46
Standartlashtirishning ahamiyati va mohiyati. Ixtiyoriy ixtisoslikdagi mutaxassis
ish faoliyati jarayonida ko‗plab takrorlanuvchi masalalarni hal etishga ya‘ni
namunaviy
hujjatlarni tuzish, namunaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish,
takrorlanuvchi o‗lchashlarni bajarish,
turli qurilmalar, texnikaviy tizimlar yoki
odamlar jamoalarini boshqarish bo‗yicha bir xil amallardan foydalanishga to‗g‗ri
keladi. Bu masalalarni hal etishning turli xil variantlari mavjud. Standartlashtirish
masalarni
optimal hal etish, yanada to‗g‗riroq va iqtisodiy variantlarini aniqlashga
yo‗naltiriligan.
Standartlashtirish
– bu aniqlangan sohada tartiblashtirish darajasini
optimalligiga erishishga yo‗naltirilgan, fan, texnika
va iqtisodiyot sohalarida
takrorlanuvchi masalalarni hal etilishini topishga xulosalovchi faoliyatdir.
Standartlashtirish ob‘ekti ta‘rifidan kelib chiqib, mahsulot (xom-ashyo,
materiallar, detallar,
buyumlar, qurilmalar), jarayonlar (turli xil operatsiyalarni
bajarish usullari), atamalar,
belgilashlar, xizmatlar va ishlar tandartlashtirishning
ob‘ekti bo‗lib hisoblanadi. Shuning uchun standartlashtirish mohiyatini quyidagi
shaklda bayon etish mumkin:
Standartlashtirish ob‘ektini tanlash ya‘ni aniqlangan soha faoliyatini tahlil qilish
va ko‗p marotaba takrorlanuvchi ob‘ektlarni aniqlashni qamrab oladi.
Boshqa ob‘ektlar (alomatlar, xossalari) mavjudligi to‗g‗risida ma‘lumotlarni
aniqlash jarayonida standartlashtirish ob‘ektini modellashtirish.
Optimal
modelni standartlashtirish, ya‘ni me‘yoriy hujjatni ishlab chiqish.
Aynan me‘yoriy hujjat bevosita standartlashtirish natijasi bo‗lib hisoblanadi.
Me‘yoriy hujjat bir vaqtning o‗zida standartlashtirish vositasi ham bo‗li hisoblanadi.
Uni umumiy va ko‗p marotaba qo‗llash mavjud va kelgusidagi masalalarni hal
etishda kutilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy yoki boshqa samarani berishi mumkin.
Masalan, elektrik va elektron qurilmalarning sxemalarini tuzishda yanada
yaqqol va qulay belgilashni qo‗llash uchun namunaviy
elementlari belgilanishi
keltirilib, ularni shartli belgilash variantlari ishlab chiqilgan me‘yoriy hujjatlarda
majburiy ravishda keltirilgan va tasdiqlangan (21.1.3-rasm).