ektidan davlat nazoratini o‗tkazish uchun kerakli hujjatlar 
va ma‘lumotlarni olish; 

davlat nazoratini o‗tkazishda xo‗jalik faoliyati sub‘ektining texnika 
vositalaridan foydalanish va mutaxassislarni jalb etish; 

standartlashtirish 
bo‗yicha amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq 
standartlarning majburiy talablariga muvofiqligini tekshirish uchun mahsulotlarning 
namunalari hamda nusxalarini tanlab olishni o‗tkazish, bunda ishlatib yuborilgan 
nusxalarning qiymati va sinovlarni (tahlillarni, o‗lchovlarni) o‗tkazish xarajatlari 
tekshirilayotgan xo‗jalik faoliyati sub‘ektlarining ishlab chiqarish chiqimlariga 
kiritiladi; 

mahsulotni yaratish, ishlab chiqarishga tayyorlash, tayyorlash, realizatsiya 
qilish (yetkazib berish, sotish), undan foydalanish (uni ishlatish), mahsulotni saqlash, 


171 
tashish va chiqindini foydali suratda ishlatish bosqichlarida, standartlar majburiy 
talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‗g‗risida ko‗rsatmalar berish; 

xo‗jalik faoliyati sub‘ekti tekshiruvdan bo‗yin tovlagan taqdirda mahsulotni 
realizatsiya qilishni man etish huquqiga ega. 
Standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o‗lchovlarning yagona 
birlikda bo‗lishini ta‘minlash bo‗yicha O‗zbekiston Respublikasi bosh davlat 
inspektori, standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o‗lchovlarning yagona 
birlikda bo‗lishini ta‘minlash bo‗yicha Qoraqalpog‗iston Respublikasi viloyatlar 
va Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari bundan tashqari: 

standartlarning majburiy talablari buzilganligi uchun xo‗jalik faoliyati 
sub‘ektlariga nisbatan jarimalar qo‗llash to‗g‗risida qarorlar qabul qilish; 

standartlar buzilishida aybdor bo‗lgan xo‗jalik faoliyati sub‘ektlarining 
mansabdor shaxslarini ma‘muriy javobgarlikka tortish; 

tekshirilgan mahsulot standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo‗lgan 
hollarda uni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki uni realizatsiya qilishni (yetkazib 
berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) to‗xtatib qo‗yish to‗g‗risida 
ko‗rsatmalar berish; 

standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo‗lgan va davlat ro‗yxatidan 
o‗tkazilmagan import mahsulotni realizatsiya qilishni man etishda mutlaq 
huquqqa egadirlar. 
Davlat inspektorlarining mahsulotni realizatsiya qilishni (yetkazib berishni, 
sotishni) man etish yoki to‗xtatib qo‗yish to‗g‗risidagi ko‗rsatmasini buzganlik uchun 
xo‗jalik faoliyati sub‘ektlari O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda jarima to‗laydilar. 
Jarima solish sud tomonidan, xo‗jalik faoliyati sub‘ekti sodir etilgan 
huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‗lgan va jarimani ixtiyoriy ravishda to‗lagan 
taqdirda esa, O‗zbekiston Respublikasi Bosh davlat inspektori, Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Xo‗jalik faoliyati sub‘ektlari berilgan ko‗rsatmalar va qarorlarni bajarmagan 
taqdirlarida davlat inspektorlari zarur materiallarni prokuratura organlariga yoki 
sudga oshiradilar. 
Davlat inspektorlari zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan yoki 
lozim darajada bajarmagan, davlat yoki tijorat sirini oshkor qilgan taqdirlarida qonun 
hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar. 


172 
10-modda. Standartlashtirish to‗g‗risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun 
javobgarlik 
Ushbu Qonun qoidalari buzilishida aybdor bo‗lgan yuridik va jismoniy 
shaxslar, shuningdek davlat boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari amaldagi 
qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. 

Download 2,06 Mb.
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94




Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sh Bo„lim. STANDARTLAR USTIDAN DAVLAT NAZORATI

Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish