Standartlashtirish bo„yicha davlat boshqaruvi, standartlashtirish




Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/94
Sana04.10.2024
Hajmi2,06 Mb.
#273607
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   94
Bog'liq
1 мъаруза ўЎ

2.2 Standartlashtirish bo„yicha davlat boshqaruvi, standartlashtirish 
organlari va xizmatlari 
O‗zbekiston Respublikasi Davlat standartlashtirish tizimi – O‘z DSt tashkil etish 
va uning faoliyati O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi quyidagi 
qarorlaridan belgilab berilgan: 

1992 yil 2 martda ―O‗zbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini 
tashkil qilish‖ № 93-sonli qarori; 

1994 yil 12 avgusda ―O‗zbekiston Respublikasi Hukumatining ba‘zi 
qarorlariga o‗zgartirishlar va qo‗shimchalar kiritish to‗g‗risida‖ № 410-sonli qarori; 

1998 yil 5 yanvarda ―Uzluksiz ta‘lim uchun davlat ta‘lim standartlarini 
ishlab chiqish va kiritish to‗g‗risida‖ № 5-sonil qarori; 

2002 yil 3 oktabrda ―Mahsulot va xizmatlarni standartlashtirish, 
metrologiya va sertifikatlashtirish tizimlarini takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‗g‗risida‖ № 342-sonli qarori;

2004 yil 5 martda ―Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish 
O‗zbekiston agentligining tuzilmasini rivojlantirish va faoliyatini tashkil etish 
to‗g‗risida‖ № 373-sonli qarorlari.
Respublikamizda standartlashtirish jarayoni 3 bosqichdan iborat: 

atamalarni standartlashtirish; 

o‗lchovlarni, o‗lchash va sinov uskunalarini va ularni konstruksiyaga va 
mahsulot texnologiyasiga bog‗lab standartlashtirish; 

mahsulotning o‗zini standartlashtirish.
ISO/IEC (ISO/MEK) tomonidan yaratilgan konsultativ kengash texnika 
rivojining yo‗nalishini quyidagicha tavsiya qiladi: 

standartlarni yaratishda va ularni kelishishda yangi mexanizmlarni yaratish; 

harajatlarni ilk tadqiqotlarga va real istiqboli bo‗lgan texnikaviy yutuqlarga 
to‗plamoq; 

bor texnikaviy qo‗mitalarning ilmiy tadqiqot, tajribaviy konstruktorlik 
ishlarini shu jumladan ekologiya sohasidagi ishlarni, e‘tiborga olgan holda yangi 
rejali ishlarni yaratish; 

yetakchi mutaxassislar boshchiligidagi o‗tkaziladigan seminarlar, ilmiy 
ma‘ruzalar shaklidagi ikkilamchi mexanizmlardan foydalanish; 


52 

sanoatning yuqori rahbarlari orasida yangi g‗oyalarni targ‗ibot qilishga 
e‘tiborni qaratmoq.
Mana shuning uchun standartlashtirishda atamalarni bir yerga to‗plamoq, ular 
asosida ta‘riflar yaratmoq va nihoyat bu sohada standartlar yaratmoq hozirgi kunning 
talabi, xalos.
Shu maqsadda standartlashtirish sohasidagi atamalarni to‗plashda xalqaro 
standartlashtirish tashkilotining hujjatlariga, sobiq Ittifoqdagi ma‘lumotlarga, 
shuningdek O‗zbekiston Respublikasida ilk yaratilgan hujjatlarga murojat etildi.
Bu sohadagi asosiy tushunchalar 61 atamadan iborat bo‗lib, ularning mohiyati 
ketma-ketligi bo‗yicha ma‘lum tartibda joylashtirilib, hozirgi vaqtda chop etilgan O‗z 
DSt 1.10-98 "O‗zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy 
atamalar va ta‘riflar" standarti yaratildi.
Standartlashtirish sohasidagi birqancha asos bo‗luvchi hujjatlar «O‗zstandart» 
agentligi huzuridagi SMSITI – standartlashtirish, metrologiya va sertifkatlashtirish 
ilmiy tadqiqot institutida yaratilmoqda. Bular qatoriga dastlabki standartlar O‗z DSt 
1.0-1998, O‗z DSt 1.1-92, O‗z DSt 1.2-92, O‗z DSt 1.3-92, O‗z DSt 1.4-98, O‗z DSt 
1.95-1998, O‗z DSt 1.6-2003 va boshqalar kiradi.
O‗z DSt 1.0-1998 "O‗zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. 
Asosiy qoidalar" bo‗yicha standartlashtirishning mohiyati, maqsad va vazifalari, 
hamda ushbuda qo‗llaniladigan asosiy tushunchalar o‗qo‗v qo‗llanmada keltirilgan.
Mazkur 
standart 
standartlashtirishning 
asosiy 
vazifa 
va 
maqsadini, 
standartlashtirish ishlarining tashkil etilishi va asosiy qonun-qoidalarini, me‘yoriy 
hujjatlarning toifasini, standartlar turlarini, xalqaro hamkorlik bo‗yicha asosiy 
qoidalarni, standartlar va texnikaviy shartlarning qo‗llanishini, standartlarga va 
o‗lchash vositalariga nisbatan davlat nazoratini belgilaydi.
Davlat 
standartlashtirish 
tizimi 
(DST) 
O‗zbekiston 
respublikasi 
standartlashtirish tizimining umumiy tashkiliy-texnik qoidalarni o‗rnatadi. 
DST standartlari qoidalarini davlat boshqaruv idoralari, xo‗jalik faoliyati 
sub‘ektlari, ilmiy-texnik, muhandislik va boshqa jamiyat birlashmalari hamda 
standartlashtirish bo‗yicha texnik qumita (TK)lar qabul qilishadi. 

Download 2,06 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   94




Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Standartlashtirish bo„yicha davlat boshqaruvi, standartlashtirish

Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish