Xalqaro elektrotexnika komissiyasi – ISO/IEC




Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/94
Sana04.10.2024
Hajmi2,06 Mb.
#273607
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   94
Bog'liq
1 мъаруза ўЎ

1.3.2 Xalqaro elektrotexnika komissiyasi – ISO/IEC 
Elektrotexnika sohasida xalqaro hamkorlik bo‗yicha ishlar 1881 – yilda 
boshlangan. Bunda Elektr bo‗yicha birinchi xalqaro kongress tuzildi. 1904 – yilda 
Sent-Luisda (AQSh) hukumat vakillarining Elektr bo‗yicha xalqaro kongressi 
majlisida elektr mashinalar atamalarini va parametrlarini standartlashtirish masalalari 
bilan shug‗ullanuvchi maxsus idora tuzish zarurligi to‗g‗risida qaror qabul qilindi. 
Bunday idora – Xalqaro elektrotexnik komissiya (MEK) rasmiy ravishda 1906 – 
yilda Londonda 13 mamlakat vakillarining konferensiyasida tuzildi. 
1946 – yilda ISO tuzildi va unga MEK o‗zining moliyaviy va tashkiliy 
masalalarda mustaqilligini saqlagan holda alohida huquqlar bilan qo‗shildi. 
Bu tashkilotlarning sekretariatlari hududiy jihatdan bir binoda Jenevada 
joylashgan. 
ISO va MEK ning faoliyat sohalari aniq chegaralangan – MEK elektrotexnika, 
elektronika, radioaloqa, priborsozlik sohasida, ISO esa qolgan barcha sohalarda 
standartlashtirish bilan shug‗ullanadi. 
Mamlakatlar o‗zlarining milliy qo‗mitalari bilan MEK da qatnashadi. Milliy 
qo‗mitalar sanoatning barcha sohalari manfaatlarini ifodalaydi. Ko‗pchilik 
mamlakatlarda bunday milliy tashkilotlar qatnashadi. Bu bilan bir qatorda ba‘zi 
mamlakatlarning MEK da qatnashuvchi milliy qo‗mitalar standartlashtirish bo‗yicha 
milliy tashkilotlardan mustaqil ravishda faoliyat yuritadi (masalan, bunday 
mamlakatlarga Fransiya, GFR, Italiya, Belgiya va b. kiradi).
Xozirgi vaqtda 41 milliy qo‗mita MEK a‘zosidir. Bu mamlakatlarda jahonda 
ishlab chiqariladigan elektr energiyaning 95 % ni iste‘mol qiluvchi yer sharining 80 
% aholisi yashaydi. Bular asosan sanoati rivojlangan mamlakatlar. Shuningdek sanoat 
tarmoqlariga ega bo‗lgan rivojlanib kelayotgan qator mamlakatlardan iborat. MEK 
ning rasmiy tili – inglizcha, fransuzcha va ruscha. 
MEK ning asosiy vazifasi yuqorida nomi kelitirilgan sohalarda Xalqaro 
standartlarni yaratishdan iborat. 


19 
MEK ning oliy rahbar idorasi Kengash bo‗lib, bunda mamlakatlarning barcha 
milliy qo‗mitalari qatnashadi. Saylanuvchi lavozimli shaxslarga prezident uch yillik 
muhlatga saylanadi, vitseprezident, haznachi va bosh sekretar kiradi. 
MEK texnik idoralarining tuzilmasi ISO dagi kabi: texnik qo‗mitalar (TQ), 
kichik qo‗mitalar (KQ) va ishchi guruhlar (IG) dan iborat. Umuman, MEK da 80 dan 
ortiq TQ bor bo‗lib, bularning bir qismi xalqaro umumtexnik va tarmoqlararo 
xarakterdagi standartlarni (masalan, atamalar bo‗yicha, grafik tasvirlar, standart 
kuchlanishlar va chastotalar, iqlim sinovlari va b.), boshqa qismi esa, mahsulotning 
muayyan turlari uchun (tarnsformatorlar, elektron texnika buyumlari, maishiy 
radioelektron apparatlari va b.) standartlarni ishlab chiqadi. 
MEK standartlarini yaratish protsedurasi uning Ustavi, Protsedura qoidalari va 
texnik ishlar bo‗yicha Umumiy direktivalar tomonidan belgilanadi. Har 1-1,5 yilda 
TQ (KQ) majlislarda o‗z ishlarining dasturlarini tuzadi (yoki to‗g‗rilaydi). Har yili 
MEK dasturiga 500 gacha va bundan ham ortiq yangi, xalqaro standartlarni yaratishni 
ko‗zda tutuvchi mavzular kiritiladi. MEK/ISO ishlab chiqqan va 1990 yil 1 fevraldan 
amalga kiritilgan Direktivalarga muvofiq amaldagi standartni qayta ko‗rib chiqish 
yangi mavzuni ishlab chiqish kabi qaraladi. 
ISO kabi, 1972 yilda MEK o‗z tavsiyanomalarini xalqaro standartlar deb 
nomladi. 
Xozirgi vaqtda 2 mingdan ortiq xalqaro MEK standartlari yaratilgan, bunda 
MEK standartlari o‗zlarida mahsulotga va mahsulotni sinash metodlariga texnik 
talablarning mavjudligi nuqtai nazardan ISO standartlariga nisbatan ancha to‗liq 
tuzilgan bo‗ladi. Buni, bir tomondan, MEK ning faoliyat sohasiga kirgan mhsulotga 
talablarda xavfsizlikka oid talablar asosiy hisoblanishi bilan tushuntirish mumkin, 
boshqa tomondan esa, ko‗p o‗n yilliklar davomida to‗plangan ish tajribasi 
standartlashtirish masalalarini ancha to‗liq hal qilishga imkon beradi. 


20 

Download 2,06 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   94




Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xalqaro elektrotexnika komissiyasi – ISO/IEC

Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish