32
belgilangan ish resursi;
gamma-foiz resursi;
resurs va b.
b) ta‘mirga yaroqlilik – ob‘ektning buzilishlarni
oldini olishga va buzilish
sabablarini aniqlashga hamda ta‘mirlash va texnik xizmat ko‗rsatish yo‗li
bilan
buzilish oqibatlarini bartaraf etishga moslanganlik xususiyatlarini tavsiflaydi.
Ta‘mirga yaroqlilik ko‗rsatkichlariga quyidagilar kiradi:
ish qobiliyatini tiklash ehtimolligi;
ish qobiliyatini tiklashga sarflanadigan o‗rtacha vaqt va b.;
Tiklanuvchanlik ko‗rsatkichlariga quyidagilar kiradi:
sifat ko‗rsatkichining belgilangan qiymatigacha tiklash o‗rtacha vakti
tiklash darajasi (tiklangandan keyin sifat ko‗rsatkichi
qiymatining ushbu
sifat ko‗rsatkichining belgilangan yoki boshlang‗ich qiymatiga nisbati) va b.
Izoh - Mahsulotlar va materiallar xossalarining
saqlash va tashishdan keyin
tiklanishga moslanganligi tiklanuvchanlik ko‗rsatkichlari bilan tavsiflanadi.
c) saqlanuvchanlik – ob‘ektning tuzuklik va ishga qobiliyatlilik
holatini yoki
mahsulotning iste‘mol kilishga yaroqlilik holatini saqlash
davomida va saqlashdan
keyin va (yoki) tashishdan keyin saqlash xususiyatini tavsiflaydi.
Saqlanuvchanlik ko‗rsatkichlariga quyidagilar kiradi:
saqlanuvchanlikning o‗rtacha muddati;
saqlanuvchanlikning gamma-foiz muddati va b.