II Bo„lim. STANDARTLAShTIRIShGA DOIR NORMATIV HUJJATLAR




Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/94
Sana04.10.2024
Hajmi2,06 Mb.
#273607
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94
Bog'liq
1 мъаруза ўЎ

II Bo„lim. STANDARTLAShTIRIShGA DOIR NORMATIV HUJJATLAR 
6-modda. Normativ hujjatlarning toifalari va ularga qo‗yiladigan asosiy talablar 
O‗zbekiston Respublikasida standartlashtirishga doir quyidagi toifadagi 
normativ hujjatlar qo‗llaniladi: 

xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar; 

O‗zbekiston Respublikasining davlat standartlari; 

tarmoq standartlari; 

texnik shartlar; 

korxona standartlari; 

xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari; 

ma‘muriy-hududiy standartlar. 
Davlat yagona va uzluksiz ta‘lim tizimida O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan davlat ta‘lim standartlari ishlab chiqiladi. 
Standartlashtirishga 
doir 
normativ 
hujjatlar 
jumlasiga, 
shuningdek 
standartlashtirish qoidalari, normalari, texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlari 
ham kiradi. Mazkur hujjatlarni ishlab chiqish va qo‗llash tartibi «O‗zstandart» 
agentligi tomonidan belgilanadi. 
Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar va xorijiy mamlakatlarning 
milliy standartlari, shuningdek xalqaro qoidalar va normalar O‗zbekiston 
Respublikasi ishtirok etgan shartnoma yoki bitimlarga muvofiq qo‗llaniladi. Ushbu 
standartlar, qoidalar va normalarni respublika hududida qo‗llash tartibini 
«O‗zstandart» agentligi va davlat boshqaruvining boshqa organlari o‗z vakolatlari 
doirasida belgilaydilar. 
Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar vatanimiz hamda chet el fan 
va texnikasining zamonaviy yutuqlariga asoslangan va O‗zbekiston Respublikasining 
qonun hujjatlariga muvofiq bo‗lishi lozim. Ular xalqaro savdo-sotiq uchun 
ortiqcha to‗sqinliklarni vujudga keltirmasligi lozim. 
Normativ hujjatlarsiz mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga yo‗l 
qo‗yilmaydi. 
O‗zbekiston Respublikasining manfaatlari himoya qilinishini va ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotning raqobat qila olish imkonini ta‘minlash uchun asosli 
hollarda standartlarda istiqbolga mo‗ljallangan, an‘anaviy texnologiyalarning 
imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablar belgilab qo‗yiladi. 
Iste‘molchilarga realizatsiya qilinadigan mahsulotga doir standartlar va ularga 
kiritilgan o‗zgartishlar «O‗zstandart» agentligi organlarida haq olmasdan davlat 


169 
ro‗yxatidan o‗tkazilishi lozim. «O‗zstandart» agentligi organlarida ro‗yxatdan o‗tgan 
standartlashtirishga doir normativ hujjatlar davlat axborot jamg‗armasini tashkil 
etadi. 
Mahsulotning atrof-muhit, 
aholining 
hayoti, 
sog‗lig‗i va mol-
mulkiga xavfsizligini 
ta‘minlash 
uchun, 
texnikaviy 
va axborot 
jihatdan 
mahsulotning bir-biriga mos kelishi va o‗zaro almashinuvchanligini, ularni nazorat 
qilish usullari birligi va tamg‗alash birligini ta‘minlash uchun standartlarda 
belgilanadigan talablar, shuningdek O‗zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari 
bilan belgilanadigan boshqa talablar davlat boshqaruv organlari, xo‗jalik faoliyati 
sub‘ektlari rioya etish uchun majburiydir. 
Standartlarda mahsulotni yaratish, ishlab chiqarish va yetkazib berish 
shartnomasiga kiritilgan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o‗zga talablar 
ham belgilab qo‗yilishi mumkin. 
Import mahsulot, basharti u O‗zbekiston Respublikasida amal qilayotgan 
standartlarning majburiy talablar qismiga muvofiqligi tasdiqlanmagan bo‗lsa, 
yetkazib berilishi va belgilangan maqsadda ishlatilishi mumkin emas. 
7-modda. Standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning sertifikatlashtirishda 
qo‗llanilishi 
Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi lozim 
bo‗lgan mahsulotni standartlashtirishga doir normativ hujjatlar sertifikatlashtirishni 
amalga oshirishda rioya etiladigan talablarni, shuningdek ushbu talablarga 
muvofiqlikni nazorat qilish va sinash usullarini o‗z ichiga olishi lozim. 
Ko‗rsatib o‗tilgan hujjatlar mahsulotning mazkur turini sertifikatlashtirish 
tizimida belgilangan qoida va tartiblarga muvofiq qo‗llanilishi lozim. 

Download 2,06 Mb.
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94




Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II Bo„lim. STANDARTLAShTIRIShGA DOIR NORMATIV HUJJATLAR

Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish