2.3.1 Davlat standartlashtirish tizimida asos soluvchi me‟yoriy
hujatlarning klassifikatsiyasi
Asos bo‗luvchi davlatlararo standartlar faoliyatning ma‘lum sohasi uchun
umumiy tashkiliy-metodik qoidalarni, shuningdek mahsulotni yaratish va
foydalanishda turli fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarining o‗zaro tushunishini,
texnikaviy birliligini va o‗zaro aloqalarini, atrof muhitni muhofazalashni, mehnatni
63
muhofazalashni
va
boshqa
umumtexnikaviy
talablarni
ta‘minlaydigan
umumtexnikaviy talablarni (me‘yorlar, qoidalarni) o‗rnatadi.
Davlat standartlashtirish ob‘ektlari quyidagilardan iborat:
a) tashkiliy-metodik va umumtexnikaviy me‘yorlar va talablar, jumladan:
– standartlashtirish bo‗yicha ishlarni tashkillashtirish va o‗tkazish;
– bilim va faoliyatning turli sohalarida terminologik tizimlar;
– texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarni tasniflash va kodlash;
– xavfsizlik texnikasi, atrof muhitni muhofazalash, mehnat gigienasi,
ergonomika, texnikaviy estetika talablari;
b) mahsulotga majburiy talablar;
c) tarmoqlararo ehtiyojga mo‗ljallangan mahsulot;
d) davlat ahamiyatidagi xo‗jalik ob‘ektlarining elementlari, shu jumladan bank
tizimi, transport, aloqa, energetik tizim, mudofaa va h.k
d) davlat ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy dasturlarning ob‘ektlari
(elementlari);
Tarmoq standartlashtirish ob‘ektlariga tarmoqni tashkil etish va boshqarish,
sifatni ta‘minlash, tarmoqqa mo‗ljallangan mahsulot me‘yorlari va qoidalari; kiradi.
Ma‘muriy-hududiy standartlashtirish ob‘ektlariga hududni boshqarish,
hudud uchun xos mahsulot sifatini ta‘minlash buyicha me‘yorlar va qoidalar kirishi
mumkin.
Korxonalarda standartlashtirish ob‘ektlariga quyidagilar kiradi:
– chet iste‘molchilarga xaridga chiqariladigan mahsulot;
– ishlab chiqarishni tashkillashtirish bo‗yicha me‘yorlar va qoidalar;
– sifatni boshqarish;
– faqat ushbu korxonada tayyorlanadigan va ishlatiladigan detallar va yig‗ma
birliklar;
– texnologik jixoz va asboblar, texnologik me‘yorlar, talablar.va ushbu
korxonadagi namunaviy texnologik jarayonlar;
– ko‗rsatiladigan xizmatlar.
O‗zbekistonda qo‗llaniladigan me‘yoriy hujjatlar:
– davlatlararo standartlar;
– O‗zbekiston davlat standartlari;
– tarmoqlar standartlari;
– texnik shartlar;
64
– ma‘muriy-hududiy standartlar;
– korxonalarning standartlari.
Standartlashtirish bo‗yicha me‘yoriy hujjatlarga shuningdek rahbariy hujjatlar,
me‘yorlar va qoidalar (qurilish, sanitariya, ekologik qoidalar va b.), tavsiyalar,
texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborot tasniflagichlari ham kiradi.
Xalqaro va hududiy standartlar O‘z DSt ISO/IEC 21:2001 bo‗yicha O‗zbekiston
davlat standartlariga qayta rasmiylashtirilib qo‗llaniladi.
Chet el standartlari – O‘z DSt 1.7:1998 bo‗yicha qayta rasmiylashtiriladi.
Uzluksiz ta‘lim tizimida O‗zbekiston davlat standartlari Vazirlar Mahkamasi
tomonidan tasdiqlanadi.
Ixtiyoriy me‘yoriy hujjatlarni qo‗llanish (amal qilish) maqsadida respublikada
texnik reglament mavjud bo‗lganda qo‗llanilishi majburiy bo‗lmagan me‘yoriy
hujjatlar ishlab chiqiladi.
Me‘yoriy hujjatlarni belgilash tartibi o‗rnatilgan:
a) davlat ahamiyatidagi me‘yoriy xujjatlar:
– O‗zbekiston davlat standarti – O‘z DSt;
– O‗zbekiston umumdavlat tasniflagichi – O‘z DT
– O‗zbekiston rahbariy hujjati – O‘z RH
– O‗zbekiston tavsiyanomalari – O‘z T.
b) tarmoq darajasidagi me‘yoriy hujjatlar:
– tarmoq standarti – TSt;
– tarmoq tasniflagichi – TT;
– texnik shartlar – TSh;
– rahbariy hujjat – RH;
– tavsiyalar – T.
c) ma‘muriy-hududiy axamiyatdagi me‘yoriy hujjatlar:
– ma‘muriy-hududiy standart – MNSt ;
– tavsiyanomalar – T.
d) korxona ahamiyatidagi me‘yoriy hujjatlar:
– texnik shartlar – TSh;
– korxona standarti – KSt.
Demak, barcha darajadagi me‘yoriy hujjatlarning belgisi hujjat matnining qaysi
tilda yozilganligidan qat‘iy nazar, davlat tilida lotin yozuvidagi qisqartmalar
(abbreviaturalar) bilan belgilanadi.
Abbreviaturalar quyidagilarni ifodalaydi:
65
O‘z – O‘zbekiston
D – Davlat
T – Tasniflagich, Tarmoq, Tavsiyanoma
R – Rahbariy
H – Hujjat, Hududiy
Sh – Shart
K – Korhona
M – Mamuriy
St – Standart
Davlatlararo standart belgisi (GOST) russ tilida saqlanadi. Standartlar darajasi,
ularning tasdiqlash darajalari va O‗z SDT standartlarining turlari 4.1-rasmdagi
sxemada keltirilgan.
Xalq iste‘moli nooziq mollarini tayyorlash va haridga chiqarish uchun
namunalar (etalonlar) ning texnik tavsiflarini ishlab chiqish ruhsat etiladi. Texnik
tavsiflar davlat ro‗yxatidan o‗tkazilmaydi, chunki ular ushbu guruxdagi bir turli
mahsulotga umumiy talablarni o‗rnatuvchi me‘yoriy hujjatlar asosida ishlab chiqiladi.
Haridga chiqariladigan mahsulotga barcha darajadagi me‘yoriy hujjatlar
O‗zstandart Agentligining idoralarida davlat ro‗yxatidan o‗tkaziladi. Davlat
ro‗yxatidan o‗tmagan me‘yoriy hujjatlar haqiqiy bo‗lmaydi. Maxsulotga me‘yoriy
hujjatlar, odatda, har besh yilda, agar boshqa muddat urnatilmagan bulsa, qaytadan
ko‗rib chiqiladi.
Import qilinadigan mahsulot O‗zbekiston hududida amaldagi me‘yoriy
hujjatlarda o‗rnatilgan majburiy talablarga muvofiq kelishi lozim. Bu sertifikat bilan
tasdiqlanadi.
Me‘yoriy hujjatlarsiz mahsulot ishlab chiqarish va xaridga chikarish ruxsat
etilmaydi.
Me‘yoriy xujjatlarni nus‘halash tartibi Asosiy qoidalarda belgilangan. Me‘yoriy
hujjatlarni va ularga kiritilgan o‗zgartirishlarni nashr va qayta chop etish bu
hujjatlarni tasdiqlagan (qabul qilgan) tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Standartlashtirish bo‗yicha xalqaro, davlatlararo va hududiy tashkilotlarning
me‘yoriy hujjatlarini O‗zbekiston hududida nashr va qayta chop etish huquqi
O‗zstandart Agentligiga berilgan.
Xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarda standartlar ustidan davlat tekshiruvi va nazorati
qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
|