O„zbekiston Respublikasi standartlashtirish bo„yicha texnik qo„mitalari
№t/r
Nomlanishi
Vazirlik va mahkamalarning nomlanishi
1.
«O‗zbekneftegazmahsulot»
«O‗zbekneftegaz» Milliy xolding kompaniyasi
2.
«Paxta» Assotsiatsiyasi
«O‗zpaxtasanoat» Assotsiatsiyasi
3.
«Donmahsulotlari»
«O‗zdonmaxsulot» Kompaniyasi
58
4.
«Yog‗moytamakisanoat»
«Yog‗moytamakisanoat» Assotsiatsiyasi
5.
«Ipakchilik mahsulotlari»
«O‗zbek ipagi» Assotsiatsiyasi
6.
«Oziqovqatsanoat»
«Oziq-ovqatsanoat» Assotsiatsiyasi
7.
«O‗zmevasabzavotuzum-
sanoat»
«O‗zmevasabzavotuzumsanoat-xolding»
Kompaniyasi
8.
«Aloqa va informatika»
O‗zbekiston aloqa va ma‘lumotlashtirish agentligi
9.
«Navurug‗nazorat»
Respublika qishloq xo‗jaligi urug‗chiligi va
birinchi urug‗shunoslik stansiyasi
10.
«O‗zavtosanoat»
«O‗zavtosanoat» Assotsiatsiyasi
11.
«Go‗sht va sut»
«O‗zgo‗shtsutsanoat» Assotsiatsiyasi
12.
«Davarxitekqurilish»
Davlat arxitektura va qurilish bo‗yicha qumitasi
13.
«O‗zbektelekom»
«O‗zbektelekom» Aksionerlik kompaniyasi
14.
«Kimyosanoat»
«O‗zkimyosanoat» Davlat aksionerlik kompaniyasi
15.
«O‗zbekengilsanoat»
«O‗zbekengilsanoat» Aksionerlik kompaniyasi
16.
«O‗zbekcharmpoyabzali»
«O‗zbekcharmpoyabzali» Assotsiatsiyasi
17.
«Shoyi»
«O‗zbek ipagi» Assotsiatsiyasi
2.2.4 Korxonalarda va tashkilotlarda standartlashtirish xizmatlari
Standartlashtirishning asosiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda va amaldagi
qonunlarning talablarining bajarilishini ta‘minlash uchun tadbirkorlik sub‘ektlari
standartlashtirish
bo‗limlarini (xizmatlarini) tashkil etadi. Bu bo‗limlar
standartlashtirish bo‗yicha ishlarga tashkiliy-metodik va ilmiy-texnik rahbarlik qiladi,
standartlashtirish bo‗yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik va boshqa ishlarni
bajaradi, korxonaning boshqa bo‗limlari olib borayotgan standartlashtirish buyicha
ishlarni bajarishda qatnashadi.
Standartlashtirish bo‗yicha ishlarni tashkillashtirishda siyosatning birliligini va
bir xil yondoshishni ta‘minlash maqsadlarida O‗z RH 51-051-96 ―Korxonalarda
(tashkilotlarda)
standartlashtirish
xizmatlari
to‗g‗risida namunaviy nizom‖
tasdiqlangan. Bu Nizomda mulkdorlik shaklidan qat‘iy nazar korxonalar va
tashkilotlar standartlashtirish xizmatlarining umumiy nizomlari, asosiy vazifalari va
huquqlari o‗rnatilgan.
Standartlashtirish xizmatlari tadbirkorlik sub‘ektlari (bo‗limlar, shu‘balar,
guruhlar) ning bo‗limlaridan iborat bo‗ladi. Kichik korxonalarda muhandis-texnik
xodimlar sonining kamligi sababli mahsus bo‗lim tuzishga imkon bo‗lmaganda,
59
standartlashtirish bo‗yicha ishlarga mas‘ullik muhandis-texnik xodimlarning biriga
yuklatiladi.
Standartlashtirish xizmatlariga quyidagi vazifalar yuklatiladi;
– korxonaning me‘yoriy hujjatlar tizimini tuzish buyicha ishlar majmuini
bajarish;
– standartlashtirishning istiqbolli va yillik rejalari (dasturlari) ga oid takliflarni,
zarur bo‗lganda, boshqa bo‗limlar bilan birgalikda ishlab chiqish;
– ilmiy-texnikaviy dasturlarga mahsulotning texnik darajasi va sifat
ko‗rsatkichlarini oshirish istiqbollarini aniqlash qismida qatnashish va takliflar
tayyorlash, shuningdek mahsulotga istiqbolli talablarni belgilovchi me‘yoriy
hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish;
– me‘yoriy hujjatlarning loyihalari bo‗yicha fikr-mulohazalarni tayyorlashni
tashkillashtirish;
– korxonaning iqtisod xizmati bilan birgalikda standartlashtirishning texnik-
iqtisodiy samarasini aniqlash;
– davlat nazorat idoralari tomonidan o‗tkazilayotgan me‘yoriy hujjatlarga rioya
qilinayotganligini tekshirishlarda qatnashish;
– ilmiy-texnikaviy, tajriba-konstruktorlik ishlarida va mahsulotni ishlab
chiqarishga qo‗yish jarayonida xavfsizlik, boyliklarni tejash, atrof muhitni
muhofazalash, o‗zaro almashinuvchanlik va mos keluvchanlik talablarini hisobga
olgan holda jahon bozorida raqobatbardosh mahsulot chiqarishni ta‘minlovchi
ko‗rsatkichlarning o‗rnatilishini ta‘minlash;
– MH ni joriy etish va rioya qilishni tashkiliy-metodik jihatdan ta‘minlash;
– xalqaro, davlatlararo, hududiy standartlashtirish, standartlashtirish sohasida
ikki tomonlama hamkorlik, shuningdek xalqaro standartlarni va chet mamlakatlarning
milliy (firmalarning) standartlarini qo‗llanish bo‗yicha ishlarni bajarish. Bundan
tashqari, standartlashtirish xizmatlariga majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‗lgan,
chiqarilayotgan mahsulotning sertifikatlashtirilishini ta‘minlash bo‗yicha vazifalar
ham yuklatilishi mumkin.
Korxonalarda standartlashtirish bo‗yicha olib borilayotgan ishlar asosiy ishlar
turiga kiradi.
Jahon amaliyoti korxonalarda mavjud bo‗lgan o‗qitilgan va tajribali
mutaxassislar bilan jamlangan standartlashtirish xizmatlarining iqtisodiy maqsadga
muvofiqligini tasdiqlaydi.
|